Falsafa asoslari
Mehnat — estetik tarbiyaning asosiy vositasi
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Mehnat — estetik tarbiyaning asosiy vositasi. Mehnat ham
moddiy, hamda ma'naviy go'zalliklar yaratish bilan estetik tar- biyaning muhim vositasi hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta'sirida vujudga keladi. Maz- kur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga kelti- radigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yon- dashuv jamiyat ma'naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi. Ma'lumki, O'zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqti- sodiy asosi — ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa insonlarda mehnatga bo'lgan yangicha estetik munosabatni shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag'batlantirish, odamlarda mulkka egalik hissiyotini tarbiyalash o'z navbatida mehnatga bo'lgan estetik munosabat orqali ro'yobga chiqadi. Ommaviy axborot vositalari estetik tarbiyaning ta'sirchan vositasi. Bu vosita insonga yaqindan ta'sir qiluvchi qudratli va faol kuchdir. Ayniqsa, televideniya shaxs hamda ommani es- tetik dunyoqarashini shakllantirishda, ularni nafosatli jihat- dan tarbiyalashda yuksak ahamiyat kasb etadi. Rang-barang mavzulardagi ko'rsatuvlar badiiy va hujjatli filmlar, ijtimoiy- 358 ma'naviy mazmundagi reklamalar, telemarafonlar nafosatli tar- biyani maqsadli yo'naltirishda, insonlar tafakkurida go'zallikka bo'lgan yangicha munosabatni shakllantirishda salmoqli aha- miyat kasb etadi. Sport — estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alo- hida e'tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimiz- da davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog'lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Sport va sport muso- baqalari mohiyatan inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog'lomlashtirishga qaratilgan. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling