Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda dinga, diniy tashkilotlarga va dindorlarga munosabat
Download 0.88 Mb.
|
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet
3. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda dinga, diniy tashkilotlarga va dindorlarga munosabat. Mazkur qonun 23 moddadan iborat. Uning 1-moddasida ushbu qonunning maqsadi nimalardan iborat ekanligi ochiq va ravshan bayon etilgan: «Ushbu qonunning maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’iy nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat».
Qonunning 3-moddasi vijdon erkinligi huquqi haqida bo‘lib, unda har bir fuqaro dinga munosabatini o‘zi mustaqil aniqlashi, u har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi va bu huquq esa O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlanajagi ta’kidlandi. 4-moddada fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’iy nazar, teng huquqliligi haqida so‘z boradi. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlanadi. Vijdon erkinligi haqidagi qonunning 5-moddasida O‘zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi ko‘rsatilgan. Bu degani davlat diniy masalalar bilan shug‘ullanmaydi, diniy tashkilot va diniy boshqarma ishlariga aralashmaydi. Din va diniy tashkilotlar ham davlat ishlariga aralashmasligi lozim. Lekin diniy tashkilotlar jamoat ishlarida ishtirok etish huquqiga egalar. SHuningdek, mazkur moddada davlat turli diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlashi, konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga, xususan, bir diniy konfessiyadagi dindorni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlarga, missionerlikka yo‘l qo‘ymasligi ta’kidlangan. Diniy tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasida diniy xarakterga ega bo‘lgan partiyalar tuzish, respublikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bo‘lim yoki filiallarini ochish ma’n etiladi. Dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg‘otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, bo‘hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning bunday faoliyatlari ta’qiqlanadi. Fuqarolar dinga bo‘lgan munosabatlaridan qat’iy nazar, ta’limning xilma-xil turlari va darajalarini egallashi mumkin. Qonunning 9-moddasida ko‘rsatilishicha, diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ruhoniylarni va o‘zlariga zarur bo‘lgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy o‘quv yurtlari tuzishga haqli. Diniy o‘quv yurtlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilib, tegishli litsenziya olganidan keyin faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi. Oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq umumiy majburiy o‘rta ta’lim olganidan keyin qabul qilinadi. Diniy ta’lim beruvchilar maxsus diniy ma’lumoti bor kishilar bo‘lib, bolalarni o‘qitish uchun diniy boshqarmaning yoki markazning ruxsatnomasiga ega bo‘lishi kerak. Xususiy diniy ta’lim berishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu qonun-qoidalarni buzganlar qonun oldida javobgardirlar. Diniy tashkilotlar diniy ta’lim olish uchun fuqarolarni chet elga yuborishlar va chet el fuqarolarini ta’lim olish uchun qabul qilishlari mumkin. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling