Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi natijalarining amaliyotga tatbiq etilganligi to‘G‘risidagi dalolatnoma


Download 18.72 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi18.72 Kb.
#1632523
Bog'liq
Masharipov Kenjaboy Berdiyevich (dalolatnoma)


“TASDIQLAYMAN”
Sirdaryo viloyat maktabgacha va
maktab ta’limi boshqarma boshlig‘i
____________ Sh.Xudayqulov
“____” _________ 2023-yil


FALSAFA DOKTORI (PhD) DISSERTATSIYASI NATIJALARINING AMALIYOTGA TATBIQ ETILGANLIGI TO‘G‘RISIDAGI DALOLATNOMA

Mustaqil izlanuvchi Masharipov Kenjaboy Berdiyevichning


13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo‘yicha “Tashkilotchilik qobiliyatini shakllantirish asosida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish mazmunini takomillashtirish (umumta’lim maktabi 9-10-sinf o‘quvchilari misolida)” mavzusidagi tadqiqotining nazariy va amaliy materiallari Sirdaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarida 2021-2022,
2022-2023 o‘quv yillari mobaynida amaliyotga tatbiq etilganligi haqida
DALOLATNOMA


Masharipov Kenjaboy Berdiyevichning 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo‘yicha “Tashkilotchilik qobiliyatini shakllantirish asosida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish mazmunini takomillashtirish (Umumta’lim maktabi 9-10-sinf o‘quvchilari misolida)” mavzusidagi tadqiqotining nazariy va amaliy materiallari Sirdaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarida 2021-2022, 2022-2023 o‘quv yillari mobaynida amaliyotga tatbiq etilganligi haqida tuzilgan.
Tadqiqot davomida muallif hozirgi kunda umumta’lim maktablari o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish tadqiqotchilik faoliyatini ta’lim jarayoniga tatbiq etish orqali ta’lim samaradorligini oshirishning ahamiyati va uni takomillashtirish, rivojlantirish hamda yoshlarda tadqiqotchilik kompetentligining pedagogik asoslarini shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirishda amaliy yordam ko‘rsatishni samarali modelini ishlab chiqqan.
Tadqiqotning muhim afzalligi muallifning modeli bo‘lib, uning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda ilmiy tadqiqotchilikka oid intellektni rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari oid fanlar tashkil etilgan mashg‘ulotlarni kuzatish va taxlil qilish natijasida mashg‘ulotlar mazmuni takomillashtirilgan.
Ushbu model o‘qitishning samarali yondashuvlari, usullari va tamoyillarini birlashtiradi.
Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 4-, 10-, 13-, 15-sonli,
Guliston tumanidagi 5-, 21-, 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish” jarayonida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari davomida maktab o‘qituvchilar va
o‘quvchilar tomonidan mustaqil izlanuvchi K. Masharipov tomonidan yaratgan va taqdim etgan o‘qitish materiallari hamda baholash vositalarining mualliflik modeli o‘quvchilarga ta’limdagi yangi va samarali vosita deb tan olindi.
Tanlangan modulning kontseptsiya va materiallari quyida ko‘rsatilgan natijalarga erishish imkonini berdi:
- o‘quvchilarda tashkilotchilik qobiliyatiga oid intellektni rivojlantirishning pedagogik xususiyatlariga oid fanlar bo‘yicha tashkil
etilgan mashg‘ulotlarni kuzatish va tahlil qilish natijasida mashg‘ulotlarni takomillashtirish;
- o‘quvchilarda tashkilotchilik qobiliyatiga oid intellektni
rivojlantirishga oid materiallardan foydalanish orqali talabalarning tadqiqotchilik kompetenligini shakllantirish va muhim yo‘nalish sifatida
ta’lim tizimida samarali o‘rganilishi imkoniyatlarini yoritish;
- mashg‘ulotlarni mazmunli tanlashda tarixiy, milliy, mahalliy va mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olish va h.k.
Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun 2022-2023 yillar mobaynida Sirdaryo viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tashkilotchilik qobiliyatini shakllantirish asosida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish mazmunini takomillashtirish” (umumta’lim maktabi 9-10-sinf o‘quvchilari misolida) maktab o‘quvchilari orasida 380 nafaridan anketa va test sinovlari o‘tkazib borildi. Tajriba maydonlaridan sinov ishlariga jami 745 nafar o‘quvchilar respondent sifatida qabul qilindilar. Tajriba guruhlarida mashg‘ulotlar tadqiqot ishi tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion texnologiya asosida, nazorat sinflarida esa an’anaviy uslubda amalga oshirildi.
Tajriba-sinov ishlari jarayonida tavsiya etilayotgan texnologiya
bo‘yicha tadqiqot ishi va yuqorida bayon etilgan umumta’lim maktablarining tegishli mutaxassislari ish olib bordilar.
Mustaqil izlanuvchi Masharipov Kenjaboy Berdiyevichning
13.00.01 - “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo‘yicha “Tashkilotchilik qobiliyatini shakllantirish asosida o‘quvchilarni
kasb-hunarga yo‘naltirish mazmunini takomillashtirish (umumta’lim maktabi
9-10-sinf o‘quvchilari misolida)” mavzusidagi tadqiqot ishi tajriba-sinov
natijalari umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulotlarni sifatini oshirish uchun mashg‘ulotlar mazmunini takomillashtirish imkoniyatlarini yoritib berishni tasdiqladi.
Download 18.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling