Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Insonparvarlik — insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgi-
laydigan va barqaror etadigan g'oyalar, qarashlar va e'tiqodlar 
majmuyi, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo'lish huqu-
qini talab etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonchdir. 
Rostgo'ylik Insonning yuksak ijtimoiy maqomini belgilaydigan, 
bu boradagi diniy va dunyoviy, g'oyaviy-mafkuraviy, milliy va 
umumbashariy qarashlar, mezonlar, qadriyatlar va an'analar tizi-
mini ifodalovchi tushunchadir. 
Insonparvarlik — odamiylikdir. Uning tub mohiyati inson zoti-
ni hurmat qilish, qadr-qimmatini bilish hamda baxt-iqboli yo'lida 
doimo fidokorlik bilan kurashish va g'amxo'rlik ko'rsatishdan 
iboratdir. 
Insonparvarlik — odamzodning qadri, erkinligi, qobiliyatlari 
har tomonlama namoyon bo'lishi uchun kurashish, insonning 
baxt-saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotni ta'minlashdir. 
Chinakam insoniylik viqori kishida hamdo'stlik, hamkorlik, 
hamdardlik, hamjihatlik, adolatlilik, adolatparvar, tinchlik, to-
tuvlik, rahmdillik, ko'ngilchan, bag'rikenglik va boshqa yuksak 
ma'naviy komilliklarni jamlagandagina namoyon bo'ladi. 
284 


Erkparvarlik. Erkparvarlik insonning eng oliy huquqi - erkin, 
ozod yashash huquqini himoya qilishi bilan muhimdir. Erkpar-
varlik, avvalo, o'z millati, o'z vatani erki uchun, qolaversa, boshqa 
millatlar va vatanlar erki uchun kurashni hayotining maqsadi 
qilib qo'ygan insonlar tamoyilidir. 
Erkparvar inson qullikning, mutelikning har qanday ko'rinishini 
inkor etishi barobarida inson huquqlarining torn ma'nodagi jang-
chisiga ham aylanadi. Bu jangchi bir tomondan, har bir shaxsning 
so'z erkinligi, o'z fikrini erkin bayon qilishi, saylash huquqi, vij-
don erkinligi uchun kurashadi, ikkinchi tomondan, butun-butun 
millatlar erki masalasini o'rtaga tashlar ekan, malum ma'noda 
milliy ozodlik harakatlari uchun ham turtki beradi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling