Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

BIRINCHI BO'LIM. FALSAFA 
1-mavzu. Falsafa fanining mazmun-mohiyati, 
mavzulari va jamiyatdagi o'rni 
«Falsafa» atamasining kelib chiqishi va ushbu fanning maz-
mun-mohiyati. «Falsafa» tushunchasining asoslari bayon qilin-
gan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi 
«filosofiya» so'zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» 
(«filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma'noni anglati-
shi ta'kidlanadi. 
Shu ma'noda, falsafa barcha fanlar rivojlanishiga asos 
bo'ladigan va ulardan oziqlanadigan, ayni paytda ularning 
rivojlanish yo'llarini belgilab beradigan umuminsoniy va uni-
versal ilm sohasidir. U qadim zamonlardayoq «barcha ilmlar-
ning otasi» deb ta'riflangan. Uning hayotiyligi xalq tabiatiga, 
turmush va tafakkur tarziga nechog'liq mos ekani, jamiyat 
manfaatlari va ezgu intilishlarini qay darajada aks ettira oli-
shiga bog'liq. 
«Falsafa» atamasi «filosofiya» so'zining Sharq ijtimoiy tafak-
kuridagi shaklidir. Sharqning atoqli faylasufi, mashhur muta-
fakkir Abu Nasr Forobiy filosofiya so'zini «Hikmatni qadrlash» 
deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «do-
nishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini 
bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash 
va hikmatlarni e'zozlash ma'nosida ishlatilgan. 
Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o'tkinchi 
ekani, abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab 
yetgan, o'zi va o'zgalar qadrini to'g'ri tushunadigan kishi hech 
qachon «Men — donishmandman» deya ochiq e'tirof etmaydi. 
Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hoi yaqqol ko'zga tashla-
nadi. Ammo, Forobiy ta'kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam 
va odam hamda hayotning qadriga yetish — boshqa gap. Shu 
ma'noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko'pdan-
ko'p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat 
qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan. 



«Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali bar-
chamizga yaxshi malum bo'lgan, alloma Pifagor ishlatgan. Yev-
ropa madaniyatiga esa, u yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali 
kirib kelgan. Asrlar davomida filosofiyaga nisbatan xilma-xil qa-
rashlar shakllangan, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi 
o'rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar dunyoga 
kelgan, bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o'zgarib borgan. 
Shu tariqa, u avvalo, qadimgi Yunonistonda alohida bilim soha-
siga, to'g'rirog'i, «fanlarning otasi», ya'ni asosiy fanga aylangan. 
Qadimgi Yunonistonda fanlarning barchasini, ular qanday 
ilmiy masalalar bilan shug'ullanishidan qat'i nazar, filosofiya 
deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to'g'risidagi 
ilm hisoblanar edi. Shu ma'noda, dastlabki filosofiya olam va 
unda insonning tutgan o'rni haqidagi qarashlar tizimi bo'lib, 
dunyoni ilmiy bilish zaruratidan vujudga kelgan edi. Uning eng 
asosiy qadriyati erkinlik tushunchasi ekanini, ana shu erkin hayot 
to'g'risidagi qarashlar buyuk madaniy yuksalishga asos bo'lganini 
aksariyat olimlar alohida ta'kidlaydilar. 
Ushbu fanning shakllanishini faqatgina qadimgi Yunoniston 
va Rim bilan bog'lash ham bu borada yetarli tasavvur bermay-
di. Chunki ushbu hududning dastlabki faylasufi Fales ko'p yil-
lar Osiyoda bilim olib qaytganidan so'ng falsafiy fikrlarni alo-
hida ilm sohasi sifatida talqin eta boshlagani malum. Alloma 
Beruniyning «Hindiston» asarida hindlarning dastlabki qarash-
lari qadimgi yunonlarniki bilan o'xshash edi, degan fikri ham 
bejiz aytilmagan, albatta. Bu o'z navbatida, falsafiy dunyoqarash-
ning qadimgi shakllari barcha xalqlar tarixiga tegishli umumiy 
hodisa ekanini isbotlaydi. 
Aslida esa, Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi 
VII—III asrlarda ushbu fan endigina shakllanib kelayotgan nazariy 
fikrning ifodasi, olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujas-
samiga aylangan edi. Ushbu fan dastlab saroy ilmi sifatida shakl-
langan va asosan mulozimlarning tafakkur tarzini ifodalagan. Bu 
fan bilan ko'proq aslzodalar shug'uUangan, uning asosan ular 
uchun tushunarli bo'lgan muayyan tushunchalari va atamalari, 
o'ziga xos fikrlash uslublari va bayon qilish tili ham shakllangan. 



Falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz jarayon bo'lib, u insoniyatning 
tafakkur bobida ilgari erishgan yutuqlarni tanqidiy baholashni 
taqozo etadi. Biroq bu — ularni tamoman rad etish, ko'r-ko'rona 
tanqid qilish lozim degani emas, balki ularga xos barcha xato va 
kamchiliklarni anglab, yaxshi va ijobiy jihatlaridan foydalanish 
demakdir. Ana shunday tanqidiy yondashuv va vorislik falsafa-
ning muhim xususiyatlaridan biridir. 
Bu fanning oldiga qo'yilgan vazifalarga va uning hayotdagi 
o'rniga qarab, ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlarida unga bo'lgan 
munosabat ham o'zgarib borgan. Bu munosabatlar dastlabki fan-
lar paydo bo'lib va ularning ba'zilari falsafadan ajralib, alohida 
mustaqil fan sohasiga aylana boshlagan davrlardayoq shakllana 
boshlagan. 
Falsafaning ijtimoiy ong tizimida tutgan o'rni, jamiyat va 
shaxs hayotidagi ahamiyati nimadan iborat, degan masala ham-
ma davrlarda ham dolzarb bo'lgan. Ayniqsa, tarixiy taraqqiyot-
ning tub burilish davrlarida falsafaning asl mohiyatini bilish, 
uning usul va g'oyalari kuchidan foydalanish muhim ahamiyat 
kasb etgan. 
Kishilik jamiyati hech qachon bir tekis va silliq rivojlanmagan. 
Taraqqiyot ortidan inqirozlar, yutuqlar ketidan mag'lubiyatlar, 
farovonliklar izidan zavolga yuz tutishlar ta'qib etgan. Muayyan 
jamiyat iqtisodiy-siyosiy, axloqiy-diniy, badiiy-estetik taraqqiyot 
borasida inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib ketish uchun 
ilg'or falsafiy ta'limotlarga ehtiyoj sezadi. 
Shuning uchun ham buyuk falsafiy ta'limotlarni, bir tomon-
dan, madaniy-intellektual rivojlanish samarasi, ikkinchi tomon-
dan, tub ijtimoiy o'zgarishlar taqozosi deyish mumkin. Muayyan 
tarixiy burilish davrida «Falsafa nima o'zi?» degan masala dol-
zarb ahamiyat kasb etishi ham shundan. Ana shunday davrlarda 
kishilar falsafaning mohiyati, uning maqsad va vazifalarini yan-
gicha idrok etganlar. 
Qadimgi Yunoniston va Rim davridan buyon o'tgan ikki ming 
yildan ziyodroq vaqt mobaynida «Falsafa eidi yo'q bo'ldi, uni 
o'rganishning hech bir zarurati qolmadi» qabilidagi gaplar ko'p 
bo'lgan. Lekin zamonlar o'tishi bilan odamzod baribir falsafaga 



ehtiyoj sezgan va u insonning ma'naviy kamolotida beqiyos aha-
miyat kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan. 
Bu jihatdan quyidagi rivoyat juda ibratlidir. Miloddan oldingi 
birinchi asrda yashab o'tgan buyuk faylasuf Lukretsiyning sho-
girdlaridan biri unga qarab: «Ustoz, fanning boshqa sohalariga 
oid ilmlar juda ko'payib ketdi. Endi falsafani o'rganishning ho-
jati bormikan?» - debdi. Shunda ulug' faylasuf bamaylixotir gap 
boshlab: «Falsafani Suqrot, Aflotun, Arastu kabi buyuk allomalar 
yaratgan. Lekin endilikda insoniyatning ana shunday buyuk mu-
tafakkirlari yaratgan bu fanni o'rganmaslik har qaysi nodonning 
ham qo'lidan keladigan ish bo'lib qoldi», - degan ekan. 
Falsafa kishilarga olam to'g'risida yaxlit tasavvur beradi, 
boshqa fanlar esa, uning ayrim jihatlarini o'rganadi. Masalan, bi-
ologiya o'simlik va hayvonot dunyosini, turlarining kelib chiqishi, 
o'zgarishi va takomillashib borishi kabi masalalarni o'rganadi. Bu 
sohaga oid fanlar ushbu yo'nalishdagi jarayonlarning ba'zi xususi-
yat va jihatlarini chuqurroq tadqiq etishga harakat qiladi. Bino-
barin, biolog har qanday rivojlanish jarayoni bilan emas, balki 
faqat jonli tanadagi rivojlanish jarayoni bilan qiziqadi. Umuman, 
rivojlanish jarayonining o'zi nima, uning mohiyati qanday? Ma-
salaning aynan shu taxlitda qo'yilishi ilmiy muammolarni falsafiy 
masalaga aylantiradi. Ya'ni, shu tariqa muayyan mavzu oddiy ilm 
sohasidagi yo'nalishdan falsafiy muammo tusini oladi. 
Endi Faylasuf kim, degan savolga javob beraylik. «Filosof» 
so'zini ham yuqorida aytganimizdek, ilk bor buyuk matematik 
va mutafakkir Pifagor qo'llagan. Bu tushunchaning ma'nosini u 
Olimpiya o'yinlari misolida quyidagicha tushuntirib bergan: an-
jumanga keladigan bir guruh kishilar bellashish, kuch sinashish, 
ya'ni o'zi va o'zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh 
— savdo-sotiq qilish, boyligini ko'paytirish uchun, uchinchisi 
esa, o'yindan ma'naviy oziq olish, haqiqatni bilish va aniqlashni 
maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga mansub kishilar, 
Pifagor talqiniga ko'ra, faylasuflar edi. 
Bu, bir qarashda, oddiy va jo'n misolga o'xshaydi. Ammo 
uning ma'nosi nihoyatda teran. Chunki, inson umri ham shun-
day. «Dunyo teatrga o'xshaydi, unga kelgan har bir kishi sahnaga 
10 


chiqadi va o'z rolini o'ynab dunyoni tark etadi», degan fikr be-
jiz aytilmagan. Kimdir bu dunyoga uning sir-asrorlari to'g'risida 
bosh ham qotirmasdan kelib ketadi, umrini yeyish-ichish, uy-
ro'zqor tashvishlari bilan o'tkazadi. Boshqasi — nafs balosiga 
berilib, mol-mulkka ruju qo'yadi. Uchinchisi esa, olam hikmatla-
rini o'rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, boshqalar 
uchun ibrat bo'larli hayot kechiradi. 
Qadimgi davrlarda har tomonlama chuqur bilim va katta hayo-
tiy tajribaga ega bo'lgan, inson ma'naviyatini boyitish va haqiqatni 
bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb ataganlar. Fozil va komil 
insonlargina falsafa bilan shug'ullanganlar. Aslida, o'sha davrlarda 
falsafani o'rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko'zda 
tutilgan. Grek mutafakkiri Geraklit (eramizdan avvalgi 520—460 
yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Do'stim, sen hali 
yoshsan, umringni bekor o'tkazmay desang, falsafani o'rgan», de-
ganda aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan. 
Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 
470—399-yillarda yashagan) bu haqiqatni quyidagicha ifoda etgan: 
«O'z-o'zingni yerga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa nar-
sa emas, o'zligingdan yuqori turish esa — faylasuflikdir». 
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xoraz-
miy va Forobiy, imom Buxoriy va imom Termiziy, Beruniy va ibn 
Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o'z 
hayotiy kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos 
xato va kamchiliklardan saboq chiqarish, bashariyat tomonidan 
to'plangan bilim va tajribalarni o'zlashtirish orqali faylasuf dara-
jasiga ko'tarilganlar. 
Umuman olganda, bilimdon kishilarning barchasini ham 
donishmand yoki mutafakkir deb bo'lmaydi. Haqiqiy faylasuflar 
hayotda nihoyatda kam bo'ladi. Ular o'z davri va millatining 
farzandi sifatida insoniyat tarixiga katta ta'sir ko'rsatadi. Xudo-
ning o'zi aql-zakovat, iste'dod, kuch-quvvat ato etgan, yorqin 
tafakkurga ega bo'lgan bunday buyuk shaxslar umumbashariy 
taraqqiyot miqyosida tanilgan, teran insoniv g'oyalar, ma'naviy 
boyliklarning qadr-qimmatini chuqur anglaydigan donishmand 
odamlar bo'lgan. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling