Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fojiaviylik (tragediya) kategoriyasi
Tubanlik kategoriyasi. Tubanlik — insonda kuchli nafratlanish
tuyg'ularini hosil qiluvchi estetik kategoriyadir. Tubanlik mohi- yatan insonga xos bo'lib, uning faoliyatida namoyon bo'ladi. Ta- biatda tabiat, hayvonot va nabotot olamida uchramaydi. Tubanlik inson fe'1-atvoridagi yovuzlik maylining qo'zg'alishi natijasida yuzaga keladi. Fojiaviylik (tragediya) kategoriyasi — voqelikning eng muhim, chuqur ziddiyat va to'qnashuvlari: hayot va o'lim, ozodlik va mute- lik, aql va tuyg'u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy munosabat- larni o'ziga xos tarzda ifoda etuvchi falsafiy tushuncha. Deyarli barcha buyuk ijodkorlar yaratgan asarlarda fojiali ohanglar mavjud. Har qanday fojia zamirida muayyan fojiali to'qnashuv, ziddiyat yotadi. Gegel fojiaviylikni mohiyatli kuchlar to'qnashuvining nati- jasi sifatida bejiz ta'riflamagan. Chunki, bu to'qnashuvlar kurashi qanday yakun topishi bilan insoniyat istiqboli, axloqiy taraqqiyot uzviy bog'liqdir. Bu hoi fojiani san'atning falsafiy jihatdan eng muhim turiga aylantiradiki, u ijodkorga insoniyatni butun tarixi davomida hayajonlantiradigan tub hayotiy masalalarni o'z oldiga qo'yib, hal qilish imkoniyatini yaratdi. Fojia qahramoni ko'pincha ijobiy qiyofada tasvirlanadi, u davrning ilg'or orzu-umidlarini o'zida mujassamlashtirgan kuch- li, yorqin, ulug'vor shaxs sifatida namoyon bo'ladi. Lekin fo- jia to'qimasida boshqa turdagi qahramonlar ham aks ettirilgan bo'lib, Shekspirning Makbet va Richard, B.Brextning Kurajona- ga o'xshash qahramonlari o'z taqdirlari bilan tomoshabinda o'ta ziddiyatli his-tuyg'ular uyg'otadi. Ular sodir qilayotgan mudhish kirdikorliklar qat'iy norozilik, jirkanish, shu bilan birga, achi- nish tuyg'usini uyg'otadi. Odatda, fojia masmunida qahramon- ning mavjud shart-sharoitlarni tubdan o'zgarcirishga faol intilishi namoyon bo'ladi. Fojianing tarixiy shakli qadimgi dunyo fojiasi 335 (Esxil, Sofokl, Evripid) eski patriarxal tartibotlar yemirilib, tarix- da ilk sinfiy jamiyat shakllanishi jarayonida vujudga keldi. Unga xos bo'lgan «qismat ohangi» tabiiy va ijtimoiy qonunlar haqidagi tasavvurlarni aks ettirdi. O'rta asrlarda G'arb xristian mafkurasi fojia ruhiga butunlay qarshi chiqqani bois bu davrda biror-bir arzigulik san'at asari yaratilmaganini bilamiz. Fojia rivojining yangi bosqichi Uyg'onish davrida boshlandi. Shekspir asarlarida fojiaviylik butun hayot, ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni qamrab oladi. Uning fojiaviy asarlarida kuchli, jasoratli, g'ururli, erkin inson timsoli yaratildi. Shekspir o'z qah- ramonlarining o'zligini anglashga, inson ruhini sindirib halokatga yetaklayotgan tuzum sharoitida ozodlikka intilishini ifodalaydi. M.Shayxzodaning «Mirzo Ulug'bek» dramasini ham asosiy badiiy ohangi, undagi ehtirosli to'qnashuvlar ruhi, ulkan hissiy ta'sir ku- chi, qahramonlarning taqdiri jihatidan o'ta fojiaviy asardir. Unda o'sha davrdagi ildiz otgan ijtimoiy, ma'naviy-axloqiy muammo- lar qalamga olinadi. Asar qahramoni fojiali dramatik jarayonning asosiy subyekti sifatida namoyon bo'ladi. Uning faolligi, o'z orzu- armonlari, hatto o'zini qurbon qilib bo'lsa ham, davlatda tinchlik va barqarorlikni qaror toptirishga intilishi faoliyatining mohiyatini belgilaydi. San'atda namoyon bo'ladigan fojiaviylik to'qnashuvlar, qiyofalar, vaziyatlarni to'la va chuqur badiiy in'ikos etish ehtiyoji- dan kelib chiqadi. Sofokl fojialari Shekspirnikidan, Shekspir asar- lari Rasinnikidan qanchalik farqlanmasin, ular o'rtasida o'ziga xos mushtaraklik, umumiy jihat ko'zga tashlanadi. Har qanday fojia zamirida keng ko'lamli, ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan muayyan fojiali to'qnashuv yotadi. Fojiaviylik san'atda turlicha talqin etilishi mumkin. Bu hoi mazkur janrga xos umumiy xususiyatlarni inkor etmaydi. Fojia uslubining umumiy belgilari qatoriga keng umumlashmalarga intilish, tafakkur boyligi, sodda- lik va yaxlitlik, hayajon va ehtiroslarning yuksakligi kabilar kiradi. Fojia tarixiy davrning burilish paytlarida, eski ijtimoiy aloqalar va munosabatlar barbod bo'lib, qarashlar, estetik va axloqiy aqida- qoidalar qayta baholanayotgan sharoitda ravnaq topadi. Fojiaviylik har doim estetik tafakkur tarixida dolzarb muam- mo sanalgan. Shuning uchun deyarli barcha buyuk ijodkorlar 336 yaratgan asarlarda fojiali ohanglar mavjud. Fojialilikni mohi- yatli kuchlar to'qnashuvining natijasi, deb bilgan nemis faylasufi Gegel, bu to'qnashuvlar kurashining qanday tugallanishi piro- vardida insoniyat istiqboli, taqdiri bilan bog'lanib ketadi deya ta'kidlagan. Shuning uchun fojiaviylik estetika kategoriyalari ora- sida ulug'vorlik bilan yaqin aloqador: haqiqiy ulug'vorlik fojia- viylikning davomi hisoblanadi. Qolaversa, ulug'vorlikning bar- cha xususiyatlari fojiaviylikning ham u yoki bu ko'rinishi orqali namoyon bo'ladi. Fojiaviylik kategoriyasining estetikadagi marka- ziy muammosi — insonning qahramonlik, buyuklik, jasorat kabi tushunchalar haqidagi tasavvurini har tomonlama kengaytirish hamda hayotdan qoniqish va shukronalik hissini rivojlantirishdan iboratdir. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling