Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Tayanch tushunchalar: ekoestetika, tabiat, ilmiy-texnik taraq-
qiyot, texnogen sivilizatsiya, inson go'zalligi, san'at, turmush es-
tetikasi, ishlab chiqarish estetikasi, estetik idrok etish, qadriyat, 
ekologiya, estetik tarbiya, estetik munosabat, shaharsozlik esteti-
kasi, fan, dizayn, amaliy san'at. 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Tabiatga estetik munosabatning mohiyati haqida tushuntirib 
bering. 
2. Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi nimalardan iborat? 
3. Ekoestetikaning falsafiy mohiyatini izohlab bering. 
4. Tabiatni estetik idrok etishning an'anaviy va noan'anaviy 
usullari qanday? 
5. Texnosivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan 
taraqqiyotiga qanday ta'siri bor? 
6. Maishiy turmush estetikasining inson turmush tarzida tut-
gan o'rni qanday? 
7. Zamonaviy shaharsozlik estetikasining bugungi rivoji haqi-
da gapirib bering. 
8. Dizayn estetik xususiyatlarini tushuntirib bering. 
9. Xalq amaliy san'ati va dizaynning o'zaro aloqadorligini 
izohlab bering. 
18-mavzu. Estetikaning zamonaviy muammolari va estetik 
tarbiyaning dolzarb masalalari 
Estetik tarbiyaning turlari va yo'nalishlari. Estetik tarbiya o'z-
o'zidan paydo bo'lib, rivojlanadigan «mikroorganizm» emas va 
ayni paytda birdan to'xtab qoladigan «mexanizm» ham emas. 
U sekin-asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, 
ko'nikmalar, bilimlar orqali shakllanib boradi. Qolaversa, es-
355 


tetik tarbiya ijtimoiy taraqqiyotning muayyan jabhalarida aniq 
maqsadlarga yo'naltirilgan faoliyat sifatida ish olib boradi. Bun-
dan tashqari tarbiyaning mazkur shakli ayrim kishilarning yoxud 
biror-bir guruhning turli xil faoliyatlari natijasida yuzaga keladi. 
Estetik tarbiya mohiyatan inson omili bilan bog'liq bo'lib, bu 
omil nafis didga, yuksak farosatga va pokiza tuyg'ularga egaligi 
bilan ajralib turadi. Jamiyatda yashayotgan biror-bir shaxs este-
tik jarayonlardan chetda turmaydi, aksincha, o'zining muayyan 
xatti-harakati bilan mazkur jarayonlarga u yoki bu darajada ta'sir 
ko'rsatadi. Estetik tarbiyaning maqsadi ana shunday ta'sirlarni 
go'zallik, ulug'vorlik, fojiaviylik, kulgihlik asosida yo'naltirishdan 
iborat. 
Har bir inson jamiyatda o'z o'rnini bilishi, o'zini jamiyat-
ning ajralmas qismi deb his qilishi lozim. Endilikda mafkura 
dunyosida paydo bo'ladigan bo'shliq pirovardida jamiyat, inson 
va mamlakat uchun naqadar katta xavf solishi anglanmoqda. 
Tarbiyaning estetik shakli esa mazkur jarayonlarda yosh avlodni 
go'zallik haqidagi tuyg'ularini, tabiatga bo'lgan munosabatini, ba-
diiy adabiyotga qiziqishini, jamiyat ma'naviy rivojidagi yangicha 
qarashlarni go'zallik va ulug'vorlik asosida tarbiyalashdek dolzarb 
vazifani amalga oshirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling