Falsafa asoslari
Mehnat — turmush estetikasining muhim omili
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Mehnat — turmush estetikasining muhim omili. Insonning
aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan maqsadli faoliyati mehnat deb atalishi ma'lum. U ma'naviy va moddiy ji- hatdan odamzod hayotini farovonlashtirish, ma'naviy hamda moddiy qadriyatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson ayni pay- tda ham aqliy, ham jismoniy tomondan tarbiyalanib, ma'naviy yuksalib boradi. Biroq mehnat og'ir majburiyatga aylangan joyda uning bu xususiyatlari yo'qoladi. Shu sababli mehnat har jihat- dan yuksak samara berishi uchun erkin bo'lishi, mehnat jarayoni ijodiy va qiziqarli kechishi lozim. Agar mehnat erkin va ijodiy 362 I bo'lsa ko'plab yuksak asarlar, mukammal mahsulotlar yaratiladi. Va aksincha, mehnat asarlari xunuk bo'lsa insonning mehnat qi- lish zavqi va baxtidan mosuvo ekanligi, bu esa ular yashayotgan jamiyatning ma'naviy qashshoqligini ko'rsatadi. Mehnat estetikasi deganda mehnat sharoiti, mehnat vositalari, mehnat natijalarida estetik qonuniyatlarning namoyon bo'lishi tushuniladi. Mehnatning estetik jihatlari shaxsning ijodiy faoli- yat potensiali uning ma'naviy, aqliy, axloqiy-estetik tomonlari bi- lan umumiyligi va mehnat natijalaridan beg'araz lazzatlanishiga bog'liqdir. Mehnatning estetik jihatdan to'laqonli bo'lishi uchun avvalo obyektiv omillar, ishlab chiqarish jarayoniga ham bog'liq. Albatta bu o'rinda mehnatkashlarning madaniyati, estetik didi masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mehnatning estetik mohiyati u kechadigan ijti- moiy shart-sharoitlarga ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi. Bozor mu- nosabatlari sharoitida raqobat amal qilishi moddiy ne'mat ishlab chiqaruvchilardan har tomonlama keng ijodiy faoliyat ko'rsatish, sifatli mahsulotlar yaratish, iste'molchilarning badiiy-estetik didi va ehtiyojlariga mos tovarlar yetishtirishni zaruriy ehtiyojga aylantirdi. Moddiy va ma'naviy ehtiyoj va manfaatlar uyg'unligini ta'minlash va rivojlantirish shaxs, millat va jamiyat taraqqiyoti garovlaridan biridir. Mehnatning estetik jihatdan to'laqonli bo'lishi avvalo obyek- tiv omil — ishlab chiqarish jarayoniga ham bog'liq. Albatta, bu o'rinda mehnatkashlarning madaniyati, axloqi, estetik didi ma- salalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, mehnat insonga kuchli va ko'p qirrali ta'sir ko'rsatib, uning faoliyatiga estetik ma'no-mazmun baxsh etadi, ma'naviy kamol topishiga ko'maklashadi. Bunda ijod ustuvorligi qancha yuqori bo'lsa, uning estetik mohiyati ham shuncha barqa- ror, ma'naviy ta'sirchanligi kuchli bo'ladi. Mamlakatimiz mus- taqillikka erishgach mehnatning mohiyati ham tubdan o'zgardi. «Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun» tamoyili mam- lakatimizda olib borilayotgan islohotlar avvalo inson hayotini farovon, turmushini obod bo'lishi, mehnatning erkin va ijodiy tabiatiga bog'liqligi ifodasidir. 363 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling