Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

88 




ma'naviy birlikda, jahon xalqlarining yagona dinni qabul qilish-
larida,; deb hisoblaydi. 
Umuman olganda, hozirgi pay tda jamiyat taraqqiyotining sivi-
lizatsion konsepsiyasi ko'pchilik faylasuflar tomonidan tan olin-
moqda. Xususan, industrial va postindustrial jamiyat g'oyalari, 
ayniqsa, ommaviylashib bormoqda. Unga ko'ra, jamiyat taraqqi-
yotining bosh mezoni — sanoatning rivojlanish darajasidir. 
Shunday qilib, XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib rang-
barang falsafiy ta'limotlar shakllandi. Ularning barchasini maz-
kur mavzuda ko'rib chiqish imkoniyati bo'lmasa-da, yuqorida 
bayon etilgan ma'lumotlardan falsafiy plyuralizm haqida, falsafa 
zamon va makon bilan bog'liq murakkab fan ekanligi to'g'risida 
muayyan xulosaga kelish mumkin. Bu sohadagi bilimlarimiz, o'z 
navbatida bizning milliy g'oya va mafkuramizni shakllantirishga, 
ma'naviyatimizning boyib, mustahkamlanib borishiga, intellek-
tual kamolotimizga xizmat qiladi. 
Tayanch tushunchalar: Rim imperiyasi, xristianlik dini, sxo-
lastika, apologetika, realizm, nominalizm, uyg'onish davri falsa-
fasi, ingliz falsafasi, fransuz falsafasi, nemis mumtoz falsafasi, XX 
asr falsafasi, tarix falsafasi. 
Takrorlash uchun savollar 
1. Rim imperiyasi va undan keyingi davr falsafasi. 
2. Xristianlik va Yevropada ijtimoiy tafakkur. 
3. Inkvizitsiya nima, uning oqibatlari haqida nimalarni bila-
siz? 
4. «Uyg'onish davri» tushunchasini qanday talqin etasiz? 
5. XX asr falsafasining asosiy oqim va yo'nalishlari. 
6. Hozirgi zamon falsafasini o'rganishning ahamiyati. 
4-mavzu. Borliq — falsafaning fundamental 
kategoriyasi 
Olam va odam munosabatlari. Siz bilan )iz yashayotgan shu 
dunyo o'zining barcha murakkabligi va muammolari, jozibador-
ligi va butun go'zalligi bilan yagona olamni tashkil etadi. Olam 
89 


tushunchasi, eng avvalo, odam va uning faoliyati kechadigan ma-
konni aks ettiradi. Agar odam bo'lmaganida edi, bu olam haqida-
gi tasavvurlar ham bo'lmas edi. Demak, olam odam bilan maz-
mundordir. Olam uni tashkil etuvchi narsalar bilan birgalikda 
namoyon bo'ladi. Hech narsasi yo'q olam yo'qlikdir. U mavhum 
tushuncha, ya'ni abstraksiyadir. 
Qadimgi davrlardan buyon odam o'zini anglagach, olamning 
tarkibiy qismi ekanligini tushuna boshladi. Dastlab, uning hayotini 
ta'minlovchi tirikchilik vositalarining ahamiyatini tushunib yetdi 
va ularni e'zozlash, avaylab-asrash tuyg'usi shakllana boshladi. 
Shu tufayli, olam asosida yotuvchi to'rt elemental: havoni, 
suvni, tuproqni va olovni muqaddaslashtirish singari g'oyalar vu-
judga keldi hamda olam to'g'risidagi sodda kosmologik qarashlar 
paydo bo'lgan. 
Olam, eng avvalo, tor ma'noda bu odam yashaydigan joy. Asli-
da odamzod va hayvonot olami, o'simlik va hasharotlar dunyosi, 
jismoniy, ruhiy, ma'naviy olam va boshqa shu singari ko'plab tu-
shunchalar bor. Ular dunyoda mavjud bo'lgan narsa va hodisa-
lar nomi bilan ataladi. Masalan, odamning ruhiy olami uning 
bilim, tajriba va xayolotini o'z ichiga oluvchi o'ta keng qamrov-
li tushunchadir. Bunda biz olam odam yashaydigan joy, degan 
ma'noga qaraganda yanada kengroq mazmunga ega bo'lamiz. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling