Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arab xalifaligi va Mom falsafasi.
37
mm borgan. Ular xalq ongidan mustaqillik va erkin hayot to'g'risidagi maqsad-muddaolarni butunlay yo'qotib yuborishga urinishgan. Buning natijasida ma'naviy qashshoq va tarixiy xotirasiz kishilar tarbiyalanishi lozim edi. Bosqinchilar Movarounnahrda niho- yatda boy madaniyat shakllanganini e'tirof etgan. Ammo uning bosqinchilik g'oyalariga mos kelmaydigan juda ko'p namunalarini ayovsiz yo'q qilishgan. Arab xalifaligi va Mom falsafasi. Movarounnahr arab xalifaligi tarkibiga kiritilishi arafasida Turk qog'onoti tizimiga mansub edi. U mayda amirliklardan iborat bo'lib, ular o'rtasida tinimsiz to'qnashuvlar ro'y berib turar edi. Ayniqsa, Turk qog'onoti bi- lan sosoniylar Eroni o'rtasidagi to'qnashuvlar o'ta shiddatli tusda yuz berar edi. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu hudud arab xalifaligi tomonidan bosib olindi. Bunga Movaroun- nahr hududida yashovchi xalqlar, ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy hamjihatlikning yo'qligi, o'zaro qirg'in-barotlarning avj olishi sa- bab bo'ldi. Movarounnahrga arab xalifaligi bilan birga Islom dini ham kirib keldi. Ushbu dinning nazariy asoslari musulmonlarning muqaddas kitobi bo'lmish Qur'on va Hadislarda aks etgan bo'lib, Islom asrlar davomida yurtimiz tarixi va xalqimiz tafakkuriga katta ta'sir ko'rsatgan. Bu haqda manbalar ko'p va biz shu sabab bu to'g'rida keng to'xtalmaymiz. Islom falsafasi va uning naza- riy hamda amaliy masalalari haqida ham yurtimizda manbalar bisyor. Islomda kalom ilmi shakllangan va u islom ilohiyotining o'ziga xos falsafiy ta'limotidir. U diniy aqidalarni asoslab berishda Qur'onga tayanadi va Ollohning haqligi, uni olamning yaratuv- chisi ekanligi, olam va insonning OUoh tomonidan yaratilgani va odamzodning Tangri oldida mas'ul ekanligini ta'kidlaydi. Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom vafotlaridan buyon o'tgan asrlar davomida Islomda turli mazhablar va oqimlar shakl- landi, kalom bilan yonma-yon ma'naviy jarayonlar silsilasida mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning (Arastu falsafasi va tabiatni o'rganishga ahd qilganlarning) falsafiy qarashlari ham namoyon bo'ldi. 38 Qadimgi Yunon falsafasi an'analarida siyosiy faoliyat va do- nishmandlik ko'p hollarda bir-biriga qarama-qarshi qo'yilgan bo'lsa, Islom fafsafasida siyosatga, aksincha, inson faoliyatining yuksak bir shakli sifatida qaraladi. Islomda davlatni boshqarish — bu san'at, ammo u «Olloh hammani teng qilib yaratgan» degan ijtimoiy adolat tamoyiliga amal qilmog'i zarur, ijtimoiy adolat esa teng huquqlilikka amal qilish tufayli barqaror bo'la oladi, deb hisoblanadi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling