Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Kulgililik kategoriyasi. Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir 
qadar keng o'rganilgan tushuncha hisoblanadi. Jumladan, Ailotun 
ojiz va layoqatsiz odamlarni kulgili deb hisoblagan bo'lsa, Arastu 
kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor yetkazmaydigan va 
zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi, deydi. Olmon 
mumtoz nafosatshunoslaridan Immanuil Kant kulgililikning 
tabiatini latifa misolida ochib berishga harakat qiladi, Fridrix 
Shiller hajviyani veallik bilan ideallik orasidagi qarama-qarshilik 
orqali ko'rsatib o'tadi. Heorg Hegel kulgililikning asosini zohiriy 
ishonch va botiniy to'laqonli orasidagi qarama-qarshilik orqali 
ifodalaydi. 
Insondagi layoqatsizlik, loqaydlik, mas'uliyatsizlik, izzatta-
lablik, shuhratparastlik kabi illatlar kulgililikning obyektlaridir. 
Shuningdek, kulgi — axloq hududlarini bezarar buzishdir. Har 
qanday ozod inson hazil bilan ro'baro' kelishi mumkin. Bu ho-
latda kulgi insonning shaxsiy ehtiyojini qondiradi. Inson kulishga 
va kuldirishga qodir bo'lgan yagona mohiyatdir. Kulgililik boshqa 
estetik hodisalar singari faqat obyektiv tomonga ega bo'lmay, sub-
yektiv tomonlarni ham o'zida birlashtiradi. Kulgililikning sub-
yektiv tomoni — keng ma'nodagi hazil (yumor) tuyg'usidir. 
Kulgi o'z tabiati jihatidan demokratik xususiyatga ega. U turli 
ko'rinishlarga boyligi bilan san'atning me'morchilikdan boshqa 
deyarli barcha turlarida namoyon bo'ladi. Biroq, u o'zining eng 
337 


to'la bo'lgan estetik ifodasini komediyada topadi. Kulgililik—yuk-
sak taraqqiy etgan tanqidning ibtidosini o'zida namoyon qiladi. 
Kulgi — tanqidning estetik shaklidir. Kulgi tabiatiga ko'ra tabaqa-
lanishga qarshi, mansab va amal oldida bo'yin egmaydi. Kulgi 
tengsizlik, zo'ravonlik, manmanlik, amalparastlik, nodonlikning 
barcha shakllariga qarshi kurashuvchi buyuk kuch sifatida maydon-
ga chiqadi. Abdulla Avloniyning «Hajviyot»idagi «Ko'rning uzri», 
«Bir munofiq tilidan», «Bilimsiz oliftalarga», «Haqiqiy ma'nosi», 
«Dangasaman», «Soqovraport» kabi maqolalarida asrimiz boshida 
xalqimiz ahvoli to'g'ridan to'g'ri kulgi ostiga olinadi. 
Kulgining badiiy shakllari orasida satira alohida o'ringa ega. 
Umumnazariy ma'noda satira voqelikni badiiy tasvirlash turi 
bo'lib, unda hayotning salbiy hodisalari ustidan kulish — bun-
day hodisalar asosida yuksak insonning orzulariga zid ekanligini 
bo'rttirib ko'rsatish maqsadi yotadi. Satira har xil ko'rinishlarda 
namoyon bo'lishi mumkin. Unga lirika ham, epos ham, drama 
ham begona emas. Satira markazida doim hayotning salbiy vo-
qea-hodisalari joylashgan bo'lib, butun fosh qilish kuchi ularga 
qarshi qaratilgan bo'ladi. Shuning uchun komediya san'atiga xos 
tanqidiylik, yo'nalganlik satirada eng to'la va eng aniq ifoda to-
padi. Satirani asosan kulgi fosh etib qo'yadi, lekin kulgi bu jara-
yonda qahr-g'azabdan ajralmagan holda namoyon bo'ladi. 
Hajviya — jamiyat, inson faoliyatidagi illatlar va ularning oqi-
batlari, olam mukammalligi va inson ideallariga nomuvofiq keli-
shini ko'rsatib beruvchi kulgi turidir. Lekin masxara, mazax kabi 
kulgi turlari ham borki, ular estetik tarbiya vositasi bo'lolmaydi. 
Aksincha, ular mohiyatan insonni qoralashga, uni xafa qilishga, 
obro'sizlantirishga qaratilgan bo'ladi. Bu kulgining o'ta ziddiyatli 
va g'ayriaxloqiy ko'rinishidir. Shu bois masxara fisq-u fasodning 
muqaddimasi sanaladi. Mazah qilish ibosiz so'z bilan insonga 
daxl etmoq demakdir. Mazah qilish, kalaka qilish, o'zganing us-
tidan, jismoniy kamchiligidan kulish masxaraning real voqelik-
dagi ko'rinishlaridir. 
Kulgililikning barcha shakllari ular qanchalik erkin namoyon 
bo'lish imkoniyatlariga ega bo'lib borsalar, shunchalik ko'p aha-
miyat kasb etadi. Rivojlangan hazil tuyg'usi, hayotning kulgili 
338 


tomonlarini nozik ilg'ab olish va fahmlash qobiliyati rivojlanib 
borgan sari shaxsning ma'naviy-ruhiy sog'lomligi hamda barka-
molligi yuksalib boraveradi. 
Umuman olganda, estetikaning tushunchalari (kategoriyalari) 
doimiy hamkorlikda mustahkamlanib boradi. Ayniqsa, bu jara-
yonda go'zallik kategoriyasi bog'lovchilik vazifasini bajaradi. 
Shuning uchun fojiaviylikda, ulug'vorlikda, hunuklikda ham 
go'zallik unsurlarining uchrashi bejiz emas 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling