Falsafa asoslari
ИИИИ^ИИИИДИИНИИИИИЯИИИИИИШ^иИДИДИИДИДИИ1ИИЯИ1ИИИИИИИИ1
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
ИИИИ^ИИИИДИИНИИИИИЯИИИИИИШ^иИДИДИИДИДИИ1ИИЯИ1ИИИИИИИИ1
deb atalmoqda. Texnologiya — texnika bilan uzviy bog'liqdir. «Texnologiya» yunoncha so'z bo'lib, predmetlarga ta'sir etish ishlov berish, tayyorlash, o'zgartirish metodlari majmuyi degan ma'noni bildiradi. Agar texnika insonning obyektga nima vosita- sida ta'sir ko'rsatishini anglatsa, texnologiya insonning obyekt ga qanday ta'sir ko'rsatishini anglatadi. Osvald Shpengler XX asrning 30-yillarida «Inson va texnika» asarida inson olamning hukmdori edi, u mashinaning quli bo'lib qoldi, deb yozgan edi. Texnika inson borlig'ining barcha sohalariga: iqtisod, siyosat va mafkuraga kirib keldi. «Inson va mashina» munosabatlari yan- gicha mazmun kasb etyapti. Asrimiz boshida ijtimoiy-texnika taraqqiyotining ibtidosidayoq olimlar, yozuvchilar texnika va texnologiya uning tabiatga inson hayotiga ta'siri masalariga o'z munosabatlarini bildirishgan. Bu xususda noosfera ta'limotining asoschilaridan bo'lgan akademik Vernadskiy «Sayyoramiz yuzi—biosfera inson tomonidan ongli va asosan ongsiz ravishda kimyoviy o'zgarishlarga duchor etilmoqda. Inson quruqlikning fizikaviy va kimyoviy havo qobig'ini, uning barcha tabiiy suv- larini o'zgartirmoqda. Hozir biz biosferadagi yangi geologik evolyutsion o'zgarishlarni boshdan kechiryapmiz. Biz noosfera- ga kirib boryapmiz» 1 deb ta'kidlaydi. Noosferaning atrof-muhit, tabiatga ta'siri har doim ham kutilgan natijani beravermasligini bugun hayotning o'zi ko'rsatib turibdi. Atom bombasining yara- tilishi, ballistik raketalarning havo qatlamini teshib o'taverishi natijasida azon qatlamining kengayib borayotganligi, kimyoviy zavod-fabrikalarning ko'payishi natijasida atmosferaning zahar- lanishi nabotot, hayvonot dunyosigina emas insoniyatga sal- biy ta'siri kabi misollarni ko'plab keltirish mumkin. Hozirgi globallashuv sharoitida yuqori texnologiyalar, yangi axborotlar asri sifatida namoyon bo'lmoqda. Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli ortib kishilar ongi mana shu tezkorlikka moslashishi lozimligini taqozo etmoqda. 1 Вернадский В.И. Начало и вечность жизни. - М.: «GOB. РОССИЯ», 1989. - С.186-187. 371 \ Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, inson tafakkuri noosfera- ning turli-tuman yo'nalishlarini vujudga keltirmoqda. Nano- texnologiyalar bugun hayotimizga kirib kelmoqda. Tabiat va nanotexnologiyaning o'zaro munosabati murakkab bo'lib va ko'p ma'noli xususiyatlarga ega. Uning o'ziga xosligi shunda ko'rinadiki, nanotexnologiyaning ba'zi bir obyektlari tabiat obyektlaridan farq qiladi. Tabiatda mavjud bo'lmagan nano- mahsulotlar sun'iy dunyoni paydo qilib tabiatga nisbatan mu- nosabatni qiyinlashtiradi. Shu bilan birgalikda nanotexnologiya nafaqat sun'iy dunyoni yaratadi, balki tabiat bilan yangi mu- nosabatlarni o'rnatadi. Bu muammolar bugun insoniyat oldiga turli-tuman hal etilmagan masalalarni ham qo'ymoqda. Texni- ka insoniylashuvi, inson ma'naviyati bilan uyg'unlashuvi, in- son manfaatlari har bir insonning ongi va faoliyatiga singishi lozim. Negaki ular inson ma'naviy olami, estetik ongi va didi, estetik ehtiyojlariga ham ta'sir ko'rsatadi. Shunday ekan olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli muhimligini hayot- ning o'zi ko'rsatmoqda. Buni kompyuter texnologiyalari, in- ternetning farzandlarimizga ta'siri orqali ko'rishimiz mumkin. EAV va kommunikatsiya texnologiyalaridan ma'lumotlar oqimi manfaatdorlik nuqtayi nazaridan yetkazilishi, ataylab qarama- qarshi xarakterdagi ma'lumotlarni ketma-ket berish orqali oxir- oqibatda yoshlarning idrokini susaytirishga olib keladi. Internet va uning shakllari bo'lgan internet-televideniya, internet-radio, elektron pochta, onlayn-video, ijtimoiy tarmoqlar kabi ko'plab axborot tarqatish texnologiyalari imkoniyatlaridan yoshlarning ma'naviyati va bilim darajasini oshirishda maqsadli va oqilona foydalanish zarur. Shu o'rinda reklamalarga ham alohida to'xtalib o'tish lozim. Reklamaning estetik jihatlari va g'ayriestetik holatlar mavjudligi hech kimga sir emas. Ayrim firma va kompaniyalar o'zlarining sifatsiz ayni paytda zararli mahsulotlarini reklama qilishda usta- lik bilan foydalanmoqda. Bunday reklamalarni ko'rgan yoshlar maqtalgan «o'sha» narsalarni tatib ko'rishni xohlaydi. Bu reklama beozor ko'ringani bilan ma'lum mamlakat turmush tarzini ham yoshlarga yetkazayotgani, ularda qiziqish uyg'otayotganini unut- 372 maslik lozim. Shunday ekan, ijtimoiy voqelikdagi hodisa hamda jarayonlarga yoshlarda ongli munosabatni shakllantirish, ularning erkinlik haqidagi tasavvurlari, ijtimoiy mas'uliyatga munosabat- larini tarixiylik va zamonaviylik o'zaro uyg'unligini ta'minlash asosida quyidagilarni yoshlar turmush tarziga singdirib borish zarur: — jamiyatning har bir fuqarosini global jarayonlarni mulohaza- korlik bilan tahlil qilishga o'rgatish, ularning axloqiy mas'uliyatni chuqur his qilishiga erishish; — shaxs erkinligi oila, mahalla, davlat va jamiyatni o'zaro uyg'unligida ro'yobga chiqqani, xorijdan eksport qilinayotgan, razolat va tubanlikka yetaklovchi «ommaviy madaniyat» millat axloqi, urf-odati, dinu-diyonati, imon-e'tiqodiga mutlaqo yot ekanligini, ular ruhiyatiga muntazam singdirib borish; — sharq kishisiga xos fazilatlarni yuksaltirish asosida har bir shaxsning erkinlik va mas'uliyatni chuqur anglashga safarbar etish o'z amaliy faoliyatida demokratik qadriyatlarga tayanish ko'nikmasini hosil qilish; — ayni paytda erkinlikni torn ma'noda mohiyatan anglashda uning g'arbona (Yevropacha) tamoyillariga ko'r-ko'rona asosla- nishiga yo'l qo'ymaslik muhim ahamiyatga ega. Chunki bunday taqlid yuqorida ta'kidlaganimizdek, kutilmagan oqibatlarga, xu- susan erkinlik niqobiga o'rangan mas'uliyatsizlikka, demokratiya niqobiga o'rangan parokandalikka, bosh-boshdoqlikka olib keli- shi mumkin. Nima bo'lganda ham globallashuv jarayoni ijobiy ta'sirini e'tirof etgan holda o'tmish qadriyatlarimiz bilan zamonaviy tamaddun o'zgarishlarni muntazam o'rganib borish milliy qiyofasizlik, did- sizlik, axloqsizlik, mas'uliyatsizlik kabi salbiy holatlarga zamin yaratuvchi global ta'sirlardan yoshlarni imkon darajada asrash, bugungi kundagi eng muhim vazifadir. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling