Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Yaxshilik va yomonlik. Ezgulik va yovuzlik haqida gap bor-
ganida, yaxshilik va yomonlik nima, bu ikki juftlik mazmunan bir emasmi, degan savol tug'iladi. Bu tabiiy. Chunki hozirgacha bizga ma'lum o'zbek tilidagi barcha etikaga doir adabiyotlarda ezgulik va yovuzlik mezoniy tushunchalar sirasiga kiritilmagan, u bor-yo'g'i yaxshilik va yomonlikning sinonimi tarzida taqdim etib kelingan. To'g'ri, yaxshilik tushunchasining ko'pgina unsur- lari ezgulikdan, ezgulikning ba'zi unsurlari yaxshilikdan joy oli- shini inkor qilish mumkin emas. Ularning ziddida ham shunday «singishib ketish» mavjud. Lekin bunday dalillar aslo mazkur ikki juftlikni aynanlashtirishga asos bo'la olmaydi. Bu ikki juftlik tushunchalar orasida qat'iy farq mavjud: ezgulik, yuqorida aytganimizdek, ijtimoiylik xususiyatiga ega, yaxshilik esa unday emas. Yaxshilik asosan shaxsning odobi- ga, xulqiga bog'liq bo'lgan ijobiy hodisa. Zero, unda mard- lik, ochiqko'ngillilik, halollik singari axloqiy me'yorlar tajas- sum topadi. Biroq unga asos bo'lgan amaliy xatti-harakatlar 277 qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi tamoyillar darajasiga ko'tarila olmaydi. Misol tariqasida buyuk shoirimiz Alisher Navoiyning faoliyatini olaylik. U surunkasiga ijodiy mehnatga umrini bag'ishladi, xalqi uchun, xalqlar uchun «Xazoyin ul- maoniy»dek, «Xamsa»dek buyuk asarlar yaratdi. Bu — ezgulik, u malum ma'noda abadiylik xususiyatiga ega,/Chunki Navoiy asarlari millionlab odamlarga yuzlab yillar mobaynida zavq- shavq ulashib, ularni komillikka chorlab kelmoqda. Ayni payt- da, Navoiyning o'zi bevosita ko'plab yaxshiliklar qildi — muhtoj odamlarga qarz berdi, bergan qarzlaridan kechib yubordi va h.k. Uning bu yaxshiliklari ajoyib ijobiy hodisa bo'lgani hol- da, o'tkinchilik tabiatiga ega, Shuningdek, istisnoli hollarda namoyon boluvchi qahramonlik ham, buyuk jasorat ham emas. Demak, ezgulik asosan bilvosita amalga oshiriladigan, uzoqni ko'zlovchi, kelajakka ham mo'ljallangan, ya'ni strategik aha- miyatga molik axloqiy xatti-harakatlar majmuyi; yaxshilik esa, odatda, bevosita shu kun uchun dolzarblik xususiyatiga ega, ya'ni taktikaviy axloqiy faoliyatdir. Shunday qilib, yaxshilik- ni yirik ijtimoiy hodisa — ezgulik bilan aynanlashtirish to'g'ri emas. Bu ikki juftlikning yana bir farqli tomoni shundaki, voqe bo'lgan ezgulik hech qachon yovuzlikka aylanmaydi, yovuzlik esa har qanday zamonda, har qanday sharoitda ham yovuzlik bo'lib qolaveradi. Yaxshilik va yomonlikda esa bunday emas: biror obyektga qilingan yaxshilik boshqa bir obyekt uchun yoki yaxshi- lik qilgan subyekt uchun yomonlikka aylanishi mumkin: — yaxshilik — bu faqat inson va jamiyat hayotiga xos bo'lib, stixiyali, ko'r-ko'rona sodir etiladigan xatti-harakat emas, balki biron-bir inson, jamiyat manfaatini o'ylab, ko'zlab bajariladigan, ezgulikka yo'g'rilgan amaliy ishdir; — yaxshilik — bu majburlashning mahsuli emas, balki vijdon amri bilan sodir etiladigan mutlaqo erkin xatti-harakatdir. Yax- shilik qilishga majburlash — yomonlikdir; — yaxshilik — bu inson axloqiy idealiga muvofiq keladigan real axloqiy munosabatdir, uning ijobiy mazmunidir. Yaxshilik axloqiy idealning amaldagi ifodasidir. 278 Adolat — odillik, adolat bilan ish ko'rish, qonun asosida, jami- yatda shakllangan ustuvor insoniy munosabatlar doirasida bar- chaga teng va xolis munosabatda bo'lishdir. «Adolat» turlicha talqin qilinadigan, xilma-xil tarzda namo- yon bo'ladigan tushunchadir. Ba'zi axloqiy-huquqiy me'yorlar ham adolat mezoni sifatida qaraladi. Bu, o'z navbatida, adolat mezonlarining jamiyat rivojiga, insoniyat taraqqiyotiga, muay- yan mamlakat qonun-qoidalariga mos yoki mos emasligi bilan belgilanadi. Adolat jamiyatning muayyan shaxsga munosabatida yaqqol namoyon bo'ladi. Insonning jamiyatdagi o'rni, qadr-qimmati adolat mezoni hisoblanadi. Hayotning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy sohalarida sodir bo'ladigan barcha voqea va hodisalar bu jarayonga bevosita yoki bavosita ta'sir qiladi. Bu ta'sir inson erki va irodasini belgilaydi, alohida shaxs uchun ma'naviy mezon vazifasini bajaradi. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lida amalga oshirilayotgan islohotlar ijtimoiy adolat, demokratiya, barqaror taraqqiyot va farovonlik tamoyillarini ro'yobga chiqa- rishning muhim vositasi bo'lib xizmat qiluvchi muhim tamoyil. Insonparvar jamiyat g'oyasini o'zida mujassam etgan ijtimoiy adolat va demokratiya tamoyillari bu jarayonda o'z mohiyatini to'la namoyon qila boshlaydi. Insonparvarlik g'oyalarining muhim bo'g'inlaridan biri bo'lgan adolatlilikning barcha ko'rinishlariga qadim davrlardan katta e'tibor berib kelingan. O'tmishdagi Sug'd va Xorazm, So- moniylar, Xorazmshohlar, Qoraxoniylar va Temuriylar davlatlari tarixidan ko'plab misoUar keltirishimiz mumkin, xususan, Amir Temur saltanatida amal qilingan «Tuzuklar»da, eng avvalo adolat va har ishda adolatlilik tamoyillariga so'zsiz amal qilingan. Dav- lat «Kuch adolatdadir» shiori ostida tuzildi va ravnaq topdi. Vijdon. Insonga xos yuksak ma'naviy fazilat, kishining o'z xatti-harakati, qilmishi, yurish-turishi uchun odamlar, ja- moatchilik oldidagi mas'uliyat hissini anglatuvchi tuyg'u Vij- donli inson har bir qilgan ishi, odamlar bilan bo'lgan muloqoti, faoliyati va fikrlarini sarhisob qiladi. Nohaqlikka, adolatsizlikka 279 murosasizlik bilan qarshilik ko'rsatadi. Vaholanki, vijdonsiz odamning adolatparvar, sadoqatli, or-nomusli inson bo'lishi amrimahol. Vijdon eng avvalo, o'zgalarga nisbatan burch va mas'uliyatni teran his etishni taqozo etadi. O'zbekistonning Bi- rinchi Prezidenti ta'kidlaganidek, «Vijdoni uyg'oq odam yon- atrofida bo'layotgan voqealarga, yordam va ko'makka muhtoj insonlarning muammolariga, adolatning toptalishiga befarq qaray olmaydi. Ayniqsa, el-yurt manfaatiga zarar yetkazadigan yovuz xatti-harakatlarga hech qachon chetdan jim qarab turol- maydi, o'z yurti va xalqida nisbatan xiyonat va sotqinlikni aslo qabul qilolmaydi. Bunday holatlarni ko'rganda vijdoni qiynala- di, doimo yonib-kuyib yashaydi, qanday qilib bo'lmasin, ularni bartaraf etishga intiladi, kerak bo'lsa, bu yo'lda hatto jonini ham fido qiladi. Burch. Burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga nis- batan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U, yuqorida aytganimizdek, vijdon, e'tiqod, mas'uliyat kabi tu- shunchalar bilan mustahkam bog'liq. Umuman, hayotda inson- ning har bir xatti-harakati zamirida burch tushunchasi - burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi. Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, fuqarolik burchi, otalik burchi, onalik burchi, farzand- lik burchi singari keng qamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bo'lgan tushunchalari ham, jurnalistlik burchi, shifokorlik bur- chi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling