Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja
Download 0.75 Mb.
|
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Formallashtirish
- Propozitsional funksiya
- Semantik kategoriyalar
Sun’iy til tabiiy til negizida yaratilgan yordamchi axborot belgilari tizimidan iborat bo‘lib, u mavjud xabarlarni aniq hamda tejamli bayon qilish va uzatish uchun xizmat qiladi. Sun’iy tilda sun’iy yo‘l bilan yaratilgan maxsus belgilar, ya’ni simvollar – ramzlar ishlatiladi. Tabiiy tildagi konkret mazmunga ega bo‘lgan fikrlar ilmiy bilishda ana shunday simvollar bilan almashtiriladi. Demak, sun’iy til fikrimizning konkret mazmunidan chetlashgan holda faqat simvollar bilan ish olib borishni ta’minlaydi.
Demak, ilmiy bilishda tabiiy tildan ham, sun’iy tildan ham foydalaniladi. Ilmiy til esa tabiiy til, sun’iy til va maxsus atamalardan tashkil topgan bo‘ladi. Ilm sohalaridan biri bo‘lgan mantiq o‘zining formallashgan maxsus tiliga ega. U inson tafakkurining tuzilishini aniq va ravshan holda ifoda qilish maqsadida yaratilgan. Buning mohiyatini tushunish uchun formallashtirishning o‘zi nima ekanligini aniqlab olish zarur. Formallashtirish konkret mazmunga ega bo‘lgan fikrlarni simvollar bilan almashtirish, ya’ni propozitsional funksiya hosil qilish, formulalar kiritish, mantiqiy qoidalarni yaratish orqali tafakkurning (fikrning) tuzilmasini ifoda qilish demakdir. Tafakkurning tuzilmasi bilan mantiqning tilda ifoda qilinishi tuzilmasi o‘rtasida o‘zaro muvofiqlik mavjud, ya’ni har bir konkret fikr tuzilmasiga ma’lum bir til tuzilmasi muvofiq keladi. Buni propozitsional funksiya hosil qilish misolida ko‘rishimiz mumkin. «Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti» degan fikrdagi «Toshkent» tushunchasini – S, «O‘zbekis-tonning poytaxti» tushunchasini – R bilan almashtirsak, S–R ko‘rinishiga ega bo‘lgan propozitsional funksiya hosil bo‘ladi. Propozitsional funksiya o‘zgaruvchi qiymatga ega ifoda bo‘lib, bu qiymat argument bilan almashtirilganda konkret mazmunli fikr hosil bo‘ladi. Formallashgan til quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1. Asosiy belgilar aniq ifoda qilingan bo‘lishi kerak. Bu belgilar asosiy tushunchalar, atamalarni ifodalaydi. 2. Ta’riflashning barcha qoidalari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bu qoidalarga asoslangan holda mavjud belgilar yordamida yangi, qisqaroq belgilar hosil qilinadi. 3. Formulalarni tuzishning barcha qoidalari berilgan bo‘lishi kerak. Bunga misol qilib tushunchalardan gap hosil qilish qoidalarini ko‘rsatish mumkin. 4. Xulosa chiqarish qoidalarining barchasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bu qo‘llaniladigan belgilarning (so‘z, gap, simvollar) grafik usul bilan ifodalanishiga tegishlidir. 5. Qo‘llaniladigan belgilarning ma’nosini talqin qilish qoidalari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Formallashgan tilga ega bo‘lgan mantiq chin fikrni ifoda qiluvchi bir formula yordamida xuddi shunday chin fikrni ifoda qiluvchi boshqa formulani keltirib chiqara oladi. Bunda berilgan fikrning konkret mazmuni e’tiborga olinmaydi. Formallashgan tilning ustunligi shundaki, unda mantiqiy xulosa chiqarishda ko‘zda tutilmagan asoslarning qatnashib qolishi mumkin emas. Matematika va mantiqning ko‘p masalalari faqat mana shu yo‘l bilan echilishi mumkin. Tafakkurning mantiqiy shaklini o‘rganishda semantik kategoriyalar muhim ahamiyatga ega. Semantik kategoriyalar til ifodalarining sinflaridan iborat bo‘lib, ular bir-birlaridan qanday ob’ektlarni aks ettirishi bilan farq qiladilar. Asosiy semantik kategoriyalar qatoriga gap va uning tarkibida nisbatan mustaqil holda mavjud bo‘lgan qismlari – deskriptiv va mantiqiy terminlar kiradi. Gap hukmni, savolni va normani ifoda qilishi mumkin. Hukmni ifoda qiluvchi gap predmetga birorta belgining (xossa yoki munosabatning) xosligini tasdiqlaydi va inkor qiladi. U darak gapdan iborat. Gapda predmetlarni, ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi ifodalar deskriptiv terminlar deyiladi. Deskriptiv terminlar predmetlar nomlari yoki termalar (predmetlarni, predmetlar to‘plamini aks ettiruvchi ifodalar) va predikatorlar (predmetlarning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi ifodalar)ga bo‘linadi. Predmetlarning nomlari ayrim so‘zlar va so‘z birikmalari bo‘lib, ular moddiy (planeta, elektr toki) va ideal (sezgi, tafakkur) predmetlarni ifodalaydi. Predmet nomi belgidan iborat bo‘lganligi uchun o‘z mazmuni va ma’nosiga ega. Nomning mazmuni predmetni ifoda qiladi va mantiqda denotat deb ataladi. Nomning ma’nosi esa predmetning muhim, umumiy belgilarini ifoda qiladi va konsept deb ataladi. Masalan, «Aristotel», «Mantiq fanining asoschisi», «Topika asarining muallifi» kabi ifodalarning mazmuni bir xil, ya’ni bitta predmetni ifodalaydi, ma’nosi esa turli xil, ya’ni fikr qilayotgan ob’ektning har xil belgilarini qayd qiladi. SHuningdek, nomlar yakka («Toshkent shahri») yoki umumiy («shahar») bo‘lishi mumkin. Bunda yakka nom bitta predmetni, umumiy nom esa predmetlar sinfini aks ettiradi. Predikatorlar gapda kesim o‘rnida kelib, o‘zi taalluqli bo‘lgan nomning miqdoriga bog‘liq holda bir o‘rinli yoki ko‘p o‘rinli bo‘lishi mumkin. Bunda predmetning xossasini ifoda qiluvchi predikatorlar bir o‘rinli, ular o‘rtasidagi munosabatlarni ifoda qiluvchi predikatorlar ko‘p o‘rinli predikatorlar hisoblanadi. Masalan, «O‘zbekiston mustaqil respublikadir» degan mulohazada predikator bir o‘rinli, «O‘zbekiston Turkiya bilan iqtisodiy shartnoma tuzdi» degan fikrda «iqtisodiy shartnoma tuzdi» predikatori ikki o‘rinli, «O‘zbekiston Sirdaryo va Amudaryo oralig‘ida joylashgan» degan fikrda «oralig‘ida joylashgan» predikatori uch o‘rinlidir. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling