Falsafa asoslari


Moddiy qadriyatlarning go'zalligi


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Moddiy qadriyatlarning go'zalligi. Har qanday nazariya amali-
yot bilan uyg'un bo'lsagina yashay oladi. Bu qoida go'zallik tu-
shunchasiga ham tegishli. Ma'lumki, estetik faoliyatning qator 
turlari amaliyot bilan chambarchas bogliq holda rivojlanadi. Ma-
salan, me'morlik o'zida ham moddiy, ham ma'naviy qadriyat-
larni aks ettiradi. Chinakam me'moriy obidaning go'zalligi faqat 
tashqi ko'rinishi bilangina emas, balki mexanika qonunlarining 
yangi materiallar bilan boyitilganligi, me'morlikning qadimiy 
an'analarini yangi ko'rinishlar orqali namoyon qilish natijasida 
yuzaga keladi. Me'moriy obida shahar o'z ko'rki va go'zalligini 
quyidagi estetik xususiyatlar orqali namoyon etadi, degan fikrga 
kelish mumkin: 
— shaharda qadimiy me'moriy obidalarning saqlanganligi va 
uning ko'rki; 
— binolarning aholi turmush tarzi uchun qulayligi va mos 
kelishi; 
— shaharda bunyod etilgan binolar, yo'llar xalq manfaati bilan 
muvofiqligi; 
— shaharning geografik jihatdan joylashuvi — suv va havosi-
ning musaffoligi, tabiiy manzaralarga boyligi. 
Insonning go'zalligi. Insondagi go'zallik aksariyat hollarda 
uning xulqi, odobi, axloqi va fazilatlari bilan belgilab kelinadi. 
Estetik tafakkur tarixida inson go'zalligi jism (tana) va ruhiyat 
masalalari bilan izohlangan. Bu boradagi fikr-mulohazalarning 
asosida insonning tashqi ko'rinishi hamda axloqiy fazilatlariga 
bo'lgan munosabat masalasi yotadi. Inson go'zalligiga bu tariqa 
yondashuvning muayyan sabablari bor. Birinchidan, go'zallikning 
inson shaklidagi ko'rinishida yagona, mutlaq va tugal timsol 
332 


mavjud emas. Ikkinchidan, insonlarning go'zallik haqidagi qa-
rashlari turlicha bo'lib, ular vaqt o'tishi bilan o'zgarib boradi, 
ya'ni nisbiylik tabiatiga ega. Kishilarning go'zallik haqidagi idea-
li ana shu o'zgarishlarning birlamchi sababidir. Odatda inson-
ning tashqi go'zalligiga nisbatan yuzaki munosabat bildiriladi; 
tashqi go'zallik shaxsning ehinakam «Men»ini namoyon qilishiga 
to'sqinlik qiluvchi, o'tkinchi hodisa sifatida qaraladi. Ammo, in-
son go'zalligiga nisbatan bunday yondashuv bahsli. Chunki, in-
sonning tashqi go'zalligi muayyan holatlarda shaxsning o'zigagina 
emas, balki boshqalarning faoliyatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. 
Insonning botiniy go'zalligi uning odob, xulq va axloqiy 
fazilatlari bilan belgilanadi. Bu nafosat ilmida xulqiy go'zallik 
deb ataladi. Inson xulqiy go'zalligining takomillashuvida axloq 
falsafasining muhabbat va ezgulik kabi tushunchalari asosiy me-
zon hisoblanadi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling