Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

15 


ШШмШ 
Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o'zlariga 
munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan. 
Ezgulik va haqiqat uchun kurash g'oyalarining ifodasi bo'lgan 
afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka 
ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy 
vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan. 
Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o'ziga 
xos ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga bo'lgan e'tiqodi 
bilan bog'liq bo'lib, vujudga kelishiga ko'ra, boshqa dunyoqarash 
shakllari kabi, muayyan asoslarga ega. Jamiyat hayotida har qan-
day, shu jumladan, diniy dunyoqarashning o'rni va ahamiyatini 
ham sun'iy ravishda mutlaqlashtirish, salbiy oqibatlarni keltirib 
chiqarishi mumkin. Bu hoi ayniqsa, diniy fundamentalizm va 
ekstremizm insoniyat uchun jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda 
yaqqol namoyon bo'lmoqda. 
Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan 
o'rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning maz-
muni, hayot va o'lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy 
e'tiqod tushunchalari bilan bog'lab tahlil qiladi hamda o'ziga xos 
mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqa­
rashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyat-
larini bartaraf qilish bilan bog'liq regulyativ faoliyati nihoyatda 
muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi 
o'rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda. 
Taraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik fanlari bilan 
birga psixologiya, etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar ham ajralib 
chiqdi. Keyinchalik madaniyat, qadriyatlar va huquq kabi so-
halarni o'rganadigan alohida yo'nalishlar ham paydo bo'ldi. Ular 
olamni o'z predmeti doirasida yaxlit bilish, uning xususiy qo-
nuniyatlarini o'rganishga yordam beradi. 
Falsafiy yo'nalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko'ra, 
o'ziga xos bo'lib, asosiylari quyidagilardir: 
Ontologiya — olam, inson va jamiyatning obyektiv-universal 
mohiyati to'g'risidagi falsafiy ta'limotdir. Boshqacha aytganda, u 
borliq to'g'risidagi, insonning olamga bo'lgan munosabati haqi-
dagi falsafiy bilim sohasidir. 
16 


Gnoseologiya — bilish falsafasi bo'lib, olamni anglash, bilish 
nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to'g'risidagi 
ta'limotdir. 
Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to'g'risidagi 
falsafiy ta'limot. 
Praksiologiya — insonning predmetli-o'zgartiruvchan, amaliy 
faoliyati to'g'risidagi falsafiy ta'limot. 
Metodologiya — bilish va o'zgaruvchan faoliyat usullari 
to'g'risidagi ta'limot. 
Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va ta-
fakkur vositalarini (ta'rif, qoida, muhokama, tafakkur qonuniyat-
lari), ularning mazmunidan qat'i nazar, xolis o'rganuvchi ta'limot. 
Etika — axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, ta-
lab va tartib-qoidalari to'g'risidagi fan. 
Estetika — nafosat falsafasi, jamiyat va inson hayotida 
go'zallikning o'rni, qonun-qoidalari to'g'risidagi qarashlar maj-
muyi. 
Bundan tashqari, inson falsafasi (antropologiya), ijtimoiy fal-
safa, tabiat falsafasi, madaniyat falsafasi (kulturologiya), san'at 
falsafasi, mafkura falsafasi (ideologiya), din falsafasi (teologiya), 
siyosat falsafasi (politologiya), huquq falsafasi, texnika falsafasi 
kabi sohalar ham mavjudki, ular bir so'z bilan ijtimoiy-falsafiy 
fanlar tizimi deyiladi. 
Ikkinchi xil klassifikatsiya falsafiy fanlar tasnifida olam va 
odam, borliqning asosi bilan bog'liq masalalar qanday usulda 
hal qilinishiga qarab belgilanadi. Bunday tasniflash natijasida 
monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizm, teizm, 
ateizm kabi ko'plab yo'nalishlar ko'zga tashlanadi. Falsafani 
o'rganish jarayonida bu tushunchalarga hali ko'p duch kelamiz va 
o'rni kelganda ularga zarur izoh va ta'rif berishga harakat qilamiz. 
Bu tizimda falsafa tarixi bilimning muhim tarmog'i hisobla-
nadi. Bunda tadrijiy taraqqiyot tamoyili asosida falsafiy tizimlar 
o'rtasidagi tarixiy izchillikka tayaniladi. Mazkur qo'llanmada 
falsafa tarixi ana shunday tamoyil asosida o'rganilgan. 
Falsafiy bilimlar tizimining o'zgarishi va mazmunan boyib 
borishi obyektiv ijtimoiy-tarixiy jarayon mahsuli bo'lib, u jami-
17 


yatning rivojlanish darajasiga mos keladi va uni o'zida ifoda etadi. 
Falsafiy bilimlar tizimidagi alohida yo'nalish har bir tarixiy davr-
da o'ziga xos qonuniyatlar asosida rivojlansa ham, ularning umu-
miy tamoyillari mayjud. Ya'ni, birinchidan, har bir falsafiy bilim 
yo'nalishi jamiyat rivojlanishida o'ziga xos determinant (sabab) 
vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, falsafiy bilimlar jamiyat taraq-
qiyotiga ta'sir qiluvchi subyektiv omil bo'lsa ham, vujudga kelish 
asosi — genezisi nuqtayi nazaridan obyektiv hodisadir. Uchinchi-
dan, falsafiy bilim yo'nalishlarining o'zaro bog'liqlik, aloqadorlik 
munosabati, ularning dunyoni bilishdagi yaxlitligini ta'minlaydi. 
Falsafiy dunyoqarashning bu umumiy tamoyillari har qanday 
konkret dunyoqarash shakllari uchun uslubiy asos bo'lib xizmat 
qiladi. 
1. Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, Chunki u narsa va hodisalar 
o'rtasidagi bog'lanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik 
ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifoda-
laydi. Har qanday falsafiy dunyoqarash shakli obyektiv olamdagi 
narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini aks ettiradi. 
2. Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning 
o'tmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivoj-
lanishini ifodalaydi. 
3. Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har 
qanday dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar 
orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik bu-
zilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan 
va izchil aks ettirishiga putur yetadi. 
4. Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash 
shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi, ya'ni 
har qanday dunyoqarash shakli o'ziga xos falsafiy xususiyatga ega. 
5. Falsafiy dunyoqarash maqsadga muvofiq bo'lib, inson man-
faatlariga mos keladi. Chunki, inson muayyan maqsad, orzu-
umidlar bilan yashaydi, ularni o'z dunyoqarashida aks ettiradi. 
6. Falsafiy dunyoqarashning g'oyaviylik tamoyili, uning asosida 
muayyan g'oya yotgani bilan ifodalanadi. Xususan, bugungi o'zbek 
milliy falsafiy dunyoqarashi milliy mustaqillik, o'zlikni anglash, 
millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol g'oyasiga tayanishi bilan 
18 


xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu g'oyani e'tiqodga aylanti-
lish va uning amalga oshishi uchun xizmat qiladi. 
7. Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri 
nazariya va amaliyot birligidir. Dunyoqarashning nazariya sifati-
da mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, 
istiqbol rejalarini belgilashda qo'l kelishi bilan izohlanadi. Shu-
ningdek, dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish jarayonida 
uning usul va vositalari muhim ahamiyatga ega. 
Yuqorida ko'rsatilgan funksiyalarning o'zaro ichki bog'liqligi 
falsafaning mushtarak umumnazariy va uslubiy ahamiyatini 
belgilab beradi. Ularning o'ziga xos xususiyatlari hamda ahami-
yatini har tomonlama o'rganish inson va jamiyatning ma'naviy 
kamolotiga nihoyatda katta ta'sir ko'rsatadi. Bu esa o'z navbatida, 
falsafiy bilimlar tizimini takomillashtirish yo'llarini topish im-
konini beradi. Masalaning bu tarzda hal etilishi umuminsoniy 
sivilizatsiya tamoyillariga ham mos keladi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling