Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
ШШШШШШШШЯШИШШЯШШВШШШ
Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan siymolardan biri, ulug' o'zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Mir Alisher Navoiydir (1441—1501). Uning otasi G'iyosiddin kichkina Shahri- sabzdan Hirotga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hi- rotda Husayn Boyqaro saroyida turli lavozimlarda ishladi, 1472- yildan boshlab vazir etib tayinlandi. Mamlakat obodonchiligi, xalq ravnaqi va osoyishtaligi yo'lida ko'p ishlar qildi. Navoiy ijodi boy bo'lib, asarlari turli mavzularga bag'ishlangan. «Xamsa» ya'ni «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab'ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda «Xazoyin ul maoniy» («Ma'nolar xazinasi»), «Lison ut-tayr», «Majolis un nafois», «Mahbub ul qulub», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-lug'atayn» va boshqalar. Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bo'lib, unda jamiyat va inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil jamoa, ta'lim-tarbiya haqidagi fikr-o'ylari o'z ifodasini topgan. Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining muhim xususiyati shundan iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy tarzda, badiiy o'xshatish va ramziy iboralar yordamida, zohiriy va botiniy ma'nolarda bayon qilinadi. Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil in son g'oyasi muhim o'rinni egallaydi. Navoiyning yaxshilik, ezgu- lik, muhabbat, do'stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik va boshqa go'zal fazilatlar, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar to'g'risidagi qim- matli fikrlari, nasihatomuz so'zlari respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. O'sha davrning ko'zga ko'ringan mutafakkirlaridan biri Ka- moliddin Husayn Voiz Koshifiy (taxm. 1440/1450 — 1505-yillarda yashagan) bo'lib, O'rta Osiyo va Xurosonda axloq falsafasi rivo- jiga hissa qo'shgan. Koshifiy Sabzavor shahrida tavallud topadi, keyinchalik Abdurahmon Jomiyning taklifi bilan Xirotga ko'chib keladi. U qolgan umrini Hirotda o'tkazadi va shu yerda vafot etadi. Olimning muhim risolalari «Axloqi muxsiniy» «Futuvvatnomayi sultoniy», «Anvari Suxayli», «Maxzanul-insho», «Risolayi xotami- ya» va boshqalardir. Koshifiy katta olim va mudarris bo'lib yetisha- di, butun umrini ilm-fan va nasru-nazm ravnaqiga bag'ishlaydi. U 54 Navoiy va Jomiy bilan do'stona aloqada bo'ladi. «Mavlono Husayn Voiz Koshifiy taxallus qilur, sabzavorlikdur. Yigirma yilqa yaqin borkim, shahardadur va mavlono zufundun va rangin va purkor voqe' bo'lubtur. Oz fan bo'lg'aykim, daxli bo'lmag'ay. Xususan, va'z, insho va nujumki, aning haqqidur va har qaysida mashhur ishlari bor...» — degan edi Navoiy uning haqida. XV asrning oxiridan boshlab Temuriylar davlati sekin-asta inqirozga yuz tuta boshladi. Bunga temuriy shahzodalarining o'zaro urush-janjallari, tarqoqlikning kuchayishi, o'zaro nizolar, taxt uchun kurashlar natijasida mamlakatning bo'linib ketishi, iqtisodning tushkunlikka uchrashi sabab bo'ldi. Natijada Mova- rounnahr Shayboniyxon tomonidan bosib olindi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling