Falsafa asoslari


Voqelikka estetik munosabatning milliy va umumbashariy aha-


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Voqelikka estetik munosabatning milliy va umumbashariy aha-
miyati. Nafosat olamining obyektiv va subyektiv tomonlari mav-
369 


jud bo'lib, unda odamlarning voqelikka estetik munosabatda 
bo'lish jarayonida yaratilgan «ikkinchi tabiat», ishlab chiqarish 
texnologiyasi, turmush tarzi, oila, bog'cha, ta'lim-tarbiya muas-
sasalari obyektiv omil hisoblanib, shaxs va uning his-tuyg'usi, 
didi, tasavvur va xayollari subyektiv tomonlarni tashkil qiladi. 
Nafosat olamidagi ana shu obyektivlik va subyektivlik estetik qad-
riyatlarning vujudga kelishi, rivojlanishi, ahamiyatini belgilab be-
radi. O'zbekiston demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati 
qurishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Ushbu maqsadga eri-
shishning asosiy omillaridan biri — bu xalqimiz qalbi va ongida 
yuksak milliy va umuminsoniy qadriyatlarga mehr-muhabbatni 
kuchaytirish, axloqiy va diniy qadriyatlarni estetik tuyg'ular, 
kechinmalar va tasavvurlar bilan uyg'unlashtirishdan iboratdir. 
Umuminsoniy, milliy va shaxsiy qadriyatlar negizida qurilgan 
ma'naviy-ma'rifiy-madaniy hayot har bir shaxsning o'zligini ang-
lab, umumbashariy va milliy ma'naviy merosni o'rganib, olijanob 
fazilatlar asosida o'z hayotini tashkil etishni taqozo etadi. Mil-
liy ma'naviyat — bu muayyan millatning tarixiy o'tmishi, dini 
ijtimoiy-ma'naviy qadriyatlar tizimi hamda dunyoqarashining 
ifodasi. Unda milliy urf-odatlar, an'analar, moddiy-madaniy me-
ros, tarixiy yodgorliklar muhim ahamiyat kasb etadi. Umumin-
soniy ma'naviyat esa — barcha xalqlarga xos bo'lgan, ularning 
barcha ijtimoiy ideallarini aks ettiruvchi an'analar, g'oyalar, in-
tilishlar, maqsad-muddaolarni ifodalovchi qadriyatlar tizimidir. 
Bunday qadriyatlar biror-bir davlat, jamiyat, mafkura tomonidan 
yaratilmaydi, u barcha insonlarning orzu-umidini ifodalaydigan, 
ularga birdek manzur bo'lgan, yovuz g'oyalarga qarshi yagona 
kuch sifatida qaror topadigan qadriyatlar tizimidir. Tinchlik, 
erk, istiqlol, demokratiya kabi tushunchalar bashariyatning azaliy 
qadriyatlaridir. Voqelikka estetik munosabatni milliy va umum-
bashariy ahamiyati shaxs ma'naviyatining yuksak bo'lishi, uning 
umuminsoniy va milliy ma'naviyat bilan qanchalik mushtarakli-
giga bog'liq. 
Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli. Hozir-
gi zamon sivilizatsiyasi sanoat va texnika taraqqiyoti bilan 
bog'liqdir. Uni industrial sivilizatsiya yoki texnogen jamiyati 
370 



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling