Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

23 


щШШШ 
П М Н Я 1 
— mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar. 
O'zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga 
oshirish quyidagi muammolarning yechimini topishga bog'liq: 
— birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan 
tariximizni haqqoniy yoritish falsafiy g'oyalar, qarashlar tarixini 
ham xolis ko'rsatib berishni taqozo qiladi. O'z davrida qimmatli 
tarixiy manbalarning yo'q qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etil-
gani bu ishni qiyinlashtirmoqda; 
— ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekan-
ligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlar-
ning kamligi umuminsoniy ma'naviy merosdan bahramand 
bo'lish va ulardan ijodiy foydalanishga to'siq bo'lmoqda; 
— uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta 
g'oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy 
bo'shliqni yangi g'oyalar bilan to'ldirish, istiqlol mafkurasini 
shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirish bugungi falsafa masalalari 
bilan shug'ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda 
katta mas'uliyat yuklaydi. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga 
aloqador har bir yurtdoshimiz dunyoqarashining milliy man-
faatlarimiz nuqtayi nazaridan o'zgarishi nihoyatda muhimdir. 
Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan 
hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy ong-
ning shakllanishiga muayyan darajada ta'sir ko'rsatadi. 
Hozirgi davr falsafasining dolzarb masalalari va uni o'rganish 
vazifalari. Falsafiy tafakkur rivoji insoniyat taraqqiyoti bilan uz-
viy bog'liq jarayondir. Ma'lumki, hayotdagi voqea-hodisalarning 
barchasi ijtimoiy ongda aks etadi. Taraqqiyot jarayonida davrlar 
o'zgarishi bilan unga xos ma'naviy, huquqiy, siyosiy va falsafiy 
mezonlar ham shakllana boshlaydi. Ammo bu o'z-o'zidan yuz 
bermaydi. Ayniqsa, inson tafakkurining o'zgarishi, dunyoqarash-
ning yangicha tamoyillarga ega bo'lishi uzoq davom etadigan 
murakkab jarayondir. Bu hoi bizning kunlarimizda ham yaqqol 
namoyon bo'lmoqda. 
Hozirgi kunda jamiyatimizda istiqlol g'oyalariga asoslanadigan 
yangi dunyoqarashni shakllantirish asosiy vazifa bo'lib turibdi. Zero, 
24 


inson dunyoqarashini, uning asosiy tamoyillarini o'zgartirmasdan, 
yangi jamiyatni qurish qiyin. Istiqlol talablari darajasida falsafiy 
tafakkurni yangilash vazifalarini bajarish g'oyat murakkab bo'lib, 
quyidagi bir qator muammolarni hal qilishni taqozo etmoqda: 
— kishilar ongi va turmush tarzidan sobiq tuzumga xos 
g'ayriinsoniy tamoyillarni siqib cbiqarish; 
— O'zbekiston falsafasida jahon falsafiy tafakkuri yutuqlaridan 
yanada kengroq foydalanish; 
— bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish jarayonida 
nafaqat oddiy fuqaro, balki ziyoli va falsafa mutaxassislarining 
ongida hamon saqlanib kelayotgan loqaydlik va mutelik kabi kay-
fiyatlarga barham berish; 
— ma'naviy merosimizni qayta tiklash va ijodiy rivojlantirish 
jarayonida buyuk ajdodlarimiz falsafiy merosini yanada keng va 
chuqurroq o'rganish; 
— falsafiy adabiyotlarni milliy manfaatlarimizga yanada 
ko'proq moslash, qo'llanma va darsliklarimizda milliy g'oya va 
istiqlol mafkurasi tamoyillarini aks ettirish; 
— istiqlol talablariga mos keluvchi sog'lom g'oyali ma'naviy 
barkamol avlodni tarbiyalash zaruratiga mos tadqiqotlar olib boo-
rish, ular asosida ta'lim-tarbiyaning samarali usul va imkoniyat-
larini izlab topish; 
— jahon va Sharq xalqlari falsafiy merosini puxta va chuqur 
o'rganish, bu jarayonda turli g'oya va mafkuralarning davlatlar 
va xalqlar taqdiriga ta'sirini aniq ko'rsatish va shu asosda istiqlol 
mafkurasining tamoyillarini kishilar ongiga singdirish. 
Ana shu masalalarni uyg'un holda hal qilish falsafiy dunyoqa-
rashimizni yangilashga yordam beradi. 
Bunda, avvalo jamiyatning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy 
hayotida yuz beradigan ijobiy o'zgarishlar uni harakatlantiruv-
chi, taraqqiy ettiruvchi asosiy omil — inson tafakkuri, ruhiyati, 
his-tuyg'ulariga samarali ta'sir etadi. Shu bilan bog'liq ravish-
da, Vatan va xalq tarixi, ma'naviy-madaniy meros, ona tili, din, 
milliy turmush tarzi, milliy urf-odatlarni ya ngi davrning mohi-
yat-mazmunidan kelib chiqqan holda tiklash, boyitish va milliy 
g'urur-iftixorning yuksalishida juda ulkan o'rin tutadi. 
25 


Falsafiy dunyoqarashni yangilash zarurati bir qator 
yo'nalishlarda namoyon bo'ladi. 
1. Avvalo bu kelajagi buyuk davlatni barpo etish bilan bog'liq. 
Bunda ana shu yaratilajak yangi jamiyat haqida, bozor munosa-
batlariga bosqichma-bosqich o'tish jarayoni, yangi ijtimoiy-iqti-
sodiy munosabatlarning qaror topa borishi, islohotlarning inson 
manfaatlariga xizmat qilishi, milliy uyg'onish ijtimoiy taraqqiyot 
taqozosi, komil insonni voyaga yetkazish davr talabi ekani kabi 
dasturiy vazifalarning hayotiyligi to'g'risidagi g'oyalarni odamlar 
dunyoqarashida qaror toptirish zarur. 
2. Falsafiy ongning yangilanishi mohiyat e'tibori bilan fuqa-
rolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida iqtisodiy 
mustaqillikka erishish orqali siyosiy mustaqillikni mustahkam-
lash, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va aloqalarining o'sib 
borishi, tinchlik, osoyishtalik, milliy totuvlik, bahamjihatlik-
ka xizmat qiluvchi g'oyalarga tayanadi. Uning hayotiyligi xalq 
irodasiga, ruhiyatiga, milliy tuyg'ulari, orzu-intilishlariga mos-
ligi bilan belgilanadi. 
3. Albatta, falsafadagi yangilanish millat va Vatan manfaatlari, 
istiqbol rejalari, milliy qadriyatlarimiz ruhiga mos holda kechadi. 
Bu esa, o'z navbatida, yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayo-
ni, davlatimizning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy 
hayotidagi ijobiy o'zgarishlar to'g'risida xalqimizda to'g'ri tasav-
vur va tushunchalarni hosil qilib borish lozimligini ko'rsatadi. 
4. Falsafiy tafakkur yangilanishi taqozo etadigan eng muhim 
vazifa poklanish jarayoni odamlar ruhiyati va tafakkurida amaliy 
tus olishi uchun O'zbekiston Konstitutsiyasida mujassam etilgan 
maqsad va g'oyalarni amalga oshirish yo'lida xizmat qilishdir. Bu 
maqsad va g'oyalar omma manfaatlarini aks ettirgani bois ularni 
ma'naviy hayot tarzining tarkibiy qismiga aylantirish muhim aha-
miyatga ega. 
5. Mamlakatimiz mustaqilligi, tinchligi, uning fuqarolari totuv-
ligi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning qadriga yetish, 
jamiyatimiz hayot tarziga xavf solishi mumkin bo'lgan tahdidlarga 
qarshi ogohlikni kuchaytirishda falsafa va umuman, ijtimoiy fan-
laming ahamiyati beqiyos. Shu bois o'z xalqi tarixini, o'z mil-
26 


liy madaniyatini, urf-odat va an'analarini yaxshi biladigan, miUiy 
g'ururi yuksak avlodni tarbiyalash falsafaning muhim vazifasidir. 
6. Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi, mohiyat e'tiboriga 
ko'ra, insondan, uning ijtimoiy xususiyatlari takomillashuvidan 
chetda kechadigan jarayon emas. U nafaqat umumjamiyat miq-
yosidagi, balki har bir inson kamoloti uchun ham zarur shart-
sharoit yaratadigan jarayondir. Shu ma'noda, u ham, jamiyatdagi 
boshqa o'zgarishlar kabi, avvalo, inson uchun, uning kamoli va 
hayot farovonligini ta'minlaydigan islohotdir. 
Mamlakatimizda bu borada juda keng ko'lamli ishlar bosh-
lab yuborildi. Bugun ijtimoiy fanlar rivojini zamon talablari da-
rajasiga yetkazish borasida davlat va jamoat tashkilotlari, olim 
va ziyolilar oldida g'oyatda mas'uliyatli vazifalar turibdi. Birgina 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishning o'zi bir 
necha yillarga mo'ljallangan keng ko'lamli faoliyat yo'nalishlarini 
nazarda tutadi. Bugungi kunda siyosiy, mafkuraviy va ma'naviy 
sohalardagi taraqqiyot vazifalari o'zaro uyg'unlashib bormoqda, 
ta'sir doirasi ancha kengaymoqda. Ayniqsa, mafkura borasidagi 
nazariy faoliyat, targ'ibot va tashviqotni har tomonlama kuchay-
tirishga alohida ahamiyat berish zaruratga aylanib bormoqda. 
Galdagi vazifalar esa, ana shu imkoniyatlarni amaliy ishga aylan-
tirishda har birimiz o'z mas'ulligimizni qay darajada sezishimiz 
va qanday faoliyat yuritishimizga bog'liq. 
XXI asrga kelib, insoniyat g'oyat murakkab, olamshumul 
muammolar qarshisida turganligini anglay boshladi. Xususan, 
yadro urushi xavfi, keskinlashayotgan ekologik muammolar, xom-
ashyo va energetika resurslari, Yer shari aholisining shiddat bilan 
o'sib borayotgani, ularni oziq-ovqat bilan ta'minlash, sog'liqni 
saqlash, maorif va madaniyatni, fan-texnika va texnologiyani 
rivojlantirish muammolari yangicha tafakkurni taqozo qilmoqda. 
Bu masalani milliy va umuminsoniy falsafiy g'oyalarni, nazari-
yalarni ishlab chiqmasdan hal qilish mumkin emasligi esa tobora 
aniq bo'lib bormoqda. 
Falsafa ijtimoiy hayotda insonning mohiyati, yashashdan 
ko'zlagan maqsadi, oliy qadriyat ekani, ma'naviy omillari (ideal-
lari), borliqdagi o'rni, munosabatlari sabablari, ruhiy va mod-
27 


diy ehtiyojlarini qondirish usul va vositalari — barcha-barchasini 
ko'rsatib beradi. 
Jamiyat taraqqiyoti va falsafaning rivojlanishi dialektikasi ana 
shu xususiyatlarga asoslanib, o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi. 
Bir tomondan, jamiyatning o'zgarib borish tamoyili falsafiy 
g'oya, nazariya va ta'limotlar o'zgarishini taqozo qiladi. Ikkinchi 
tomondan, o'zgarayotgan falsafa jamiyat moddiy-ma'naviy ha-
yot tarzini ilg'ab olib, uning istiqbollarini belgilash, mafkurasini 
shakllantirishda nazariy, uslubiy asos bo'lib xizmat qiladi. Ay-
niqsa, mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o'tgan 
bugungi kunda kishilar tafakkuri va ongida saqlanib qolayotgan 
eskicha fikrlash qoliplarini bartaraf etish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarni rag'batlantirish, milliy o'zlikni anglash, istiqlol 
mafkurasini shakllantirishda shoshilmay, behuda his-hayajonlar-
ga berilmasdan, aql-zakovat bilan ish tutishda falsafaning o'rni va 
ahamiyati g'oyatda ulkandir. 
Falsafa har qanday murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vazi-
yatda ham kishilarni yuksak g'oyaviylik, mustahkam e'tiqod, ke-
lajakka ishonch ruhida tarbiyalash bilan birga, ularga murosa va 
hamkorlik qilish, chigal muammolarni ham umummilliy, umum-
insoniy manfaatlarni nazarda tutgan holda madaniy va ma'rifiy 
hal etish imkoniyatlarini topishga yordam beradi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling