Falsafa asoslari


Bahsda qo'llaniladigan hiylalar


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Bahsda qo'llaniladigan hiylalar: 
— yolg'on uyatga qo'yish (opponentning atrofdagilar oldida 
obro'si to'kilishidan xavotirlanishini bilib, undan foydalanish); 
— argumentlarni «yog'lash» (opponentga oshkora xushomad-
go'ylik qilish); 
— yosh, ma'lumot va mavqeni pesh qilish (masalan, avval dip-
lom oling, keyin gapiring); 
— gapni boshqa tomonga burish; 
— qat'iy ohangda so'zlash; 
— ataylab bahsni to'xtatish va boshqalar. 
253 


Fikrni asoslashda uchraydigan xatolar turli-tuman bo'lib, 
ulardan ba'zilarini ko'rib chiqamiz. 
Sofizm so'zi «ayyorlik», «soxta donolik» degan ma'nolarni 
bildiradi. Bunday ishlar bilan shug'ullanuvchilar, ya'ni rostni 
yolg'on, yolg'onni rost deb tasdiqlovchi, o'zini dono, boshqalarni 
esa nodon qilib ko'rsatuvchi kishilar sofistlar-safsatabozlar deb 
ataladi. Sofistlar chin fikrni xato, xato fikrni esa chin deb isbot-
lovchi kishilar bo'lib, o'z maqsadlarini amalga oshirishda o'ziga 
xos isbotlash usullaridan foydalanadilar. 
Forobiy «Falsafatu Aristutolis» nomli risolasida safsatabozlar 
qo'llaydigan quyidagi olti usulni ko'rsatadi: «1) tanbeh berish; 2) 
dovdiratish; 3) tuhmat qilish; 4) nutqda duduqlanishga majbur 
qilish; 5) bema'ni narsalardan foydalanish, safsata; 6) suhbat-
doshga so'z bermaslik». Sofistik muhokamalarga chalkashtirish, 
yanglishtirish, aldash, noto'g'rini to'g'ri, to'g'rini noto'g'ri deb 
bilish xosdir. 
Sofistik muhokamalar so'zlovchi va tinglovchi orasidagi fikr 
almashinish jarayonida, suhbat va bahs yuritishda qo'llaniladi. 
Bunday muhokamalardan maqsad suhbatdoshinihg yolg'on ga-
pirayotganligini ko'rsatish, uning fikrini yuzaki rad etgan holda, 
hamma tomonidan qabul qilingan fikrlarga nisbatan zid fikrga 
olib kelish, fikrini chalkash bayon qilishga va (suhbatdoshini) 
hadeb bir fikrni qayta takrorlashga (ezmalik qilishga) majbur 
etishdir. Sofistlar o'z maqsadlarini amalga oshirishda insonning 
ruhiy holatidan, tafakkurida o'rnashib qolgan fikrlaridan, odat-
laridan, Shuningdek biror g'oyaning tarafdori ekanligidan ustalik 
bilan foydalanadilar. Masalan, «Kal» sofizmi: 
— Agar odamning boshidan bir dona soch tolasi to'kilsa, u kal 
bo'ladimi? 
— Yo'q. 
— O'n dona to'kilsa-chi? 
— Kal bo'lmaydi. 
— Bittadan boshdagi hamma sochlar to'kilgandachi? 
— Unda kal bo'ladi. 
— Sen o'z so'zingga o'zing qarshi chiqayapsan. Hozirgina bitta 
sochi to'kilsa kal bo'lmaydi degan eding. Bu sofizmda bir dona 
254 


soch tolasining to'kilishi bilan bittadan hamma soch tolasining 
to'kilishi bir hodisa deb ko'rsatiladi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling