Falsafa asoslari


Falsafada milliylik va umuminsoniylik, milliy falsafani rivoj-


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Falsafada milliylik va umuminsoniylik, milliy falsafani rivoj-
lantirish zarurligi. Falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga 
doir umumiy muammolarni qamrab oladi, albatta. Ma'lumki, 
olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni 
mazmunli o'tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan 
bog'liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo 
falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham 
o'z ifodasini topadi. Aslida, yuqorida zikr etilgan umuminsoniy 
mavzu, masala va muammolarning barchasi avval-boshda xu-
susiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida 
namoyon bo'ladi. O'z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini 
sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun 
qayg'uradi, ularni o'ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb 
biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar 
albatta aks etadi. Bu esa, o'z navbatida, umuminsoniy fan bo'lgan 
falsafada milliylikning aks etishiga asos bo'ladi. Umuminsoniylik 
— vatansizlik (kosmopolitizm) bo'lmagani singari, milliylik ham 
— milliy qobiqqa o'ralish, milliy mahdudlik degani emas. 
Lekin sizning xayolingizda beixtiyor «Milliy falsafa bo'lishi 
mumkinmi? Axir, yuqorida falsafaga o'z mohiyati bilan umum-
19 


insoniy fandir, degan ta'rif berildi-ku?» — degan savollar charx 
urishi mumkin. Bu — o'ziga xos milliy taraqqiyot yo'lidan keta-
yotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo'lgan savollardir. 
Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfaat-
larimiz nuqtayi nazaridan qaraydigan bo'lsak, O'zbekistonda bu 
yo'nalishni rivojlantirish zarurati yetilganini anglaymiz. 
Falsafiy adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikrlar 
mavjud. Ayrim faylasuflar, aslida milliy falsafa bo'lishi mumkin 
emas, bunday yondashuvning o'zi etnik mahdudlikka olib keladi, 
deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki, milliy falsafa milliy 
g'oya va mafkurani shakllantirishnig nazariy asosi ekan, har qan-
day umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy 
zamonda xususiy holda namoyon bo'ladi, deya milliy falsafani 
yoqlab chiqadi. 
Biz millat bor ekan, milliy madaniyat, til va adabiyot ham 
mavjud degan fikrga o'rganib qolganmiz. Aslida, ularning 
barchasi nafaqat bir millatga, balki butun insoniyatga xos-ku! 
Bizning nazarimizda, milliy falsafa millat mentalitetini bel-
gilaydigan muhim omildir. Umumbashariy sivilizatsiyaga uzviy 
qo'shilish jarayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir bo'ladi. 
Eng muhimi — falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad qilish 
evaziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi. 
Falsafa tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ayrim milliy fal-
safalarning umuminsoniy ma'naviyat xazinasiga munosib hissa 
bo'lib qo'shilganini ko'ramiz. Masalan, Rim imperiyasi zavolga 
yuz tutganidan keyin o'z milliy davlatchiligiga ega bo'lgan Yev-
ropa mamlakatlarida, o'rta asrlarga kelib, milliy falsafa yaratish 
imkoni tug'ildi. (O'rta asr Yevropa madaniyatiga bag'ishlangan 
mavzuda bu haqda atroflicha fikr yuritamiz). To'g'ri, ular 
umumyevropa hududida, qadimgi Yunoniston va Rim madaniyati 
negizida shakllandi. Ularda Yevropa xalqlariga xos umumiy jihat 
va xususiyatlar, umumetnik mentalitet aks etgan edi. Bu jarayon 
avvalo, Italiya va Angliyada, so'ngra Fransiyada yuz berdi. Bu 
falsafiy maktablarning F. Bekon va R. Dekart, B. Spinoza va 
JJ. Russo kabi atoqli namoyandalari nafaqat o'z mamlakatlari, 
balki Yevropa va jahon falsafasi tarixida o'chmas nom qoldirdi. 
20 


Ular, awalambor, o'z yurti, o'z millati sha'nu sharafini yuksak-
likka ko'tarish, taraqqiyotga olib chiqish uchun ilg'or g'oyalarni 
o'rtaga tashlagan, davr taqozo etgan mafkuraning shakllanishiga 
hissa qo'shgan. 
Xuddi shunday, XVIII-XIX asrlarda milliylik va jahon fal-
safasining taraqqiyotiga nihoyatda katta ta'sir ko'rsatgan hudud 
Prussiya bo'ldi. Uzoq vaqt Avstriya-Vengriya imperiyasi tarki-
bida bo'lgan bu o'lka mustaqillikka erishib, milliy davlatchiligini 
tiklaganidan keyin, milliy ozodlikning falsafiy in'ikosi o'laroq 
I. Kant, I. Hegel, Fixte, Shelling, Feyerbax kabi donishmandlar 
tomonidan asoslangan nemis falsafasi shakllandi. Keyinchalik 
bu falsafa Nichshe, Freyd kabi ko'plab faylasuflar tomonidan 
rivojlantirildi. Ushbu falsafa maktabining atoqli namoyandasi 
hisoblangan Hegel ta'limoti esa, Pruss monarxiyasining davlat 
mafkurasi maqomini oldi. Hamma narsaning o'tkinchi ekan-
ligini nihoyatda yaxshi biladigan, yangi zamonning Arastusi 
nomini olgan Hegel Pruss monarxiyasining o'tkinchi ekanligini 
bilmasmidi? Nima sababdan u dialektik ta'limoti emas, balki 
monarxiyaga xizmat qilgan falsafiy sistemasining mukammalroq 
bo'lishi uchun ko'proq kuch sarfladi? degan savollar haligacha 
faylasuflarni o'ylantirib keladi. 
Xo'sh, nima sababdan Hegel bu yo'ldan bordi? Chunki, Hegel 
o'z davrining, o'z xalqining farzandi edi. U mustaqil nemis milliy 
davlati — Pruss monarxiyasi davrining mahsuli, o'sha davr falsa-
fasining namoyandasi edi. U «Faylasuflar osmondan yomg'ir kabi 
yog'ilmaydilar yoki yomg'irdan keyingi qo'ziqorinlardek yerdan 
o'sib chiqmaydilar, balki ularni xalq yaratadi» deganida aynan 
ana shuni nazarda tutgan edi. Hegel o'z ijodi va faoliyati bilan 
Pruss monarxiyasi, garchand monarxiya shaklida bo'lsada, nemis 
davlati ekanligini o'z millatining ongi va dunyoqarashini tarkibiy 
qismiga aylantirib keta olgan buyuk faylasuf edi. Uning «Aqlga 
muvofiq narsalarning barchasi voqedir, voqe bo'lgan narsalarning 
barchasi esa aqlga muvofiqdir», degan so'zlarini ham ana shu 
ma'noda tushunish lozim. Hegelning bu masalada dialektik emas, 
balki metafizik usulga ko'proq e'tibor berganligming sababi ham 
ana shunda. 
21 


O'sha davrgacha, Rim imperiyasi qulaganidan keyin ko'proq 
tarqoq hududlarga bo'linib, Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida 
yashab kelgan nemis millati uchun Pruss monarxiyasi — milliy 
davlat edi. Uning shakli-shamoyili kelajakda o'zgarishi boshqa 
masala bo'lgani holda, bu davlatning Yevropada nemis milliy 
davlati tarzida saqlanib qolishi, uning millat falsafasiga aylanishi 
bilan bog'liq edi. Millat falsafasiga, uning dunyoqarashiga aylan-
gan milliy davlatchilik g'oyasi hech qachon so'nmaydi, garchand 
yurtni yovlar asrlar davomida bosib tursalarda, qachondir baribir 
qad rostlaydi va millatning davlati tarzida yana qayta namoyon 
bo'ladi. Hegel o'z millatining falsafasi va dunyoqarashiga o'sha 
davlatning shakli-shamoyilini va mazmun-mohiyatini singdirib 
keta olgan faylasuf darajasiga ko'tarilgani uchun ham bu millat 
tarixida va u orqali, jahon falsafasi tarixida abadiy qoladi. Mil-
liylik va umumyevropa madaniyatidan bahra olgan bu falsafa 
haligacha o'z jozibasini yo'qotmaganligining sabablaridan biri 
ham ana shunda. 
Shunga o'xshash vazifani, o'z davrida, millatimizning asl far-
zandi Alisher Navoiy ham bajargan. U ozodlikka erishgan mil-
lat falsafasini adabiyot falsafasiga, mustaqil davlat tilini adabiyot 
tiliga aylantira olgan, o'z xalqining bu sohadagi dahosi buyuk 
ekanligiga, nafaqat zamondoshlari, balki kelajak avlodlarni ham 
ishontirib keta olgan edi. Navoiy va uning zamoniga, o'sha davrga 
xos o'zgarishlarning boshida turgan Amir Temur faoliyatiga qay-
ta-qayta murojaat etilishining sabablaridan biri ham ana shunda. 
Zero, har bir xalq, avvalo, o'zining tarixidan bugungi kun uchun 
tashbehlar izlaydi va ijtimoiy taraqqiyoti uchun asos bo'ladigan 
ma'naviy tamoyil, an'ana va qadriyatlarga murojaat qiladi. 
Bugungi kunda bashariyat milodiy XX asr bilan xayrlashib, 
uchinchi ming yillikka qadam qo'ydi, hayotning barcha sohalari-
da ulkan yutuqlarga erishdi. Fan va texnika, madaniyat va maorif 
beqiyos rivojlandi. Odamzod o'zining aql-zakovati va mehnati bi-
lan juda ko'p yangiliklar yaratdi. Dunyoning ko'plab sir-asrori 
kashf etildi, buyuk ixtirolar qilindi. 
Biz yashayotgan dunyo so'nggi yillarda nihoyatda o'zgarib 
ketdi. Xususan, Vatanimiz tarixida XX asrning 90-yillarida 
22 


olamshumul voqealar yuz berdi: mamlakatimiz mustaqillikka 
erishib, tub islohotlarni amalga oshirishga kirishdi. Xalqimizning 
huquqiy demokratik jamiyat barpo etish zarurati dunyoqarashni 
tubdan o'zgartirish, eski aqidalardan tamoman voz kechish, is-
tiqlol mafkurasini shakllantirish, xalq ma'naviyatini yuksalti-
rishni taqozo etmoqda. Bunda ijtimoiy fanlar, ayniqsa falsafiy 
bilimlarni egallash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bugungi dunyoda o'z milliy falsafa maktabini yaratgan xalqlar 
bor. Chunonchi, «hind falsafasi», «xitoy falsafasi», «nemis falsa-
fasi», «ingliz falsafasi» kabilar shular jumlasidandir. Milliy ada-
biyot, milliy madaniyat, san'at va hokazolar bo'lgani kabi, mil-
liy falsafaning ham bo'lishi tabiiy. Ammo bu — falsafa milliy 
qobiqqa o'ralib qoladi, degani emas. U umuminsoniy fan sifa-
tida, bir tomondan, umumbashariy muammolarni qamrab olsa, 
ikkinchi tomondan, shu masalalar bilan shug'uUanayotgan aniq 
shaxs — faylasuf mansub millatning muayyan manfaatlarini ham 
ifodalaydi. Millat ozod bo'lsa, o'z turmush tarziga mos fikrlasa, 
olamni, uning muammolarini dunyoqarashiga xos holda idrok eta 
olsa, uning o'z falsafasi shakllanadi. Bunday falsafa xalq man-
faatlarini aql-idrok, mafkura yo'li bilan himoya qilishga, uning 
ongi, dunyoqarashi va ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. 
Shu bois Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so'ng milliy 
falsafani rivojlantirish g'oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Busiz 
millatning haqiqiy farzandi bo'lgan, uning kamolini o'ylaydigan 
chinakam ozod, hur fikrli, barkamol insonni tarbiyalab bo'lmaydi. 
Shu sababli biz o'rganadigan falsafa umumbashariy muammo-
lar bilan birga, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, huqu-
qiy demokratik jamiyat barpo etish jarayonidagi ma'naviyatning 
tarkibiy qismi bo'lib, uning asosiy tamoyillarini aks ettirmog'i 
lozim. 
Bugun ulug' ajdodlarimiz tamal toshini qo'ygan o'zbek milliy 
falsafasini rivojlantirishning barcha shart-sharoitlari mavjud va 
bunda quyidagi jihatlar alohida o'rin tutadi: 
— xalqimizning o'z milliy an'analariga sodiqligi; 
— mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi; 
— muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e'tiqodi; 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling