Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Mazmun va shakl. Falsafada mazmun va shakl kategoriyasi 
narsa, hodisalarning mavjudligi va rivojlanish jarayonini bi-
lish usuli sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazmun — narsa va 
hodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani tashkil qilgan 
elementlarning strukturaviy bog'lanishi bo'lib, uni boshqa siste-
malardan farqini belgilaydigan aloqadorliklar va munosabatlarini 
ifodalaydi. 
Shakl esa — sistemani tashkil qilgan elementlarning struk-
turaviy bog'lanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifo-
dalanishidir. Hozirgacha falsafiy adabiyotlarda mazmun va 
shakl o'rtasidagi bog'lanishlarni bir-biridan ajratib tahlil qilish 
an'anaviy xarakterga ega. Ya'ni, mazmunning o'zgarishi shakl-
ning o'zgarishiga olib keladi, degan xulosa ustuvor bo'lgan. Va-
holanki, sistemaning elementlari strukturaviy bog'lanishlarsiz, 
aloqadorliklarsiz mavjud bo'lishi mumkin bo'lmaganligidek 
mazmun va shakl ham bir-birisiz mavjud bo'la olmaydi. Biz 
faqat nisbatan mustaqil bo'lgan mazmun va shaklni bilish xu-
susiyatiga qarab, shunday mantiqiy xulosaga kelishimiz mumkin. 
Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakldagi har qanday juziy 
o'zgarish ham bir-biridagi o'zgarishlarni taqozo qiladi, faqatgi-
na biz ularni bilib olgan yoki bilmagan bo'lishimiz mumkin. 
Masalan, suvning agregat holati, shakli o'zgarishi bilan uning 
130 


mazmuni ham o'zgaradi. Ya'ni, suv bug' holatida chanqoqni 
qondirmaydi, o'simliklarni sug'orish uchun yaramaydi. Bundan 
tashqari, elementlarning strukturaviy bog'lanishlari sistema-
ning xarakterini belgilashidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, 
strukturaviy bog'lanishlar shakl sifatida sistemaning mazmunini 
ham belgilab turadi. Shunga ko'ra, shaklni mazmunga nisbatan 
«ikkilamchi» deyish noo'rindir. Bunga ijtimoiy hayotdan misol 
keltiradigan bo'lsak, demokratiya boshqarishning shakli sifatida 
jamiyatning mazmunini belgilab turadi. 
Falsafada mazmun va shakl kategoriyasini boshqa kategoriya-
lar tizimidan ajratib olib, nisbatan mustaqil tahlil qilganda, unga 
insonlarning muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida yonda-
shishlarini alohida e'tiborga olish kerak. Bu umuman mazmun va 
shaklning obyektiv xarakteriga putur yetkaza olmasa ham, ularni 
baholashdagi subyektiv, muqobil qarashlarda o'z ifodasini topadi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling