Falsafa asoslari
«Ommaviy madaniyat»ning yoshlar estetik didiga ta'siri
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
«Ommaviy madaniyat»ning yoshlar estetik didiga ta'siri. XXI
asr ommaviy madaniyati zamonaviy qiyofada go'yo rivojlangan madaniy dunyoga integratsiyalashish niqoblari ostida namoyon bo'lmoqda. Bu niqoblar ostidagi salbiy holatlar va ular shakl- lantirishi mumkin bo'lgan illatlar bilan umuminsoniy qadri yatlar orasidagi keskin tafovutni anglay bilish zamon talabidir. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev: «Ammo farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o'tgan, yuksak ma'naviyat manbayi bo'lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki biz uchun yot bo'lgan g'oyalarni yoshlarimiz ongiga singdirayotgan zararli axborotlar asosida shakllanishiga men mutlaqo qarshiman» 1 , — deb ta'kidlaydi. Ommaviy madaniyat eng avvalo, milliy estetik tarbiyaga zarba berib, jamiyatning g'oyaviy tizimini izdan chiqa- rishi bilan xatarli hisoblanadi. Estetik tarbiya aynan shunday ho- latga qarshi maqsad yo'lida yosh avlodni milliylikka zid bo'lmagan estetik ideal timsolida, yuksak didli qilib tarbiyalash bilan dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda. «Ayniqsa, hozirgi murakkab va tahlikali 1 Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quramiz. - Т.: O'zbekiston, 2017. -469 b. 365 zamonda milliy o'zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot va be- gona bo'lgan turli xil xurujlar, yoshlarimizning ongi va qalbini egallashga qaratilgan g'arazli intilishlar tobora kuchayib borayot- gani barchamizni yanada hushyor va ogoh bo'lishga da'vat eti- shi tabiiydir. Shu sababli yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish, ularni giyohvandlik, axloqsizlik, chetdan kirib kelayotgan har xil zararli ta'sirlardan, «ommaviy madaniyat» niqobi ostidagi tahdid va xatarlardan asrash masa- lalari bir zum ham e'tiborimizdan chetda qolmasligi darkor» 1 . «Ommaviy madaniyat» illat sifatida haqiqat, go'zallik, ezgulik singari muqaddas tushunchalarni umumiste'molchilik ehtiyoji bi- lan bog'lab, iste'mol va tovar sifatida xaridorgir bo'lishiga qaratil gan maqsadni targ'ib qiladi. Bu esa pirovardida «bozor adabiyoti», «bozor san'ati» degan ma'naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning «gullab-yashnashi» uchun imkon yaratadi. XX asrning 70-yillarida ko'plab sotsiologlar, faylasuflar, san'atshunoslar «ommaviy madaniyat»ning ijtimoiy taraqqiyotga, ayniqsa umummadaniy jarayonlarga ta'siri haqida bir qator tadqi- qotlarni olib borgan edilar. Xususan, sotsiolog Ch.Reych o'zining «Gullayotgan Amerika» kitobida «Isyonkor yoshlar o'zlarining shaxsiy «madaniyat»larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil etmoqda. Yosh «isyonkorlar» madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot bilan bog'liq fal- safiy, axloqiy, estetik ahamiyatidan hamda muomala va muloqot madaniyatidan yuz o'girgan holda o'zlariga mos qadriyatlarni yaratmoqdalar va ularni himoya qilmoqdalar. Bu kabi «yangi odam» uchun mazkur qadriyatning asosi — bu o'zini mavjud tizimdan tashqarida his qilishga bo'lgan layoqatidir», — degan fikrni bayon etgan edi. «Ommaviy madaniyat»ning asl maqsadi har kuyga so- lish mumkin bo'lgan olomonni shakllantirish bo'lgani bois, u ma'naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o'quvchini mushohadaga undab, tasavvur olamining kengayishiga xizmat qiladigan asar- 1 Karimov LA. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir. - Т.: O'zbekiston, 2015. - B. 267-268. 366 larni yaqmiga yo latmaydi. Shuning uchun «ommaviy madaniyat» namunalari badiiy-estetik qimmatga ega emas. Demak, bugun estetikaning zamonaviy muammolari inson—tabiat, inson—inson, inson—texnika bilan bog'liq bo'lib, — ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat obyektlari xilma-xilligini saqlab qolish va ko'paytirish; — tabiat obyektlari bilan bog'liq madaniy merosni asrab qolish va avlodlarga yetkazish; — inson o'zini «go'zallashtirishi» orqali o'zligini yo'qotishi va millat (qiyofasiga) genofondiga zarar yetkazishini anglashi; — insonning texnikaga va atrof-muhitga munosabati, «omma viy madaniyat»ning har qanday ko'rinishiga hamda «fetish esteti- ka» va «bozor san'ati» kabi tahdidlar e'tibordan chetda qolmasligi lozim. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling