Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Estetik tarbiya omillari. Mahalla — estetik tarbiyaning muhim 
omili. Mahallaning shaxs estetik tarbiyasiga ta'siri nihoyatda 
katta. Chunki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo'lib, 
u bugun shaxsning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga, uning 
ijtimoiy-huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko'mak beruv-
chi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Mahalla 
shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta'sir ko'rsata olishi bilan 
boshqa omillardan ajralib turadi. Mahalla o'z oldiga qo'ygan ezgu 
maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan 
tarbiyalaydi. Chunonchi mahalla: 
— o'ziga qarashli hududning tozaligi, obodligi, ko'rkamligini 
hamda fuqarolarning hamjihatligini ta'minlashi; 
— turmush nafosati va muomala estetikasini shakllantirib, in-
sonlar qalbida ijobiy tuyg'ular, yaxshi orzularni namoyon ettirishi; 
— mahalliychilik va millatchilik singari salbiy holatlarga yo'l 
qo'ymasligi hamda qo'shnichilik madaniyatini kamol toptirishi; 
— san'at, madaniyat, ma'rifat arboblari, ilm ahllari ishtirokida 
bo'ladigan rang-barang mavzulardagi ma'ruzalarni, suhbatlarni 
uyushtira olishi; 
— isrofgarchilikka, dabdababozlikka yo'l qo'ymagan holda 
urf-odatlar, an'analar, marosimlar, tantanali shodiyonalarni tar-
tibli, chiroyli o'tishini ta'minlashi va hokazo shu kabilar bilan 
inson estetik tafakkurini shakllantirishda muhim maskan bo'lib 
hisoblanadi. 
359 


Estetik tarbiyaga ta'sir о tkazuvchi global tahdidlar. Milliy 
ma'naviyatga ta'sir o'tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda este­
tik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Bu esa ij-
timoiy-ma'naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli 
yo'naltirishni taqozo etmoqda. 
Internet. Bugungi kunda estetika niqobi ostida turli xil 
ko'rinishdagi «yengil hayot tarzi», «musaffo tuyg'ular», «huzurbaxsh 
axloq», «maftunkor ko'rinish», «yangi imidj»ni targ'ib qiluvchi 
tarmoqlar estetik tarbiyaga jiddiy xavf solmoqda. Bunday tahdid­
lar odatda, insonning tashqi va ichki ko'rinishidagi mutanosiblikni 
buzishga qaratilganligida ko'rinadi. Bu avvalo, insonning fahmi, 
farosati va didiga jiddiy zarar yetkazadi. Natijada didsizlik va faro-
satsizlik odamning asl qiyofasini bilishga, uning niyatini anglashga 
qolaversa, ma'naviy to'poslikka olib keladi. Zero, har qanday chi-
royli ko'ringan narsa ham inson manfaatiga xizmat qilavermaydi. 
Inson ruhiyatiga ta'sir etish ham estetik tarbiyaga tahdidning 
ko'rinishlaridandir. Bu ong osti hodisasi orqali namoyon bo'ladi. 
Bular: 
Sezgilar. Ya'ni, 5 ta sezgi ilg'amagan narsani ong osti ilg'ash 
qobiliyatiga ega. Uzluksiz jarayonni tuyg'ular xotiraga uzluksiz 
yozadi. Ammo biz ularning hammasini ajrata olmaymiz. 
Kuzatish. Bunga reklama mahsulotlari va uning estetik tabia-
tini misol qilish mumkin. Mahsulotga bo'lgan qiziqish reklamada 
ko'rsatilgan shaxsga ixlos tufayli ortadi. 
Tashviqot. Ongosti tashviqotga tabiiy holda eshitilmaydigan 
ovozlar orqali ta'sir qiladi. Supermarket, kafe-bar, bozor hamda 
ko'ngilochar maskanlarda qo'yiladigan musiqalarda ham xaridor-
larni chorlash maqsadi ko'zlanadi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling