uzoq bo'lgan tushunchalarni esa taqqoslab bo'lmaydi. Aytish
mumkinki, ba'zi tushunchalar mazmuni va hajmiga ko'ra yaqin
bo'lsa, boshqalari uzoq bo'ladi.
Umumiy belgilarga ega bo'lgan, mazmuni va hajmi jihati-
dan bir-biriga yaqin turgan tushunchalarga
taqqoslanadigan tu
shunchalar deyiladi. Masalan, «kvadrat» va «romb», «muhandis»
va «olim» tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushuncha
lar hisoblanadi.
Bir-biri bilan uzoq aloqada bo'lgan, ko'p hollarda moddiy
yoki ideal bo'lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo'lmagan
predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalar
taqqoslanmaydigan
tushunchalardir. «Planeta» va «daraxt», «baxt» va «non» tu
shunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar hisoblanadi.
Taqqoslanmaydigan tushunchalarni taqqoslash albatta fikrning
xato bo'lishiga, noto'g'ri xulosalarga olib keladi. Noto'g'ri, xato
fikr xatti-harakatlarning ham noto'g'ri bo'lishiga sabab bo'ladi.
Masalan, «baxt» va «qimmatbaho taqinchoq» tushunchalari-
ni taqqoslab bo'lmaydi. Shuning uchun insonning baxtli yoki
baxtsiz bo'lishi uning qimmatbaho taqinchoqqa ega ekanligiga
bog'liq emas.
Mantiqda faqat taqqoslanadigan tushunchalar o'rtasidagi
mantiqiy munosabatlar o'rganiladi. Taqqoslanadigan tushuncha
lar hajm jihatidan sig'ishadigan va sig'ishmaydigan bo'ladi. Hajmi
umumiy elementlarga ega bo'lgan tushunchalar
sig'ishadigan tu
shunchalar bo'lib, ularning hajmi bir-biriga butunlay, to'laligicha
yoki qisman mos keladi. Ular o'rtasida uch xil munosabat mav-
jud: moslik, qisman moslik va bo'ysunish. .
Do'stlaringiz bilan baham: