Falsafa asoslari


Davlatning jamiyat hayotidagi o'rni


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Davlatning jamiyat hayotidagi o'rni. Davlat — jamiyatni 
boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashga 
qaratilgan alohida muassasa. Davlat umuminsoniy qadriyat, in-
soniyat ma'naviy taraqqiyotining muhim yutug'idir. 
Jamiyat ma'naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy 
boshqarish shakl va usullari ham takomillashib boradi. O'zgargan 
tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga 
yangicha yondashish zarurati vujudga keladi. Mustaqillik yillari-
da rhilliy davlatchilik an'analarining tiklanishi bilan davlatning 
tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va 
ahamiyat kasb etdi. 
Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham 
faoliyat ko'rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat 
tashkilotlariga ajratish mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyo-
siy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli 
jamg'armalar, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi, ma-
halla qo'mitalari va boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan barcha islohotlar inson salohiyatini yanada yuk-
saltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qara-
tilgan. 
Demokratik jamiyat. Demokratik jamiyatni barpo etish — 
O'zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Bu jamiyat kishilar-
ning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asosla-
nadigan demokratik taraqqiyotning yuqori bosqichidir. Bunday 
jamiyat erkin uyushmalarning ko'p qirrali aloqasi bo'lib, davlat 
qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi 
151 


elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat 
va ixtiloflarni qonun doirasida o'zaro kelishuv, sabr-toqat va mu-
zokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir. 
Yurtimizda bunday jamiyatni barpo etish barkamol inson 
shaxsini shakllantirishni talab etadi. O'z navbatida, ma'naviy 
yetuk avlod jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shadi. Bu-
gun bizning bosh strategik maqsadimiz bozor iqtisodiyotiga asos-
langan, qonun ustuvorligiga tayangan, erkin, demokratik jami-
yat barpo etishdir. Undagi «erkinlik», «demokratiya», «qonun 
ustuvorligi» so'zlariga e'tibor qaratish kerak. Bu tushunchalar 
O'zbekiston qurayotgan jamiyatning qanday umuminsoniy ta-
moyillarga, qadriyatlarga asoslanishini ko'rsatadi. Shuning uchun 
ham mamlakatimizda yashaydigan barcha insonlar uchun mil-
lati, tili va dinidan qat'i nazar, munosib hayot sharoitini yaratib 
berish, rivojlangan demokratik davlatlar kabi kafolatlangan tur-
mush darajasi va erkinliklarini ta'minlash davlatimiz siyosatining 
falsafiy mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Bu — xalqimizning asriy 
an'analariga, insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga 
sodiq qolgan holda rivojlangan davlatlar tajribalaridan shuncha-
ki nusxa ko'chirmasdan, o'zimizga xos va o'zimizga mos yo'lni 
izchil davom ettirishni anglatadi. Bu jamiyat hayotini demokrat-
lashtirish va erkinlashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashti-
rish, mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat 
va jamiyat qurishni erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini 
oshirish, siyosiy hayotda haqiqiy ma'nodagi ko'p partiyaviylikni 
qaror toptirishni bildiradi. Bu mahalliy hokimiyat va fuqarolar-
ning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyat doirasini kengayti-
rish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich 
o'tkazib borish, nodavlat va jamoat tuzilmalarining huquq va 
mavqeini oshirishni ko'zda tutadi. 
O'zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi jarayonlarining 
huquqiy asosini O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida 
ko'ramiz. Konstitutsiya o'ziga xos falsafiy mazmunga ega bo'lib, 
unda O'zbekistonda qurilayotgan demokratik jamiyatning ustu-
vor maqsadlari, tamoyillari, inson huquq va erkinliklari o'zining 
yaqqol ifodasini topgan. 
152 


Mustaqillik mamlakatimizga jahon sivilizatsiyasining eshigini 
ochdi, uning teng huquqli a'zosi bo'lish va dunyodagi eng rivojlan-
gan davlatlar qatoridan munosib o'rin egallash imkonini yaratdi. 
Bugungi kunda xalqimizning ana shu yo'lda amalga oshirayotgan 
ulkan bunyodkorlik faoliyati sivilizatsiyalashgan mamlakatlarga 
xos hayot tarzini shakllantirishga qaratilgan. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling