Falsafa asoslari


Diniy bag'rikenglik va dunyoviy bffimlar takomili


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Diniy bag'rikenglik va dunyoviy bffimlar takomili. Musulmon 
Sharqi, jumladan islom joriy etilganidan keyin Vatanimiz hudu-
didan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar ijodida Olloh, in-
son va tabiat masalalari ilohiyot va dunyoviy falsafaning muhim 
muammolaridan biri bo'lib kelgan. Bironta buyuk alloma va mu-
tafakkir islomiy qadriyatlar mavzuini chetlab o'tmagan. 
Diniy ilmlar sohalarida imom Buxoriy, imom Termiziy, imom 
Moturidiy va imom Burxoniddin Marg'inoniylar peshqadamlik 
qilganlar. Imom Buxoriy (810—870-yillar) yirik ilohiyotchi, mu-
haddis sifatida 60 mingga yaqin hadis to'plagan, ulardan ishonchli 
deb topganlarini maxsus to'plam holiga keltirgan. Bu to'plam 
«Saxixi Buxoriy» nomi bilan mashhurdir. Imom iso Termiziydan 
(824—892) «Sunani Termiziy meros bo'lib qolgan. Bu mazhab-
ning muhim jihatlari kalom va ilohiyot sohalarining piri Abu 
Mansur Moturidiy (vafoti 944-y.)ning «Tavhid» va «Ta'vilot» asar-
larida va Burhoniddin al-Marg'inoniy (1123—1197)ning «Hidoya» 
to'plamida o'zining yorqin ifodasini topgan. 
Dunyoviy ilmlar sohasida Muhammad al-Xorazmiy (783—850) 
va Ahmad al-Farg'oniy (taxm. 797—865) butun musulmon Sharqi 
va jahonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli hissa qo'shgan 
buyuk allomalardir. Muhammad al-Xorazmiy arab xalifaligining 
poytaxti Bag'dodda «Donishmandlik maskani» («Bayt ul-hikma») 
ga rahbarlik qilgan. Uning «Astronomiya jadvali», «Hind hisobi 
to'g'risida risola», «Quyosh soati to'g'risida risola», «Musiqa haqida 
risola», «Tiklash va qarshi qo'yish hisobiga oid muxtasar kitob» 
kabi asarlarida algebra sohasiga asos solindi. 
Sharq xalqlari orasida «Buyuk matematik» unvoniga sazovor 
bo'lgan Ahmad al-Farg'oniy (taxm. 798-y.da Quvada tug'ilgan) 
39 


astronomiya va matematika sohalarida nom taratdi. Uning 
«Samoviy jismlar harakati va yulduzlar fanining majmuasi haqida 
kitob», «Astronomiya asoslari» asarlarida koinot xaritasi tuzil-
di. Yer va fazoviy sayyoralar hajmi, iqlimlar, jo'g'rofiy kenglik-
lar to'g'risida kuzatuvchilar orqali asoslangan yangi ma'lumotlar 
berilgan, ilm-fanning yangi yo'nalishlariga asos solingan. Qo'lga 
kiritilgan ma'lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda hissiy va 
aqliy mushohada mushtarakligi allomaga xos xususiyatlar sifatida 
dunyoqarashni shakllantirishning muhim omillari bo'lib keldi va 
undan keyin yashagan ilm ahliga ta'siri sezilib turdi. 
Falsafa, tabiatshunoslik va tibbiyot tarixini Forobiy, Beruniy 
va Ibn Sinosiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Abu Nasr Forobiy (873— 
950) — musulmon Sharqida Arastudan keyin «ikkinchi ustoz» 
unvoniga muyassar bo'lgan yirik mutafakkir va alloma. Uning 
qalamiga 160 dan ziyod asar mansub bo'lib, ular asosan qadimgi 
yunon olimlari asarlaridagi tabiiy-ilmiy va falsafiy muammolar 
sharhlash hamda bu sohalarning dolzarb masalalarini tahlil qi-
lishga bag'ishlangan. Mutafakkir olamni ikki ko'rinishda: «Vu-
judi vojib» (Olloh) va «Vujudi mumkin» (barcha moddiy va ruhiy 
narsalar) misolida talqin qiladi, barcha narsalar «vujudi vojib» 
tufayli yashash huquqiga ega bo'ladi. Ular o'zaro bir-biri bilan sa-
babiy tarzda bog'lanadi. Sababsiz oqibat bo'lmaganidek, oqibatsiz 
sabab ham bo'lmaydi, deydi Forobiy. Olam sifat, miqdor, javhar, 
aksidensiya (muhim bo'lmagan xossa), imkoniyat, zaruriyat va 
tasodifiyat, makon va zamon, harakat va rivojlanish kabi tushun-
chalarda ifodalanadi. Bilish jarayoni aql va sezgilar orqali yu-
zaga keladi. Bilishda aql va mantiq ilmining maqomi beqiyosdir. 
Aql vositasida inson ilm-fanni yaratadi. Mutafakkir o'z asarlarida 
komil inson, fozil fuqaro, odil hukmdor, baxt-saodat, unga eri-
shish yo'llari, davlatning xususiyatlari, axloqiy va aqliy tarbiya, 
ijtimoiy istiqbol to'g'risida ilg'or g'oyalarni ilgari surgan. Foro-
biyning Sharq xalqlari falsafiy tafakkuri rivojiga bo'lgan ta'siri 
sezilarli bo'lgan. 
Abu Rayhon Beruniy (973—1048) deyarli barcha fan sohalari-
da ijod etgan buyuk qomusiy alloma va mashhur mutafakkirdir. 
U yaratgan 152 ta asardan 28 tasi bizgacha yetib kelgan. Uning 
40 


tabiatni o'rganishdagi xizmati kattadir. Alloma jismlarning o'zaro 
tortishuvi, Quyosh va Oyning tutilishi, zarra, inersiya va sun'iy 
tanlanish, rivojlanish anomaliyasi, Yer qa'rida ro'y beradigan 
geotektonik siljishlar, Yer qiyofasining tadrijiy tarzda o'zgarib 
turishi, xilma-xil olamlar to'g'risida ilmiy bashoratlarni ilgari 
surgan. Uning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy qarashlari ta'sirida 
shakllandi. U modda va zamon, qonuniyat, zaruriyat va tasodifi-
yat, harakat va rivojlanish, ziddiyat, sabab va oqibat kabi falsafiy 
muammolarga katta e'tibor bergan. 
Beruniyning asarlarida bilish masalalari muhim maqomga 
egadir. Bilishga bo'lgan qiziqishning ikkita sababi bor. Birin-
chidan, bu o'ziga xos lazzatdir. Ikkinchidan, bilishdan maqsad 
odamlar ehtiyojlarini qondirishdir. Bilish sezgilar yetkazib bergan 
ma'lumotlardan boshlanadi. Ular bilishning yuqori bosqichi aqliy 
bilish uchun o'ziga xos ko'makchi va asos bo'lib xizmat qiladi. 
Bilimning chinligi kuzatuv va sinov-tajriba orqali belgilanadi. 
Ular tufayli ashyolarning muhim jihatlari o'rganiladi, ularning 
miqdoriy tomonlari aniqlanadi, bilish jarayonining samaradorligi 
oshib boradi. 
Beruniyga ko'ra, inson qiyofasi tabiat ta'sirining natijasidir. 
Uning ichki qiyofasiga kelsak, uni inson cheksiz sa'y-harakatlar 
oqibatida tubdan o'zgartirishi mumkin. Har bir kishi o'z xulq-
atvorining sohibidir. Jamiyat tadrijiy o'zgarishlar orqali rivojlanib 
boradi. Adolat, fuqaro uchun g'amxo'rlik, zulmni bartaraf etish, 
jamiyatni aql va adolat tug'i ostida boshqarish mutafakkirning 
idealidir. 
Abu AH ibn Sino (980-1037) buyuk alloma va mutafakkir. 
U Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilib, Hamadonda 
vafot etgan. Ibn Sinodan qolgan ma'naviy meros taxminan 280 
nomdan ziyodroqdir. Ular tibbiyot, falsafa, mantiq, psixologiya, 
axloq, musiqa, farmakologiya va boshqa sohalarga bag'ishlangan. 
Olimning «Shifo kitobi», «Tib qonunlari», «Bilimlar kitobi», «Ta-
biat durdonasi» kabi asarlari mashhurdir. Borliqni talqin etishda 
Ibn Sino Forobiy izidan borib, uni «vujuc.i vojib» va «vujudi 
mumkin»dan iborat, deb e'tirof etadi. «Vujudi vojib» birinchi sa-
bab vazifasini bajaradi. «Vujudi mumkin» esa uning oqibatidir. 
41 


Yaratilishi doimiy bo'lganligi uchun yaratilgan «vujudi mumkin» 
ham abadiydir. Olimning sababiyatga oid mulohazalari e'tiborga 
molikdir. Unga ko'ra, sabablar moddiy (muayyan holatni keltirib 
chiqaruvchi sabab), faol (muayyan holatni o'zgartiruvchi sabab), 
shakliy (turli xil quvvatlar bilan bog'langan sabab) va tugallov-
chi (barcha sabablarning pirovard maqsadi) sabablardan iborat-
dir. Ibn Sino Zakariyo ar-Roziy va Beruniy kabi jahon falsafiy 
tafakkuri tarixida birinchilardan bo'lib kuzatuv va tajribaga 
muhim e'tibor qaratdi. Masalan, alloma ular ko'magida xas-
taning holati, kelajakda kutilayotgan kayfiyati, dori-darmonlar 
tarkibi, inson va atrof-muhit o'zaro munosabati muammolarini 
hal etishga urindi. 
Xullas, Markaziy Osiyoda ilk o'rta asrlar davrida keng tar-
qalgan islom dini, islomiy ta'limotlar, tasavvuf falsafasi, imom 
Abu Hanifa, imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Moturidiy va 
imom Burxoniddin Marg'inoniylar g'oyalari, Muso al-Xorazmiy 
va Ahmad al-Farg'oniy tadqiqotlarida ilgari surilgan tabiiy-ilmiy 
g'oyalar, Forobiy, Beruniy va Ibn Sinoning tabiiy-ilmiy qarash-
lari, fandagi yangi yo'nalishlar birinchi galda musulmon Shar-
qi, qolaversa, butun jahon tabiiy-ilmiy va falsafiy tafakkurining 
ravnaqiga hayotbaxsh ta'sir ko'rsatdi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling