Falsafa asoslari


«Ommaviy madaniyat»ning yoshlar estetik didiga ta'siri


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

«Ommaviy madaniyat»ning yoshlar estetik didiga ta'siri. XXI 
asr ommaviy madaniyati zamonaviy qiyofada go'yo rivojlangan 
madaniy dunyoga integratsiyalashish niqoblari ostida namoyon 
bo'lmoqda. Bu niqoblar ostidagi salbiy holatlar va ular shakl-
lantirishi mumkin bo'lgan illatlar bilan umuminsoniy qadri­
yatlar orasidagi keskin tafovutni anglay bilish zamon talabidir. 
Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasining Prezidenti 
Sh.Mirziyoyev: «Ammo farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi 
asrlar davomida sinovdan o'tgan, yuksak ma'naviyat manbayi 
bo'lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki biz uchun 
yot bo'lgan g'oyalarni yoshlarimiz ongiga singdirayotgan zararli 
axborotlar asosida shakllanishiga men mutlaqo qarshiman»
1
, — 
deb ta'kidlaydi. Ommaviy madaniyat eng avvalo, milliy estetik 
tarbiyaga zarba berib, jamiyatning g'oyaviy tizimini izdan chiqa-
rishi bilan xatarli hisoblanadi. Estetik tarbiya aynan shunday ho-
latga qarshi maqsad yo'lida yosh avlodni milliylikka zid bo'lmagan 
estetik ideal timsolida, yuksak didli qilib tarbiyalash bilan dolzarb 
vazifa bo'lib qolmoqda. «Ayniqsa, hozirgi murakkab va tahlikali 
1
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan 
quramiz. - Т.: O'zbekiston, 2017. -469 b. 
365 


zamonda milliy o'zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot va be-
gona bo'lgan turli xil xurujlar, yoshlarimizning ongi va qalbini 
egallashga qaratilgan g'arazli intilishlar tobora kuchayib borayot-
gani barchamizni yanada hushyor va ogoh bo'lishga da'vat eti-
shi tabiiydir. Shu sababli yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzi 
tamoyillarini qaror toptirish, ularni giyohvandlik, axloqsizlik, 
chetdan kirib kelayotgan har xil zararli ta'sirlardan, «ommaviy 
madaniyat» niqobi ostidagi tahdid va xatarlardan asrash masa-
lalari bir zum ham e'tiborimizdan chetda qolmasligi darkor»
1

«Ommaviy madaniyat» illat sifatida haqiqat, go'zallik, ezgulik 
singari muqaddas tushunchalarni umumiste'molchilik ehtiyoji bi-
lan bog'lab, iste'mol va tovar sifatida xaridorgir bo'lishiga qaratil­
gan maqsadni targ'ib qiladi. Bu esa pirovardida «bozor adabiyoti», 
«bozor san'ati» degan ma'naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning 
«gullab-yashnashi» uchun imkon yaratadi. 
XX asrning 70-yillarida ko'plab sotsiologlar, faylasuflar, 
san'atshunoslar «ommaviy madaniyat»ning ijtimoiy taraqqiyotga, 
ayniqsa umummadaniy jarayonlarga ta'siri haqida bir qator tadqi-
qotlarni olib borgan edilar. Xususan, sotsiolog Ch.Reych o'zining 
«Gullayotgan Amerika» kitobida «Isyonkor yoshlar o'zlarining 
shaxsiy «madaniyat»larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning 
asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil etmoqda. Yosh 
«isyonkorlar» madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot bilan bog'liq fal-
safiy, axloqiy, estetik ahamiyatidan hamda muomala va muloqot 
madaniyatidan yuz o'girgan holda o'zlariga mos qadriyatlarni 
yaratmoqdalar va ularni himoya qilmoqdalar. Bu kabi «yangi 
odam» uchun mazkur qadriyatning asosi — bu o'zini mavjud 
tizimdan tashqarida his qilishga bo'lgan layoqatidir», — degan 
fikrni bayon etgan edi. 
«Ommaviy madaniyat»ning asl maqsadi har kuyga so-
lish mumkin bo'lgan olomonni shakllantirish bo'lgani bois, u 
ma'naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o'quvchini mushohadaga 
undab, tasavvur olamining kengayishiga xizmat qiladigan asar-
1
Karimov LA. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat 
qilish - eng oliy saodatdir. - Т.: O'zbekiston, 2015. - B. 267-268. 
366 


larni yaqmiga yo latmaydi. Shuning uchun «ommaviy madaniyat» 
namunalari badiiy-estetik qimmatga ega emas. Demak, bugun 
estetikaning zamonaviy muammolari inson—tabiat, inson—inson, 
inson—texnika bilan bog'liq bo'lib, 
— ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat obyektlari 
xilma-xilligini saqlab qolish va ko'paytirish; 
— tabiat obyektlari bilan bog'liq madaniy merosni asrab qolish 
va avlodlarga yetkazish; 
— inson o'zini «go'zallashtirishi» orqali o'zligini yo'qotishi va 
millat (qiyofasiga) genofondiga zarar yetkazishini anglashi; 
— insonning texnikaga va atrof-muhitga munosabati, «omma­
viy madaniyat»ning har qanday ko'rinishiga hamda «fetish esteti-
ka» va «bozor san'ati» kabi tahdidlar e'tibordan chetda qolmasligi 
lozim. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling