Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Gipoteza. Muammoni hal etish jarayonida ma’lum bir gipotezalar ilgari suriladi va asoslanadi. Gipoteza


Download 0.75 Mb.
bet108/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Gipoteza. Muammoni hal etish jarayonida ma’lum bir gipotezalar ilgari suriladi va asoslanadi.
Gipoteza – o‘rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin tarzidagi bilim shaklidir.
Gipotezani, avvalambor, bilimlarning mavjud bo‘lish shakli sifatida olib qarash zarur. CHin, ishonchli bilimlar hosil bo‘lgunga qadar qo‘yilgan muammolar, masalalar haqidagi fikr-mulohazalar kuzatish, eksperiment natijalarini tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan bo‘lib, ular turli xil taxminlar, farazlar shaklida quriladi va mavjud bo‘ladi.
Masalan, Levkipp va Demokritning jismlarning atomlardan tashkil topganligi haqida bildirgan fikrlari dastlab gipotetik shaklda bo‘lib, eng oddiy, kundalik tajribada minglab marta kuzatiladigan hodisalar: qattiq jismning suyuqlikka aylanishi, hidning tarqalishi va shu kabilarni tahlil qilishga asoslangan, ularning sababini tushuntirishga qaratilgan. «Jismlar mayda, bo‘linmas zarrachalardan tashkil topmaganda bunday hodisalar bo‘lmas edi», degan fikr o‘zining ma’lum bir mantiqiy kuchiga ega.
Gipotezaning natijalarini topa olmaslik, garchi bu gipotezaning mavqeini ancha pasaytirsa-da, lekin uni rad eta olmaydi. Gipotezaning chinligi undan kelib chiqadigan natijalarga zid bo‘lgan holatlar aniqlangandagina uzil-kesil rad etiladi. Masalan, Ptolomeyning Erning harakatlanmaydigan markaz ekanligi haqidagi gipotezasi Kopernikning geliotsentrik nazariyasi asoslanadigan faktlarga zid kelganidan keyin rad etildi.
SHuni alohida ta’kidlash zarurki, o‘rganilayotgan hodisa haqida bir vaqtning o‘zida bir qancha gipotezalar ilgari surilishi mumkin. Masalan, hozirgi paytgacha qushlar uchayotganda to‘g‘ri yo‘lni qanday topa olishini mavjud gipotezalardan hech biri to‘liq tushuntira bera olmagan. Ularda turli xil fikrlar bildirilgan: qushlarni ba’zilar magnit maydoniga, boshqalar Quyoshga, yulduzlarga qarab mo‘ljal olishadi, deb hisoblashgan. Ukraina olimlari esa 1980 yillarning ikkinchi yarmida qushlar o‘z harakati marshrutlarini Erning gravitatsiya maydoniga asoslanib, shu marshrut davomida og‘irlik kuchining o‘zgarishini «hisoblab» belgilashadi, degan fikrni bildirganlar. Lekin hozirgacha ularning birortasi uzil-kesil tasdiqlanmagan ham, rad etilmagan ham.2
Gipoteza tasdiqlanmaguncha o‘zining bilishdagi ahamiyatini yo‘qotmaydi. Rad etilsa, o‘rniga boshqa gipoteza quriladi va bu hol to gipotezalardan birortasi tasdiqlanmaguncha davom etadi.
Ilgari surilayotgan gipotezalar turli xil darajada umumlashgan bo‘lishi mumkin. Ana shunga muvofiq holda umumiy va juz’iy gipotezalarni ajratish mumkin.
Umumiy gipoteza deb tabiat, jamiyat, bilish hodisalarining qonuniyatlari haqida bildirilgan asosli taxminga aytiladi. Bunga misol qilib neft kelib chiqishining organik va noorganik tabiati haqidagi gipotezalarni, Erda hayotning paydo bo‘lishi, ongning kelib chiqishi, ijtimoiy progress haqidagi farazlarni ko‘rsatish mumkin. Umumiy gipotezalar borliqning muhim qonuniyatlarini ochishga imkon bergani uchun ilmiy nazariya «qurish materiallari», deb hisoblanadi. Isbotlangach, bunday gipotezalar nazariyalarga aylanadilar va ilmiy tadqiqotlarning strategik yo‘nalishlarini belgilab beradilar.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling