Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

61 


• 
inqilobi», «Ikki sevgi» va boshqa dramatik asarlar yozib, o'zbek 
teatri va dramaturgiyasi rivojiga munosib hissa qo'shdi. 
Jadidchilik harakatining yana bir yorqin vakili Abdurauf Fitrat 
(1884-1939) bo'lib, ilmning ko'p sohalarida ijod qilgan muta-
fakkirdir. Olim «Sayxa» («Bong»), «Hind sayyohining qissasi», 
«Uchqun» to'plami, «Chin sevish», «Hind ixtilochilari», «O'zbek 
tili grammatikasi», «Chig'atoy adabiyoti» va boshqa ko'plab asar-
lar yozdi. Fitratning asarlarida xalqni jaholat va nodonlikdan 
qutqazish, ilm-ma'rifatga chorlash, milliy mustaqillikka erishish, 
xalqning o'zligini tanishi, ongining o'sishi, kuchli va rivojlangan 
davlat tuzish, xalqning bilimdon bo'lib, tijorat va tadbirkorlik bilan 
shug'ullanishi, Yevropaning fan va texnika yutuqlarini o'rganish 
kabi g'oyalar ilgari suriladi. Uning yuqoridagi millatparvarlik va 
vatanparvarlik ruhi bilan sug'orilgan g'oyalari hozir ham tadbir-
korlik, ma'naviyat va ma'rifatni ravnaq toptirishda, milliy g'oya va 
mafkurani shakllantirishda, xalqning o'zligini anglashida muhim 
ahamiyatga ega. 
Xullas, O'zbekiston hududidagi ijtimoiy-falsafiy fikr tarixini 
qisqa yoritish shundan dalolat beradiki, u bizning davrimizgacha 
uzluksiz ravishda madaniyat, inson tafakkuri va aql-zakovati-
ning yuksalishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Lekin musta-
bid tuzum davrida ijtimoiy-falsafiy fikr tarixiga bir tomonlama, 
sinfiy nuqtayi nazardan yondashildi, faqat kommunistik partiya 
mafkurasi talablariga to'g'ri keladigan g'oya va fikrlarga e'tibor 
berildi. 1917-yildagi Oktyabr to'ntarishidan so'ng asta-sekin 
o'tmish ma'naviyati, falsafiy fikri o'rnini markscha-lenincha 
mafkura egallay boshladi. Oliy o'quv yurtlari, keng xalq ommasi 
orasida dialektik va tarixiy materializm va ilmiy ateizm targ'ib 
qilindi, ularga to'g'ri kelmaydigan ta'limotlar qattiq tanqid ostiga 
olindi. Eng achinarlisi shuki, o'z milliy madaniyati, urf-odati va 
an'analariga sodiq bo'lgan, ularni saqlab qolishga intilgan ziyoli-
lar, shoir va yozuvchilar quvg'inga uchrab, qatag'on qilindi. 
Lekin yuqoridan bo'lgan tazyiqlarga qaramay, madaniy-
ma'naviy va ijtimoiy-falsafiy merosimizni o'rganish, tadqiq qi-
lish tamoman to'xtab qolmadi. 60—70-yillarda I.M. Mo'minov, 
V.Zohidov, keyinroq esa, O. Fayzullayev, E.Yusupov, 
62 


M.Xayrullayev, J.Tulenov, H.Po'latov kabi d WW Kail 
falsafiy tadqiqotlari o'sha davr tafakkurini ak %^l etgan. 
yatga ega bo'ldi. p/\ '
ч
£
ш 
O'zbekistonning mustaqillikka erishuvi fall > °^' 
xolisona, haqqoniy va yangicha tafakkur asos 
uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Endigi vazifa 
ning asoratlarini bartaraf qilib, milliy mafkuramL 
ma'naviy va madaniy qadriyatlarni, ijtimoiy falsai ,^ ca-
rixini chuqur va har tomonlama o'rganishdan ibor^«air:^ 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling