Falsafa asoslari
Moddiy qadriyatlarning go'zalligi
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Insonning gozalligi.
Moddiy qadriyatlarning go'zalligi. Har qanday nazariya amali-
yot bilan uyg'un bo'lsagina yashay oladi. Bu qoida go'zallik tu- shunchasiga ham tegishli. Ma'lumki, estetik faoliyatning qator turlari amaliyot bilan chambarchas bogliq holda rivojlanadi. Ma- salan, me'morlik o'zida ham moddiy, ham ma'naviy qadriyat- larni aks ettiradi. Chinakam me'moriy obidaning go'zalligi faqat tashqi ko'rinishi bilangina emas, balki mexanika qonunlarining yangi materiallar bilan boyitilganligi, me'morlikning qadimiy an'analarini yangi ko'rinishlar orqali namoyon qilish natijasida yuzaga keladi. Me'moriy obida shahar o'z ko'rki va go'zalligini quyidagi estetik xususiyatlar orqali namoyon etadi, degan fikrga kelish mumkin: — shaharda qadimiy me'moriy obidalarning saqlanganligi va uning ko'rki; — binolarning aholi turmush tarzi uchun qulayligi va mos kelishi; — shaharda bunyod etilgan binolar, yo'llar xalq manfaati bilan muvofiqligi; — shaharning geografik jihatdan joylashuvi — suv va havosi- ning musaffoligi, tabiiy manzaralarga boyligi. Insonning go'zalligi. Insondagi go'zallik aksariyat hollarda uning xulqi, odobi, axloqi va fazilatlari bilan belgilab kelinadi. Estetik tafakkur tarixida inson go'zalligi jism (tana) va ruhiyat masalalari bilan izohlangan. Bu boradagi fikr-mulohazalarning asosida insonning tashqi ko'rinishi hamda axloqiy fazilatlariga bo'lgan munosabat masalasi yotadi. Inson go'zalligiga bu tariqa yondashuvning muayyan sabablari bor. Birinchidan, go'zallikning inson shaklidagi ko'rinishida yagona, mutlaq va tugal timsol 332 mavjud emas. Ikkinchidan, insonlarning go'zallik haqidagi qa- rashlari turlicha bo'lib, ular vaqt o'tishi bilan o'zgarib boradi, ya'ni nisbiylik tabiatiga ega. Kishilarning go'zallik haqidagi idea- li ana shu o'zgarishlarning birlamchi sababidir. Odatda inson- ning tashqi go'zalligiga nisbatan yuzaki munosabat bildiriladi; tashqi go'zallik shaxsning ehinakam «Men»ini namoyon qilishiga to'sqinlik qiluvchi, o'tkinchi hodisa sifatida qaraladi. Ammo, in- son go'zalligiga nisbatan bunday yondashuv bahsli. Chunki, in- sonning tashqi go'zalligi muayyan holatlarda shaxsning o'zigagina emas, balki boshqalarning faoliyatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Insonning botiniy go'zalligi uning odob, xulq va axloqiy fazilatlari bilan belgilanadi. Bu nafosat ilmida xulqiy go'zallik deb ataladi. Inson xulqiy go'zalligining takomillashuvida axloq falsafasining muhabbat va ezgulik kabi tushunchalari asosiy me- zon hisoblanadi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling