Falsafa asoslari


Alohidalik, xususiylik, umumiylik


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Alohidalik, xususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalar-
ning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini 
konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik — olamdagi alohi-
da, individual tarzda namoyon bo'layotgan narsa-hodisalarning 
turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlar-
ning mushtaraklashgan holda namoyon bo'lishidir. Alohidalik 
va umumiylik o'rtasidagi bog'lanish, aloqadorlik va munosa-
bat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, 
bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning 
mantiqiy ifodasi konkretlik bo'lib hisoblanadi. Ikkinchidan, 
«alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalarning 
makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil 
mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bo'lishi mumkin. 
Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon 
bo'lish shaklidir. 
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini alo-
hidalikdan xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka o'tish 
tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. Vaholanki, fal-
safiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday alohida-
likning individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan ibo-
ratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o'tish jamiyat 
taraqqiyotining umumiy qonuniyati bo'lsa ham, bu jarayon turli 
ijtimoiy-tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun o'ziga 
xos bo'lgan modelni taqozo qiladi. Alohidalikning umumiylikdan 
farqini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini qo'llash bo-
zor strategiyasi va taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga 
yordam beradi. 
Alohidalik yoki, ba'zi falsafiy adabiyotlarda ko'rsatilganidek, 
yakkalikni muayyan xossa hamda xususiyatga ega bo'lgan narsa 
va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan konkret 
holati, boshqacha qilib aytganda, har qanday hodisa va narsa-
ning ichki sifat muayyanligi, individualligi deyish mumkin. 
Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muay-
yan turg'unlikka ega bo'lgan birlik sifatida qaralgan (Aflotun, 
124 


Arastu). Hegel, alohidalikni voqealarning zaruriy shakli, makon 
va zamondagi tafovutlarning namoyon bo'lish momenti sifatida 
qaraydi. 
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida alohida-
likning umumiylikdan farqini mutlaqlashtirish natijasida muay-
yan qarashlar vujudga kelishi mumkin (bu haqda «Osiyotsen-
trizm» va «Yevropatsentrizm» to'g'risida eslash kifoya). 
Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy rivojla-
nishida muayyan ichki birlik mavjud bo'lib, madaniyat tarixida har 
bir xalq, millat o'z o'rni va ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning 
uchun umuminsoniyat sivilizatsiyasi tarkibidagi milliy madani-
yatni mutlaqlashtirish, muayyan siyosiy manfaatlarga asoslangan 
bo'lib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan boshqa narsa 
emas. Bu XX asrning 30-yillarida fashizm mafkurasini shakllan-
tirgan asosiy sabablardan biri edi. 
Alohidalikni, umumiy qonuniyatlar tarkibidagi, elementlar-
ning individual rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kerak. 
Chunki har qanday umumiylik, dastlab voqelikning alohidaligi 
tarzida vujudga keladi. Shunga ko'ra, har qanday sistema o'z 
tarkibidagi nisbatan yangi, alohida hodisalarning individual rivoj-
lanishisiz sodir bo'la olmaydi. Shunday qilib, alohidalik voqelik 
rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi. 
Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari 
o'rtasidagi bog'lanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon 
qilish bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham 
belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi 
alohidaliklar sistemasi tarzida namoyon bo'ladi. Bu sistemaga 
strukturali yondashish bilishning nisbatan to'laqonli bo'lishini 
ta'minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy 
mimosabatlari o'ziga xos bo'lgan yo'nalishlarini vujudga keltirgan. 
Ya'ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy, ekologik va boshqa shu 
kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat tarkibida «iqti-
sodiy madaniyat», «huquqiy madaniyat», «siyosiy madaniyat», 
«ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mi staqil yo'nalishlarga 
asos bo'lgan. Bu madaniyat yo'nalishlari nisbatan mustaqil bo'lsa 
ham, bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish 
125 


tendensiyasi umuminsoniyat sivilizatsiyasi manfaatlaridan kelib 
chiqqan bo'lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling