Falsafa” fanidan “Amir Temur va Temuriylar davri falsafasi” mavzusida mustaqil ishi bajardi


Download 54.59 Kb.
bet1/2
Sana28.10.2023
Hajmi54.59 Kb.
#1729467
  1   2
Bog'liq
Amir Temur va Temuriylar davri falsafasi



ANGREN UNIVERSITETI
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq yo`nalishi
MIG’ 105-GURUH
Falsafa” fanidan
Amir Temur va Temuriylar davri falsafasi” mavzusida
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: Cho’lpanova D
Qabul qildi: Kunisheva N
Mavzu: Amir Temur va Temuriylar davri falsafasi
Reja: 
1. Temur va Temuriylar davri falsafasi, uning ahamiyati.
2. Temurning xayoti, faoliyati, jahon va vatan taraqqiyotidagi o`rni.
3. Ulug’bek – o`rta asr madaniyatining atoqli vakili.
4. Navoiyning falsafiy qarashlari.
5. Bobur va Boburiylar davri falsafiy qarashlari.
6. Temuriylar davri va o`rta asr falsafasini o`rganishning ahamiyati.
Amir Temur Ibn Taragay Baxodir (1336-1405) Kesh shaxri (xozirgi Shaxrisabz) yakinidagi Xuja ilgor kishlogida tavallud topdi. Uning eng asosiy tarixiy xizmatlari tatar-mugul boskinchilik vayronkorliklarga Karshi kurashib Urta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda fiodal, mulkdorlarning uzaro nizolarga barxam berib kuchli markazlashgan davlat barpo etdi. Mamlakatda tartib-intizom konun ustuvorligini taʼminladi. Uning davrida «kuch adolatdadir» tamoyili olga surildi. Uzga mamlakatlar Bilan mustaxkam alokalar urnatdi. Temuriy davrida tasavvuf taʼlimoti keng tarkalgan tasavvuf taʼlimotini, turli nizo va janjallardan bartaraf etish, inson – vatanparvarlik goyalarini tarkatishda foydalangan tugri va sofdil bulish, zino va faxsh ishlarni kilmaslik, xarom ishlardan kochish, xalol ishlash va kasb egallash, muxtojlarga mexr-muruvvat kursatish kabilarni olga surgan.
Darxakikat, milliy dunyokarashlarga, anʼanalar va extiyojlarga asoslanmagan xar kanday davlat tizimi uzokka bormaydi, uni xalk tan olmaydi.
Xush bizda yaratilgan bebaxo moddiy va maʼnaviy yodgoliklarga munosabat kanday? Asrlar davomida shaklangan moddiy meʼrosimizning axvoli kanday? Urta Osiyo xalklari kadimdan uz zaminida bebaxo moddiy va maʼnaviy yodgorliklar yaratdi, xususan Somoniylar, Gaznaviylar, Temuriylar, Ulugbek, Xusayn Boykaro. Xiva xoni Muxammad Raximxon, Kukon xoni Umarxon, Nodirabegimlar davrida bebaxo kutubxonalar yaratildi. Afsuski, XIX asrga kelib bu boyliklarimizni zuravonlar tomonidan tashib ketish kuchayib ketdi.
Rus istibdodi va zulmi xalkimizning nafakat moddiy turmush sharoitiga balki uning maʼnaviyatiga xamda milliy kadriyatlarining oyok osti kilinishiga olib keldi.
Maʼlumki, xalkimizning kadimdan yashab kelgan joylarga boglanganlik, kuchib yurishga moyillikning yukligi respublika axolisiga xos xususiyatdir. Mana shu xususiyat, uzbek xalkining kadimiy urf-odatlariga, anʼanalariga boy bulishiga xizmat kilgan.
Darvoke, Uzbekiston tarixan shundan joy bulganki, bu yerda kuxna savdo yullari (mashxur buyuk ipak yuli) daryolar, voxalar, vodiylar axolining xayotida muxim axamiyat kasb etgan. Kushni davlatlar bilan tashki alokalar turli madaniyatlarning uzaro bir-birini boyitish jarayonini keltirib chikargan. Ana shu tarika asrlar davomida tuplangan, boyigan maʼnaviy meros bugungi kunda xam va bundan keyin xam tarakkiyotga xizmat kiladi. Maʼnaviyat shunday kimmatbaxo mevaki, u insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar ugiti bilan birga singadi. Maʼnaviyat uz xalkining tarixini, madaniyatini. Vazifalarini chukur bilish va tushinib yetishga suyangandagina kudratli kuchga aylanadi. Bizning maʼnaviyatimiz asrlar davomida million-million kishilar takdiri bilan shakllangan.
Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov maʼnaviyat tugrisida kuyidagi suzlarni aytadi: “Maʼnaviyat takdirning exsoni emas. Maʼnaviyat inson kulida kamol topishi uchun u kalban va vijdonan akl va kul bilan mexnat kilishi kerak”.
Binobarin bugungi kunda Urta va Yakin Shark xalklari, xususan uzbek xalkining ilgor madaniy, ijtimoiy-falsafiy merosi, undagi umuminsoniy, axlokiy kadriyatlar, xurfikrlik va ayniksa, diniy oriflik anʼanalarining yana-da chukurrok va xar taraflama urganish kun tartibiga kuyilmokda. Bu bir tomondan Turkiston xalklarining madaniyat tarakkiyotiga kushgan xissasini kamsituvchi, mensimovchi irkchilikdan, nigilistik va ovropaparastlikdan iborat nazariyalarning ilmiy asossizligi va bir tomonlamaligini kursatib berishga xizmat kiladi. Ikkinchi tomondan Shark xalklari katorida Uzbek xalkining xam ilgor maʼnaviy, axlokiy madaniy va ilmiy merosidagi insonparvarlik, muxabbat, dustlik, mexnatni sevish, odamiylik butun jonzot tabiatga mukaddas maʼno beruvchi mexr-muxabbat va asrab avaylab munosabatda bulish, insonni ruyi-zaminning Gultojisi deb karash muxim axamiyat kasb etadi. Shuningdek, tabiat va insonga yangicha munosabatda bulish goyalari jamiyatimiz kishilarining maʼnaviy ekologiya madaniyatining eʼzozlash ruxida tarbiyalashni xam takozo etadi.
Shuni aloxida taʼkidlash kerakki, inson akli va kuli bilan nimaiki yaratmasin, ular goya va tushuncha, bilim, isteʼdod, kobiliyat sifatida shakllangan maʼnaviyat zaminida yuzaga keladi. Chunki, shaxs maʼnaviyati millat, davlat, jamiyat maʼnaviyatining bir bulagidir. Shaxsning maʼnaviy kamoloti odamlar urtasidagi kup kirrali munosabatlar, jamiyat xayotidagi sharoit va imkoniyatlar asosida amalga oshadi.
Bunday imkoniyat mamlakatimiz mustakillikka erishgan kundan boshlab yuzaga chikdi. Zotan, “Biz barpo etayotgan yangi jamiyat yuksak maʼnaviy va axlokiy kadriyatlarga tayanadi va ularni rivojlantirishga katta eʼtibor karatadi. Bu jarayon milliy istiklol goyasi va mafkurasiga usib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruxida tarbiyalanishga asoslanadi.”
Garchi maʼnaviyat ijtimoiy, iktisodiy, siyosiy sharoitlar taʼsirida shakllansa-da, uning jamiyat moddiy xayoti sharoitlariga bevosita boglik bulmagan nisbiy mustakil tomonlari xam bor. Jamiyat tarakkiyoti xakidagi xar kanday goyalar, karashlar avvalo insonning ijodiy tafakkurida shakllanadi, keyin eʼtikodga aylanib, uning xayotiy faoliyatiga, jamiyat tarakkiyotiga yunalish beradi. Maʼnaviyatning muayyan maksadlar bilan boglangan inson faoliyatiga taʼsir etishi esa maʼrifiy, tarbiyaviy, mafkuraviy tadbirlar asosida amalga oshadi. Zero mafkura insonni-inson orkali tarbiyalash omili xamdir. Bu omil kishilarning tabiiy extiyojlari tufayli yana-da xayotbaxsh mazmun kasb etadi.
Uz davrida deyistik va panteyistik dunyokarashga asoslangan falsafiy taʼlimotlar xam rivojlangan bulib Urta Osiyo mutafakkirlari bu taʼlimotlarga tankidiy nuktaiy nazardan yondashgan xususan Temur va Temuriylr darida yashab ijod etgan mutafaakkirlar xam Farobiiy Ibn Sino Beruniy kabi allomalrning ilmiy falsafiy meʼrosini davom ettirib diniy falsafiy taʼlimotlarni falsafani ilmiy dunyokarishini nazariy asosga kuishida keng foydalanganlar Roziy Farobiy , Beruniy , Ibn Sinolar olam inson va xudoning uzaro munosabatlarini fakat irotsionalistik va taakdirchilik nuktaiy nazardan izoxlash urniga Panteyislik va Deyistik taʼlimotlarni ilgari surganlar 8-13 asr Shark mutafaakirlarining ijtimoiy siyosiy karashlari jamiyat davlat va insonning shaxsiy xayotida xukumron tabakalar avliyolar, paygambarlar uynaydigan rolni akliy insonparvarlik nuktaiy nazardan xal kilishga yordam beradi . 
Xudo olamdagi takdiri - azalni moxiyatan bilangili uni uzi urnatganliga karamay olam va undagi ishlar shu jumladan inson irodasi va faoliyati utkinchi uzgaruvchi bulganligi uchun ularni bilish ularga aralashdan yukori turadi . Buning ustiga dunyoning ishlariga biror ishlarga aralashib ularni uzgartirib tuzib turish xudoning donoligi va adolatliligiga zid etadi , tabiat va inson xayotida tabiat konunlari inson xayotida esa uning akli erkin irodasi xukumronlik kiladi bu esa paygambarlar faylasuflarni insoniyat jamiyatini fozil jamiyatga (madina) insonnni uzini esa komil insonga aylantirish tarbiyalash ularga maʼnaviy raxbarlik kilishga takozo etadi . Farobiy , Roziy , Beruniy , Ibn Sino mutafakkirlar , paygambarlar va faylasuflar insoniyat jamiyatini fozil jamiyatga aylantirishlari zarurligi bu ularning iloxiy va insoniy burchlari ekanligi goyasi ilgari surilgan Temuriylar davrida Ulugbek va maslakdoshlari shogirdlari ilmiy - falsafiy dune karashni rivojlantirishga ulkan xissa kushganlar shuningdek 15 va undan keyingi asrlarda Turkistondagi ijtimoiy va falsafiy fikr rivojiga Alishen Navoiy xam katta xissa kushgan. Navoiy dunyokarashi asoslarini uning vaxdad-ul vujud (panteizm ) taʼlimotiga kushgan xissasi Kalom , shariatga tasavvufga bulgan munosabatining favkulotda jixatlari oriflik jixatlari , oriflik dunyokarashi va axlokiy - didaktik pozitsiyasi siyosat davlat fozil jimiyat oila Komil inson va shaxs tugrisidagi bir butun nazariyalar tashkil kiladi . Naviiy dunyokarashi, ijodi va faoliyatini yana bir uzaga uning turkiy xalkalarning jeaxon tarakkiyotidagi urni va tarixiy missiyasi tugrisidagi uylari turkiy tilimizning butun Turon zaminga sochilib ketgan suz lagjalari boyliklarini tuplash uning adabiy til ilm fan falsafa va yuksak sanʼat tili darajasiga kutarish soxasidagi sayi xarakatlarida uz ifodasini topgan
Alisher Navoiyning ijtimoiy falsafiy karashlari insonparvarlik goyalari tarixiy anʼnalarning yuksak davomi kelajakdagi jamiyat maʼnaviy kamolotining muxim omili buldi . Temuriylar sulolasining yana bir kuzga kuringan vakili Z.M.Bobur xisoblanadi uning ijtimoiy siyosiy axlokiy karashlari u koldirgan juda boy maʼnaviy meʼros - Devonlari Boburnoma asari Shariat asoslari bayoni bulgan Mubayyan risolasi baddiyat nazariyasi buyicha Aruz risolasi kabi asarlari goyat axamiyatlidir . Bu asarlardan eng mashxuri Vasiyatnoma xiisoblanadi u bu asarda valiaxt etib tayinlangan ugli Xumoyunga uz vasiyatini yozib koldiradi . Boburning asarlaridagi insonparvarlik goyalari etikodlilik , bagrikenglilik ,adolatparvarlik , inson shaʼnini yuksak tutish nishonalariga kura xozirgi Uzbekiston milliy mafkurasining ustivor kadriyatlariga xozirgi ijtimoiy tarakkiyotning asosiy yunalishi va maksadlariga tamom ila xamoxang ekanligini kursatadi . Bobur tuzgan Risolai volidiya asari xam uning falsafiy ilmiy ijtimoiy axlokiy axamiyati jixatidan bugungi kunda aloxida kimmatga ega.
Temur avlodidan bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) o‘sha davrning eng maʼrifatli podsholaridan biri edi. Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tug‘ilgan Bobur keyinchalik Hindistonda ulkan saltanatga asos soldi. Bobur davrida hind diyori gullab yashnadi, undagi madaniyat yuksak darajaga ko‘tarildi. Hindistonning XX asrdagi eng atoqli kishilari Mahatma Gandi va Javoharlal Neru ham Bobur va boburiylar — Shoh Jahon, Avrangzeb va Akbar kabi temuriyzodalarga juda katta baho berganlar.
Ichki kelishmovchiliklar natijasida o‘z yurtini tashlab ketishga majbur bo‘lgan Bobur avval Qobulda, so‘ngra esa 1526 yilgi Panipat jangida ibrohim Lo‘di ustidan g‘alaba qozonib, Hindistonda o‘z hukmronligini o‘rnatdi. «Boburiylar sulolasi» Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qilib, temuriylar davlati va madaniyatining davomchisi sifatida mashhur bo‘ldi.
Boburning xizmati shundaki, u Hindistonni markazlashgan davlatga aylantirdi, mamlakatda tinchlik o‘rnatdi, obodonlashtirish va qurilish ishlarini rivojlantirdi, karvonsaroylar, meʼmoriy yodgorliklar, bog‘chalar, kutubxonalar barpo qildi, madaniyat, sanʼat, adabiyot va ilm-fanni yuksaltirdi. Bobur ilm-fan, sanʼatga katta qiziqish bilan qaragan, yuksak aql egasi, qomusiy bilimga ega bo‘lgan davlat arbobi, olim va shoirdir.
Boburiylarning ko‘pchiligi maʼrifatchilik bilan mashg‘ul bo‘ldilar, olimu fuzalolar bilan maslahatlashib turdilar. Ularning yana bir xizmati islom va budda diniga eʼtiqod qiluvchi musulmon va hindularni kelishtirishga, ahil yashashga chaqirishda bo‘ldi.
Boburning mashhur tarixiy asari “Boburnoma”dir. Bulardan tashqari, u huquqshunoslikka oid “Mubayyin”, aruz ilmiga oid “Mufassal”, musiqa bo‘yicha “Musiqiy”, harbiy ishlarga oid «Harb ishi» risolalarini yozgan. “Boburnoma” o‘sha davrdagi Markaziy Osiyo, Hindiston, Afg‘oniston, Eronning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotini, savdo munosabatlari, jug‘rofiyasi, hayvonot va nabotot olamini, iqlimi, qabila va elatlarning urf-odatlari, marosimlari, turmush tarzini va marosimlarini aks ettirgan asardir.
Bobur o‘zining lirik sheʼrlarida ishq, muhabbat, Vatan sog‘inchi, mehr, vafo, insoniylik, do‘stlik, yaxshilik va mehr-oqibatni kuyladi.
Javoharlal Neru Boburning Hindistondagi faoliyatiga katta baho bergan edi. Neru Boburning dilbar shaxs ekanligi, mard va tadbirkorligini, sanʼatni sevganini va umuman, Hindiston uchun ko‘p ish qilganligini taʼkidlagan edi. Bobur va boburiylarning siyosiy, madaniy faoliyatlari Hindiston va o‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda hozir ham muhim rol o‘ynamoqda.
Shunday qilib, XIV-XV asarlarda Movarounnahr va Xurosonda madaniy yuksalish yuz berdi. Buni olimlar Renessans davri ham deb atamoqdalar. Baʼzi olimlar esa, bu atamaning Sharq mamlakatlariga to‘g‘ri kelmasligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini aytmoqdalar. Nima bo‘lganda ham Yevropada XV-XVI asarlardagi ko‘tarinkilik, Renessansning muhim xususiyatlari Markaziy Osiyoda ro‘y bergan madaniy yuksalish bir-biriga ko‘p tomonlari bilan o‘xshab ketadi. Bular orasida mushtarakliklar ko‘p.
XIV-XV asrlar moddiy va maʼnaviy yuksalishining muhim xususiyati yana shundan iboratki, bu davrda ishlab chiqarish o‘sdi, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik, dehqonchilik rivojlandi, xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik va madaniy aloqalar o‘rnatildi, inson aql-zakovati va uning eng yaxshi fazilatlariga eʼtibor kuchaydi, ilm-fan va sanʼat rivoj topdi, qomusiy olimlar yetishib chiqdi, madaniy merosni o‘rganishga qiziqish ortdi. Temur va temuriylar davridagi madaniy yuksalish hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ular mustaqil davlatimizni mustahkamlashda, madaniy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirishda maʼnaviy ozuqa vazifasini o‘tamoqda.
Тemur va Тemuriylar davridagi madaniy yuksalishning umumiy omillarini aniqlash shuni ko’rsatadiki, ular o’azro uzviy bog’langan va yaxlit bir butun holdagina qisqa vaqt ichidagi madaniy-ma’naviy yuksakligini yuzaga keltira olgan.
Bulardan birinchi navbatda siyosiy-ijtimoiy omilni ko’rsatish mumkin. Movarounnahr va Хurosonda tarqoq, o’zaro nizo va urushlar natijasida turli viloyat, amirliklarga bo’linib ketgan va kelgindi hukmronlar- mo’g’ullar tomonidan ayovsiz ezilgan xalqning mustamlakachilikdan qutulishi, mamlakatda yagona birlashgan davlatning barpo etilishi, yagona davlatchilik asosida boshqarish qoidalarining joriy etilishi, zo’ravonliklar, o’zboshimchaliklar kabi illatlarning tugatilishi ijtimoiy yuksalishi ta’minlandi.
Ikkinchi - iqtisodiy omil - Movarounnahr va Хurosonda yagona idora tizimining joriy etilishi iqtisodiy osoyishtalik ishlab chiqarishning so’nggi rivojlanishiga olib keldi. Davlat tomonidan dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiqning rivojiga e’tibor berilishi va bu sohada qator tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatning ma’naviy-madaniy taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etdi.
Uchinchi - ma’naviy omil - avval madaniy meros, ma’naviy qadriyatlar, boyliklardan keng foydalanish, ular asosida rivojlanishini amalga oshirishdan iborat bo’ldi. Markaziy Osiyoda avvalgi asrlarda, xususan IX-XIII asrlarda yaratilgnan ma’naviy-madaniy boyliklardan, Хorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Chag’miniylar merosidan; arab, fors va turkiy tillarda yaratilgan Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Rumiy, Тusiy, Attor kabi allomalar merosidan: Musulmon Sharqi ma’naviy merosida keng ahamiyat kasb etgan qadimgi yunon ilmiy-ma’naviy, boyliklaridan keng foydalanildi.
Bu davrda Amir Тemur davlatining ta’sirida bo’lgan va bo’lmagan boshqa mamlakatlar o’rtasida madaniy aloqalar tez rivojlandiki, bunday aloqalar ma’naviy boyliklarni o’zaro almashishga keng yo’l ochib berdi. Eron, arab mamlakatlari, Hindiston, Хitoy kabi mamlakatlar bilan bo’lgan aloqalarda madaniy boyliklar almashinuvi ha muhim ahamiyat kasb etdi.
Тo’rtinchi - g’oyaviy omil - bu omil ma’naviy omilning uzviy davomi bo’lsa-da, uning muhim ahamiyatga ega bo’lganligi va o’z davri ma’naviy hayotida katta rol o’ynaganligi uchun alohida ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu XV asrga kelib Movarounnahr va Хurosonda keng tarqalgan tasavvuf - xususan Naqshbandiya ta’limotidir. Markaziy Osiyoda Yusuf Hamadoniy, Abu Хoliq G’ijduvoniy ta’limotlarini rivojlantirish asosida shakllangan Naqshbandiya ta’limoti va uning yirik vakillari XIV-XV asrlardagi siyosiy-ijtimoiy hamda madaniy hayotda nihoyatda muhim rol o’ynadi, ma’naviy o’zgarishlar ma’lum erkinlik uchun g’oyaviy asos, omil bo’lib xizmat qildi. Тemur va temuriy shahzodalar, ko’p olim-fozillar, hunarmandlar naqshbandiya ta’limotidan ozuqa oldilar, o’z faoliyatlari, ijodlari bilan uni har tomonlama boyitdilar.
XV asrda yashab ijod etgan Naqshbandiya ta’limotining yirik vakili Хo’ja Ahror Vali faqat madaniy hayotdagina emas, siyosiy-iqtisodiy tinchlik va rivojlanish ishida muhim ijobiy rol o’ynadi.
Bu kabi omillar Тemur va Тemuriylar davri madaniyati va ma’naviyatining tez va yuksak darajada ko’tarilishiga olib keldiki, uning yutuqlari so’nggi uzoq asrlar davomida madaniy rivojlanish uchun ozuqa bo’ldi.
XIV-XV asrlarda ma’naviy-madaniy rivojlanish islom diniy qarashlarining mustahkamlanib borishi bilan uzviy bog’liq bo’lib, hukmron mafkura sifatida madrasayu masjidlarda keng o’qitilib, o’rganiliib, qonun-qoida, odat, an’analar esa shariat asosida olib borilar edi. «Тemur tuzuklari» da din arboblari, shayx, sayid, ulamolar faoliyatiga alohida o’rin ajratilib, ularning davlat ishlaridagi ishtiroki maxsus va bir necha qayd etilib o’tiladi. Lekin bu davrda shu bilan birga xalq orasida, ayniqsa, ziyolilar, aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi ilm-fan, san’at, madaniyat xodimlari o’rtasida o’z davrida islom qoidalarini zamona talablar, ijtimoiy yuksalish zaruratlari asosida talqin etishga intilish natijasida yuzaga kelgan tasavvuf ta’limoti keng tarqaladi.
Markaziy Osiyoda XI asrdan boshlab yoyila boshlagan tasavvuf ta’limoti bu davrga kelib Movarounnaxr va Хurosonda tasavvufning yassaviy, kubroviya, qodiriya va ayniqsa naqshbandiya tariqati ma’naviy hayotda katta rol o’ynaydi.
Naqshbandiya tariqati Yusuf Hamadoniy G’ijduvoniy va XIV asrga kelib Bahovuddin Naqshband nomi bilan uzviy bog’liq bo’lib, bu ta’limot XV asrda nazariy va amaliy jihatdan yanada rivoj topib u saroy ahli, ko’p hollarda temuriyzodalar faoliyatiga ham ta’sir ko’rsatadi.
Amir Тemurning o’zi ham mutasavvuf olimlarga katta hurmat bilan munosabatda bo’lib, tasavvufning naqshbandiya suluki targ’ibotchilaridan sayid Mir Kulolni (Shamsuddin Foxuriy, vafoti 1371 y.) o’ziga pir deb bilgan. Shuningdek, turli o’lkalardagi yirik mutasovvuflarga ham hurmat ko’rsatgan. Uning hamadoniya tariqatiga asos solgan yirik mutasavvuf Sayid Hamadoniy bilan uchrashib suhbatda bo’lganligi, 1398 yilda Тurkistonning Yassi shahrida yirik mutasavvuf Ahmad Yassaviy qabrini ziyorat etganligi, uni ta’mirlatib, ustiga oliy bino qurishni buyurgani tarixiy maktablarda ko’rsatib o’tilgan.
«Тuzuklar»da: «... mashoyixlar, so’fiylar xudoni tanigan oriflardir. Ularning xizmatlarida bo’lib, suhbatlar qurdim va oxirat foydalarini oldim. Ulardan Тangri taoloning so’zlarini eshitib karomatlar ko’rdim», - deb yozadi Amir Тemur.
XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyoda keng tarqalayotgan tasavvuf ta’limotining Sufi, Porso, Charxiy, Maxdumi A’zam, Хoja Ahror kabi yirik vakllari naqshbandiya tariqatiga oid qator risolalar yaratish bilan birga, jamiyatning ma’naviy poklanishi va rivojlanishi yo’lida faol xizmat qildilar, taniqli arboblar bilan muloqotda bo’lib, ularga ta’sir o’tkazdilar. Bu jihatdan, ayniqsa, Хoja Ahror faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiy, Jomiy, Qosimiy, Lutfiy, Bobur kabi shoirlar tasavvufni targ’ib qildilar.
Bu davrda tibbiyot ilmi ham o’zining yirik namoyondalariga ega edi. Samarqandga kelib ijod qilgan tabobat ilmining yirik vakillaridan Burhoniddin Nafis ibn Evaz hakim al—Хirmoniy, Sulton Ali tabib Хursoniy, tabib Husayn Jarroh shular jumlasidandir.
XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyoda mantiq va falsafa fanlari bilan shug’ullangan yirik olimlar paydo bo’ldi. Bu fanlarning rivoji, asosan ikki yirik mutafakkir Saadiddin bin Umar Тaftazoniy va Mir Sayid Jurjoniy nomlari bilan bog’liqdir. Jurjoniy va Тaftazoniylardan tashqari, Samarqandda o’sha davrda Mavlono Abdujabbor Хorazmiy, Mavlono Shamsiddin Munshiy, Mavlono Abdulla Lison, Mavlono Badriddin Ahmad, Mavlono Nug’moniddin Хorazmiy, Хoja Afzal, Jalol hoqiy va boshqa olimlar yashab ijod etganlar. O’z davrining ilg’or ijtimoiy va axloqiy fikrlari badiiy adabiyotda, tasavvuf she’riyatida, nazm va nazrda, g’azal va ruboiylarda mufassal bayon qilina boshlandi. Navoiy, Jomiy, Lutfiy, Binoiy, Qosimi Anvar va boshqalarning badiiy asarlari boy falsafiy va axloqiy mazmunga egadir.
Bu davrda axloq va ta’lim-tarbiya muammolariga bag’ishlangan maxsus risolalar paydo bo’ldiki, ularning orasida Хusayn Voiz Kashifiy va Jaloliddin Davoniylarning merosi alohida o’rin egallaydi.
Тemur va Тemuriy shahzodalar o’z davri tarixini yozib qoldirish, Movarounnaxr va Хurosonning mo’g’ullar zulmidan ozod etilishi tarixini o’rganish va yoritishga katta e’tibor berdilar. Nizomiddin Shomiy, Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, hofizi Abru, Natanze, Fosih Хavofiy, Mo’yniddin Isfizoriy, Mirxond, Хondamir kabi tarixchilar temuriylar davri tarixini yozib qoldirdilarki, ular yozib qoldirgan asarlar hozirda biz uchun o’sha davr hodisalarini, madaniy yuksalishini o’rganishda, muhim manba bo’lib xizmat qilib kelmoqda.
Ilm fan va adabiyotning rivoji kitobat san’ati, yangi qo’lyozma asarlarni ko’chirib yozish, xattotlik, musavvirlik, lavha chizish, muravozlik kabi san’atlar taraqqiyotiga ham ijobiy ta’sir qildi. Nafis kitob va xattotlik XIV-XV asrlarda yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarildi. hattot Mir Ali Тabriziy (1330-1402) nasta’liq xatini kashf qildi. Bu usul hirotda Sulton Ali Mashhadiy boshchiligida yuksak bosqichiga ko’tarildi va Abdurahmon Хorazmiy, Sulton Ali Хandon, Mir Ali Qilqalam, Halvoiy, Rafiqiy kabi hattotlar, musavvirlar yetishib chiqdi. Samarqand va Хirotda temuriylarning saroy kutubxonalari tashkil etildi. Bu kutubxonalar hunarmandchilik korxonasi hisoblangan, ularda qo’l yozma asarlarni to’plash va saqlash ishlari bajarilgan.
XIV-XV asrlar O’rta Osiyo xalqlarining musiqa san’ati taraqqiyotida ham yangi bosqich bo’ldi. Yangi kuy va qo’shiqlar, cholg’u asboblari va musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratildi. Mahoratli sozandalar, bastakorlar va hofizlar yetishdi. Abduqodir Nayiy, Qulmuhammad Shayhiy, Husayn Udiy, Shohquli G’ijjakiy, Ahmad Qonuniy, Yusuf Andijoniy kabilar shular jumlasidandir. Ulug’bek, Jomiy, Navoiy va Binoiylar musiqa ilmiga oid asarlar yozib yangi kuylar ijod qildilar. IX-XII asrlarda shakllangan 12 maqom bu davrda takomillashdi. Shuningdek, keng ommaga mo’ljallangan teatrlashgan tomoshalar- xalq sayllarida masxarabozlar, qo’g’irchoqbozlar, dorbozlar o’z san’atini namoyish qilgan.
Тemur va temuriylar davri ma’naviy hayotida diniy falsafa katta o’rin tutadi. So’fiylik tariqatida Naqshbandiylik rivojlanib, barcha ijtimoiy-ma’naviy sohalarga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bahovuddin Naqshbandiy bu tariqatni boyitib, balogardon martabasiga ega bo’lgan karomat sohibi edi. XV asrda Naqshbandiya tariqatining davomchisi Хoja Ubaydulloh Ahrordir. Samarqandga kelgan Хoja Ahror Valini temuriylar o’zlariga pir deb biladi. Хoja Ahror Naqshbandiya Хojagon tariqatining yo’nalishini belgilagan va ijtimoiy faoliyatidan tashqari ijodkorlik ilmi bilan ham shug’ullanib bir nechta asarlar yozgan.
O’rta Osiyoda Тemur va temuriylar davrida madaniyat rivojlandi va kamol topdi. XIV-XV asrlardagi Movarounnahr va Хurosondagi madaniy taraqqiyotining tamal tojini Buyuk sohibqiron Amir Тemur qo’ygan edi.

Download 54.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling