Falsafa asoslari


Etika va siyosatshunoslik


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Etika va siyosatshunoslik. Etikaning siyosatshunoslik bilan 
aloqasi, ayniqsa, o'ziga xos va murakkab. Chunki siyosiy kurash 
qarama-qarshi axloqiy qoidalar va talablar kurashlni taqozo etadi. 
Shaxsiy intilishlar bilan davlat va jamiyat manfaatlarining mos-
ligi, maqsadlar va vositalaming рок yoki nopokligi muammolari 
o'rtaga chiqadi. Lekin, aslida siyosat qay darajada axloqiylik kasb 
etsa, shunchalik u oqilona bo'ladi. Bu hozirgi kunda etika ham, 
siyosatshunoslik ham jiddiy tadqiq etadigan eng muhim umumiy 
muammolardan biridir. 
Etika va ekologiya. Keyingi paytlarda etikaning ekologiya bilan 
aloqasi tobora mustahkamlanib bormoqda. Tarixan etika ko'proq 
insonning o'zi, o'zgalar va jamiyat oldidagi majburiyatlarini tahlil 
etish bilan shug'ullangan, uning tabiatga bo'lgan munosabati 
diqqat markazidan chetda qolib kelgan. Lekin keyingi davrlarda, 
ayniqsa, XXI asrda tabiatga nisbatan tor manfaatparastlik doira-
sidagi yondashuvlar oqibatida paydo bo'lgan ekologik buhron 
manzarani o'zgartirdi. Endilikda global ekologik muammolar 
ko'proq odamlarning ijtimoiy-axloqiy nuqtayi nazarlariga bog'liq 
ekani ma'lum bo'lib qoldi. 
Shuningdek, etika fani uning nazariy asoslari bo'lmish me-
zoniy tushunchalar (muhabbat va nafrat, g'azab, rashk, yaxshilik 
va yomonlik, ezgulik va yovuzlik, adolat, burch, vijdon, nomus, 
ideal, hayotning ma'nosi), tamoyillar (insonparvarlik va erk-
parvarlik, vatanparvarlik va millatparvarlik, fidoyilik va ziyoli-
lik, mehnatsevarlik, tinchlikparvarlik, jo'mardlik, o'zbekchilik) 
hamda me'yorlar (halollik va rostgo'ylik, insoflilik, xushfe'llilik, 
shirinsuxanlik, kamtarinlik va bosiqlik) kabi etikaning tadqiqot 
obyektini aniq va keng qamrovli tasavvur qilishga yordam beradi. 
Gedonizm va evdemonizm talimotlari. Qadimgi davr axloq-
shunosligida paydo bo'lgan falsafiy-axloqiy ta'limotlardan biri 
gedonizm bo'lib, uning mohiyatiga ko'ra inson faqat jismoniy 
272 


rohatlanmasdan, ruhiy huzurlanish xususiyatiga egadir. Gedo-
nizm ta'limotining asoschisi Aristippdir (e.av. 435—355-y.y.). 
U Suqrotning zamondoshi bo'lib, insonning ruhiy holati ikki 
turda bo'lishini aniqlaydi. Birinchisi, inson rahining rohatlani-
shi bo'lsa, ikkinchisi noxush og'riqli holatidir. Insonning butun 
hayot mazmuni rohatlanishdan, huzurbaxshlikdan iborat, degan 
g'oyani ifoda etadigan tushuncha bu gedonizm (qad. yun. hedone 
— zavqlanish, rohatlanish)dir. Gedonizm ta'limotiga ko'ra, inson 
o'z hayotining tabiiy ehtiyoji, asosiy harakatlantiruvchi kuchi si-
fatida huzurbaxshlikka, rohat-farog'atga intiladi. Aristipp fikri-
cha, rohatlanish yengil, yoqimli va huzurbaxshlik bilan kechsa, 
ruhiyatnig noxush og'riqli holati esa azob va qiynoqlardan ibo-
ratdir. Aristipp fikricha, inson og'riqdan qochishi va iloji bori-
cha rohatlanishga intilishi oqibatida baxtga erishishi mumkin, 
jismoniy ehtiyojlarni qondirish esa inson hayotining mazmun-
mohiyatini tashkil etadi. Bu ta'limotga binoan, huzur-halovat, 
rohatlanish baxsh etmaydigan harakatga e'tibor qaratish va kuch 
sarflash arzimaydi. 
Gedonizmning psixologik talqinida insonni harakatga un-
dovchi asosiy kuch bu — zavqlanish va rohatlanishga intilish, 
deya e'tirof etiladi. Axloqiy gedonizmda esa, inson o'zining 
yoki o'zga kishilarning rohatlanishi uchun yashashi kerak, 
degan g'oyani targ'ib etuvchi turli xil falsafiy yondashuvlarni 
o'zida mujassamlashtirgan. Masalan, gedonizmni huzurbaxsh-
lik, rohatlanish sifatida targ'ib etuvchi yondashuvlardan biri-
ning asoschisi Epikur insonning yotsirashdan va jirkanishdan 
xalos bo'lishi bu — xohish-istaklarni qondirish, deya talqin 
etadi. Bu yondashuvda inson ehtiyojlarining qondirilishi emas, 
balki azob va baxtsizlikdan xalos bo'lish maqsadi ifoda etilgan. 
Inson hayotini gedonistik yondashuv asosida talqin qilish falsa-
fa tarixida markaziy masalalardan biri bo'lib kelgan va ko'plab 
faylasuf-mutafakkirlar ijodida o'ziga xos tarzda ifoda etilgan. 
Fransuz faylasufi I.Bentamning yozishicha, «Tabiat insonni ikki 
asosiy borliq: azob va rohat girdobiga tushirgan. Ular bugun 
biz nima qilishimiz va ertaga nima bilan shug'ullanishiniizni 
belgilab beradi. Hatto haqiqat va yolg'on, sabab va oqibat me-
273 


zonlari ham ana shu ikki asosiy negizga tayanadi». Gedonizm 
ta'limotida insonning mayl va ehtiyojlari jamiyatda o'rnatilgan 
ijtimoiy me'yorlarga qarama-qarshi qo'yiladi, inson erkinligini 
cheklovchi va uning o'ziga xos xususiyatlarini namoyish etishga 
to'sqinlik qiluvchi har qanday ijtimoiy shart va me'yorlar in-
kor etiladi. Ular faqat shaxsiy ehtiyojlarni qondirish hayotining 
mazmuni deb biladi va bu yo'lda mavjud ijtimoiy qonun-qoi-
dalarga bepisandlik bilan qarash, hatto ularni inkor etishgacha 
boradi. 
Evdemonizm (yun. yeudaimonia — baxt-saodat, rohat-farog'at) 
esa, baxt-saodat, rohat-farog'atni kishilar hayotining oliy maqsa-
di, deb hisoblaydigan axloqiy yo'nalish bo'lib, bu ibora etimologik 
jihatdan, birinchidan, qoniqish hissining subyektiv holatini, ik-
kinchidan, qoniqishga xizmat qiladigan obyektiv sharoit, ya'ni 
tashqi ne'matlarni anglatadi. Bu ikki jihat uzviy bog'liq bo'lsa-
da, ba'zan ular bir-biridan farq qilishi, masalan, barcha moddiy 
ne'matlarga ega odam baxtsiz bo'lishi va aksincha, qashshoq, ust-
boshi yupun inson o'zini baxtli his etishi mumkin. Evdemonizm 
yunon etikasining asosiy tamoyillaridan biri bo'lib, u Suqrotning 
shaxs ichki erkinligi, insonning tashqi dunyoga qaram emasligi 
to'g'risidagi g'oyasi bilan uzviy bog'liq. Evdemonizm baxt-sao-
datni jismoniy va ma'naviy huzur, lazzat bilan tenglashtirmaydi, 
balki uni keng ma'noda, barcha jismoniy va ma'naviy (ko'pincha 
fuqarolikka ham oid) qadriyatlarning majmuyi tarzida tushunadi. 
Bu ta'limotga ko'ra, o'z shaxsiyatida ana shu qadriyatlarni 
mujassamlantira olgan kishigina chinakam baxt-saodat sohibi-
dir, shunday baxtgina insonga haqiqiy lazzat, farog'at baxsh etadi. 
Qadimgi yunon allomalari Demokrit va Epikur evdemonizmning 
yorqin namoyandalaridir. Yunon mutafakkirlarining qarashlari-
da «baxt» tor, individual axloq doirasida (xususan, baxt inson 
ijodi bilan bevosita bog'liq holda) talqin etilgan bo'lsa, nasroniy 
axloqda baxt haqidagi axloqiy me'yor va tushunchalar ongdan 
tashqarida bo'lgan diniy tasavvurlar bilan bog'liqligi asoslanadi. 
Boshqacha aytganda, inson axloqi va ma'naviyatining mazmun-
mohiyatini belgilab beradigan chinakam baxtga qadr-qimmat va 
uning mahsuli bo'lgan baxt o'rtasida ziddiyat bo'lmagan dunyo-
274 


dagina erishish mumkin. Evdemonizm yo nalishi namoyandalari 
qarashlarida inson uchun eng buyuk ne'mat baxt sanaladi. Uning 
asosida yunon faylasufi Arastuning baxt haqidagi ta'limoti yota-
di. Uning fikricha, baxt bu «biz doimo uning o'zi uchun o'zini 
tanlaydigan, boshqa narsa uchun uni tanlamaydigan» axloqiy tu-
shunchadir
1
. O'rta asrlar tafakkurida evdemonizm (baxtga yeti-
shuv ta'limoti) akviniyalik Foma ta'limotiga yo'naltirilgan bo'lib, 
yuksak baxt Xudoni anglash va hayoti davomida Uni tan olmoqdir, 
degan g'oyani tasdiqlar edi. 
Evdemonizm yo'nalishidagi huzurbaxshlik ta'limotini yoq-
lovchilar Epikur, Gassendi, Lametri, Volter, Golbaxlar baxt va 
huzurbaxshlikni uyg'unlashtiradilar. Ammo gedonizmdan farq-
li o'laroq huzurbaxshlik bu yerda insonning axloqiy faoliyati 
bilan bevosita bog'lanadi. Misol uchun, Epikur nazdida yuk­
sak darajadagi huzur tuban jismoniy lazzatda emas, balki nafis 
ma'naviylikdadir. Faqatgina mutlaq sokinlik va ataraksiya hola-
tidagina inson haqiqiy baxt egasiga aylanadi. Yangi davrda evde­
monizm ko'plab faylasuflar tomonidan rivojlantirilgan. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling