Falsafa asoslari


Dizaynning estetik xususiyatlari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Dizaynning estetik xususiyatlari. Italyanchada loyiha, rasm 
ma'nolarini anglatuvchi disegno so'zi o'rta asrlarda inson tabi-
atida mavjud bo'lgan ijodkorlik xususiyatlarini ham ifodalagan. 
Ammo, «ingliz tilidagi design so'zi birinchi marta 1919-yil ing-
liz rassomi Djozef Sinelo tomonidan sanoatda ishlab chiqarilgan 
narsalar namunasiga nisbatan qo'llanilgan. Bunda u aniqroq ifo-
dalash uchun industrial so'zini kiritib «industrial design» sano-
atga, uning taraqqiy etgan mashina texnikasi va seriyali ishlab 
chiqarishga yo'naltirilgan yangi badiiy predmetli ijod sohasini 
anglatuvchi so'z birikmasini qo'llaydi. Vaqt o'tishi bilan bu ter-
min xalqaro ahamiyatga ega bo'lib bordi»
1

Dizayn avval narsa va buyumlar olamini estetik va funksional 
sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoli-
yati bo'lsa bugunga kelib inson faoliyatining barcha yo'nalish va 
ko'rinishlarini qamrab olib, nufuzli, keng tarqalgan ijodiy faoli-
yatga aylandi. Narsa va predmetlar, atrof-muhitni loyihalar ekan 
dizayner ayni paytda inson va uning hayot tarzini ham loyiha-
laydi. 
Dizaynning eng asosiy estetik xususiyatlaridan biri, mahsulot 
sifatini oshirishning ta'sirchan vositasi ekanligidadir. U ilmiy ta-
fakkurning so'nggi muvaffaqiyatlarini o'zida gavdalantiradigan, 
eng yuksak texnikaning iqtisodiy, estetik va boshqa iste'molchilik 
talablariga javob beradigan, jahon bozorida raqobatbardosh 
bo'lishi kerak, bunda esa hal qiluvchi omil dizayndir. 
Dizayn bu ijodiy faoliyat bo'lib, uning maqsadi sanoat mahsu-
lotlari shakli va sifatini belgilab berishdir. Bu xususiyatlar mah-
1
Медведев В.Ю.Научные аспекта дизайна. - СПб.: СПГУТД, 2014. 
- С.4. 
351 


sulotning tashqi belgilarini qamrab oladi, shu bilan birgalikda 
mahsulotni xaridor-iste'molchi nuqtayi nazarida ham, tayyorlab-
yetkazib beruvchi nuqtayi nazaridan bir butunlikka olib keluvchi 
funksional va strukturaviy aloqadorligini ham o'z ichiga oladi. 
Dizayn amaliy san'at sohalarini sanoat olamiga ham tatbiq etib, 
mahsulot shaklini faqat mantiqiy tuzilish, maqsadga muvofiq 
emas balki, hissiyotlarga ta'sir etishini ta'minlaydi. 
Dizayn bugun jamiyatning ilmiy-texnik va estetik darajasini 
ham ko'rsatadi. Bu biz kundalik amaliyotimizda qo'llaydigan 
mehnat qurollaridan tortib, uy jihozlari-yu, kommunikatsion 
vositalar televizor, kompyuterlarda ham namoyon bo'ladi. 
Bugungi kunga kelib dizayn kirib bormagan sohaning o'zi yo'q. 
Shaharsozlikdan tortib, xonadonimiz interer (ichki ko'rinishi) va 
ekstereri (tashqi ko'rinishi), transportdan tortib, mehnat vosita-
larigacha, maishiy turmush buyumlar olamidan tortib, liboslar, 
daftar-kitobdan tortib, gazeta-jurnallargacha ularning ishtiro-
ki zaruriyatga aylanib qolgan. Dizayn so'zining o'zi inglizcha 
chizish, loyihalash ma'nosini anglatadi. U inson moddiy va 
ma'naviy ehtiyojlarini qondirish uchun iste'mol buyumlari olami-
ni uyg'unlashtirishga qaratilgan ijodiy faoliyatdir. 
Mustaqillikdan so'ng aholi turmush darajasining yuksalayot-
ganligi, estetik madaniyatning takomillashib borayotganini ku-
zatish mumkin. Bunda dizayn katta rol o'ynamoqda. Bugungi 
dizayn moddiy ishlab chiqarish muhitini estetik qayta qurish, 
uni xalqimiz manfaatlari va ehtiyojlariga mos keltirishga xizmat 
qilmoqda. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling