Falsafa asoslari
Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me'yorlari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhabbat va nafrat.
Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me'yorlari. Etika fa-
nida qo'Uaniladigan barcha tushunchalarni uch guruhga bo'lish maqsadga muvofiq. Bularning birinchisi — axloqiy bilish bilan real hayot o'rtasidagi eng muhim aloqa va munosabatlarni in'ikos ettiruvchi, axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalar, axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari, ikkinchi guruh tushunchalarini — axloqiy tamoyillar, uchinchi guruhni esa axloqiy me'yorlar deb olish mumkin. Birinchi guruh tushunchalari umumlashtiruvchilik, mushtaraklik xususiyatiga ega, ular faqat nazariyaga taalluqli. Ikkinchi va uchinchi guruh tushunchalari esa amaliy etikaga tegishli bo'lib, nisbatan muay- yan, tor qamrovga ega; ular birinchi guruh uchun «moddiy asos» vazifasini o'taydilar. Muhabbat va nafrat. Muhabbat inson axloqiy hayoti- ning cho'qqisi, komillik belgisi, muhabbat — oliy tuyg'u, shu ma'noda u oliy tushuncha. Muhabbat bosh mezoniy tushuncha 1 Arastu. Axloqi kabir. - Т.: Sharq, 2005. - 123 b. 275 sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda о z «hissa»siga ega. Shu jihatdan atoqli tasavvufshunos Najmiddin Komilov: «Juda ko'p irfoniy tushuncha — istilohlarning sharhi muhabbatga borib taqaladi», — der ekan, ayni haqiqatni aytadi 1 . Na ezgulikni, na yaxshilikni, na vatanparvarlikni, na insonpar- varlikni muhabbatsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Muhabbat ham, axloqshunoslikdagi ko'pgina tushuncha- lardek, «juftlik» xususiyatiga ega, uning ziddi — nafrat. Nafrat tushunchasi, albatta, muhabbat singari keng qamrovli emas. U aksil muhabbat tarzida namoyon bo'ladi, obyektdan chetlashish- ni, undan begonalashishni taqozo etadi. Hazar, jirkanch hissi nafratning kundalik turmushdagi tor, «mayda» ko'rinishidir. Nafratning ularga nisbatan «yirikligi» uning ijtimoiy hodisa sifa tida mavjudligidir. Ezgulik va yovuzlik. Ezgulik — eng muhim axloqiy kat- egoriyalardan biridir. Ezgulik inson faoliyatining asl mohiyati- ni anglatadi. Shu nuqtayi nazardan ezgulik insonga eng kuchli ma'naviy lazzat bag'ishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komillikka jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi qadriyat sifatida baholanadi. Ezgulikning o'ziga xos xususiyati shundaki u insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi va bevosita axloqiy xatti-harakat natijsaida yuzaga chiqadi. Bundan tashqari ezgulikda manfaatdan ko'ra umummanfaat ustuvor hisoblanadi. Ezgulik yuksak axloqiylik sifatida jamiyatning ijtimoiy taraq- qiyot hodisasi nuqtayi nazaridan bir qator xususiyatlarga ega. U: — stixiyali ko'r-ko'rona ishlar emas, balki insonning shaxsiy manfaatlaridan jamiyat va xalq manfaatining yuksakligiga asos- langan oqilona xatti-harakatlar natijasi; — majburiylik emas, balki vijdon amri bilan amalga oshiri- ladigan axloqiy voqelik; — inson axloqiy idealiga muvofiq keladigan real axloqiy mu- nosabatning ijobiy mazmuni; 1 Komilov N. Tasawur. 1-kitob. — Т.: Yozuvchi, 1996. — 48 b. 276 — inson ziynati va yuksak qadriyatga aylangan ijtimoiy ho- disa. Ezgulik barcha muqaddas kitoblarda yetakchi o'rinni egallay- di. Jumladan «Avesto»da Ezgu o'y, ezgu so'z, ezgu a'mol uchligi zardushtiylikning mohiyatini anglatadi. Yovuzlik ezgulikka qara- ma-qarshi tushuncha bo'lib zardushtiylik ta'limotiga ko'ra yovuz- lik sabablari va uning oqibatlari narsa-hodisalarning mohiyatidan kelib chiqadi. Yovuzlikni bartaraf etishda iymon-e'tiqodli kishilar katta jonbozlik ko'rsatishi da'vat etilgan. Ezgulik va yovuzlik juftligida har ikki tamoyil bir-birini tamo- mila inkor etibgina qolmay, ular o'rtasida hayot-mamot kurashi ketadi va bu abadiy kechadigan jarayon sifatida olamni harakatga keltiruvchi kuch sifatida namoyon bo'ladi. Ezgulikning ma'no- mohiyati yovuzlikka qarshi kurashda o'z ifodasini topadi. Ezgulik axloqiy barkamollik negizidir. Ezgulik ijtimoiylik xususiyati bilan muhim ahamiyatga ega. Ezgulik amaliyotda qahramonlik, vatan- parvarlik, insonparvarlik, jasurlik tamoyillarini ham o'z ichiga oladi. Ezgulik ijtimoiy, shaxsiy xulq-atvor va xatti-harakatni ma'naviy jihatdan baholashning muhim mezonidir. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling