Falsafa asoslari


Xalq amaliy san'ati va dizayn


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Xalq amaliy san'ati va dizayn. Ma'lumki, mavjud barcha 
san'at asarlari o'z o'quvchisiga, tinglovchisiga yoki tomoshabiniga 
o'tkazadigan badiiy, estetik, ruhiy ta'siri orqali bilim beradi, tarbi-
yalaydi. Shu o'rinda amaliy san'at turlarining xususiyatlari o'ziga 
xos bo'lib, ularni boshqa hech narsa bilan solishtirib bo'lmaydi. 
Ya'ni bunday san'at asarlari ayni chog'da ham badiiy, ham amaliy 
vazifalarini bajara olishi ularning ahamiyatini belgilaydi. 
Shuning uchun xalq amaliy san'atiga e'tibor kuchayib bormoq-
da. Mustaqillikdan so'ng kandakorlik, kashtado'zlik, zardo'zlik 
kabi amaliy san'at turlariga e'tibor ortdi. «Xalq amaliy san'ati 
352 


va hunarmandchiligini kelgusidagi rivojini davlat tomonidan 
qo'llab-quvvatlash tadbirlari to'g'risida»gi farmon, «O'zbekiston 
xalq ustasi» unvonining ta'sis etilishi, sohaga oid xalqaro konfe-
rensiyalarning o'tkazilishi bu jarayonda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Vazirlar Mahkamasining 2010—2020-yillarda nomoddiy 
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ'ib qilish 
va ulardan foydalanish masalasini Davlat dasturi ham o'z oldiga 
maqsad qilib qo'ydi. Amaliy-bezak san'ati va hunarmandchilik 
bozor iqtisodiga moslashib, uning tur va janrlari bozor iqtisodi 
bilan bog'liq holda rivojlanmoqda. Shaxsiy ustaxona va korxona-
lar tashkil etilmoqda. Mustaqillik yillari yog'och o'ymakorligi, 
uning maishiy va monumental turlarining keng rivojlanish davri 
bo'ldi. Mahobatli yog'och o'ymakorligi keng rivoj topdi. Barpo 
etilgan me'moriy majmualarda bu san'at o'zining salmoqli o'rnini 
egalladi. 
O'zbekistonda muntazam o'tkazilayotgan ko'rgazmalarda ham 
xalq amaliy san'atining bir qancha turlari namoyish etilmoq-
da. Misgarlik, kashtado'zlik, yog'och kandakorligi buyumlari-
da qadim ustalarimiz an'analarining zamonaviy uslublar bi-
lan uyg'unlashtirilgani turmush estetikasining yuksalishida 
katta ahamiyat kasb etadi. Bu buyumlar xorijliklarning ham 
e'tiborini tortmoqda. Bugun milliy hunarmandchiligimiz na-
faqat O'zbekistonda balki jahonga ham mashhur bo'lib bormoq-
da. Hindiston, Xitoy, Shuningdek, Yevropa mamlakatlarida xalq 
amaliy san'ati ko'rgazmalari tashkil qilinayotgani fikrimiz dalil-
lidir. Dizayner va ustalarimiz nafaqat respublikamizdagi zamo-
naviy inshootlarda, balki chet ellarda masjid va madrasalar, islom 
san'ati muzeylari interyerlarini bezashda muvaffaqiyatli faoliyat 
olib bormoqdalar. 
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent, 
Qo'qon va boshqa shaharlardagi me'morchilik va xalq amaliy 
san'ati yodgorliklari o'tmish ajdodlarimiz yaratgan barkamol, 
takrorlanmas va tarixan bebaho asarlarning namunalari bo'lib, 
xalqimizning va shu bilan birga jahon madaniyatining dur-
donalaridan bo'lgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi. 
Xalq amaliy san'ati kishilarning ma'naviy olamini boyitadi, ba-
353 


diiy-estetik didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning 
uchun ham o'zbek xalqi amaliy san'ati kishilarning badiiy, axlo-
qiy, umuminsoniy jihatdan tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqa-
rashini shakllantirishda ham madaniy darajasini yuksaltirishda 
eng zarur manbalardan hisoblanadi. 
Bugungi zamonaviy inshootlar kabi turar-joylarda amaliy 
san'atning bir qancha turlarini ko'rish mumkin. Turar-joylarning 
turli-tuman badiiy-texnologik usullarda namoyon etilgan badiiy 
bezak turlari, O'zbekiston me'morchiligida ham muhim o'rin 
tutadi. Interyerlarning badiiy bezatilishda asosiy ahamiyat devo-
riy naqqoshlikka qaratilgan bo'lib, bu o'zbek xonadonini beza-
tishda muhim jihatlardan hisoblanadi. 
Yog'och o'ymakorligi faqat intererning sirtida namoyon bo'lib 
qolmay turli shakl va kompozitsiyalarda ham aks etadi. Bu in-
teryer uchun ishlangan stol, stullar, xontaxtaning nafaqat shak-
lining bejirimligi balki yog'och fakturasining go'zalligi va ularga 
berilgan ishlov hamda naqshlarning betakror va yengilligi kishi-
ga zavq bag'ishlaydi. Toshkent turar-joy me'morchiligida O'rta 
Osiyo me'morchiligi amaliyotida qo'llanilgan badiiy bezaklarning 
deyarli barcha turlari mavjud: suvalgan devor ganch naqqoshligi 
hamda o'ymakorligi shular jumlasidandir. 
Interyerning badiiy bezalishida asosiy ahamiyat devoriy 
naqqoshlikka qaratilgan bo'lib, bu o'zbek xonadonini bezatish-
da muhim jihatlardan hisoblanadi. Ko'pincha naqqoshlik ganch 
o'ymakorligi bilan muvofiqlikda bajariladi. Ayniqsa, Toshkentda 
keng tarqalgan o'simlik naqshlari — majnuntol, anor, xrizantema 
butalarining yoyilgan shoxlarini ko'plab uchratish mumkin. Bu 
lavhalar faqatgina bezak emas o'z falsafiy ma'nosiga egadir. Ma-
salan, majnuntol — sevgi sog'inchi, anor — serhosillik, lola — ba-
ilor, gulsafsar osoyishtalik va uzoq umrni anglatgan. 
An'anaviy badiiy hunarmandchilik buyumlari patnislar, 
ko'zachalar har bin o'zining betakror xislatlariga ega bo'lib, 
ularni xarid qilishgina emas, balki ulardan zavqlanish, ularning 
donoligini tushunish va ularning badiiy qimmatiga baho berish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yodgorliklar estetik kechin-
malar manbayi hamdir. Hech bir o'zbek xonadoni yo'qki unda 
354 


kulolchilik, badiiy kashtachilik, zargarlik buyumlari bilan beza-
tilmagan bo'lsin. O'rta asr Sharq miniatyuralari rangtasviridan 
olingan bezaklar interer dizayniga ham kirib kelishi milliy tur-
mush estetikasining yuksalishida muhim ahamiyat kasb etib qol-
may, yangi-yangi an'analarni vujudga keltirmoqda. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling