Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Dunyoqarash tushunasi. Dunyoqarashning tarixiy shakllari
Download 0.88 Mb.
|
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafaning dunyoqarashdan
Dunyoqarash tushunasi. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Insoniyat paydo bo‘libdiki, falsafa ilgari surayotgan asosiy muammolar bilan to‘qnashib keladi va ularni vijdon, mas’uliyat, ezgulik va yovuzlik kabi axloqiy normalar nuqtai nazaridan hal etishga harakat qiladi. Ma’lumki, bu muammolar falsafa paydo bo‘lgunga qadar ham insoniyat tomonidan avval mifologiya, so‘ngra din doirasida ham qo‘yilgan. CHunki, bu muammolar nafaqat falsafani, balki umuman dunyoqarashni aks ettiradi.
Dunyoqarash tushunchasi falsafa tushunchasiga nisbatan kengroqdir. Dunyoqarash har bir ongli insonga xos bo‘lib, bunda u o‘zi to‘plagan bilimlari, hayotiy tajribasi va e’tiqodi doirasida muayyan xulosalarga kelishi mumkin. Lekin bu xulosalar uzuq-yuluq, ba’zan qarama-qarshi tushunchalardan xoli bo‘lmaydi. Demak, dunyoqarash inson bilimlarining, e’tiqodining, yaxshilik va yovuzlik, go‘zallik va xunuklik kabi hayotiy mo‘ljallarining bir butun yig‘indisini tashkil etadi. Falsafaning dunyoqarashdan farqi, uning faqat nazariy bilimlarni o‘z ichiga olishidir. Dunyoqarashga esa, nazariy bilimlar bilan bir qatorda xissiy va intuitiv xarakterga ega hali bir tartibga tushmagan, ba’zan qarama qarshi tasavvurlar, insonning to‘la anglanmagan orzu-istaklari, maqsadlari, ideallari ham kiradi. SHu ma’noda dunyoqarash shaxs komillik darajasining muhim ko‘rsatkichi xisoblanadi. Dunyoqarashda bilim, e’tiqod, ishonch, orzu-umidlar, kayfiyat, norma va ideallar o‘zaro uyg‘un xolda mujassam bo‘ladi. Umuman olganda dunyoqarash tizimini bilish, qadriyaviy-normativ, axloqiy va amaliy komponentlar tashkil etadi. Qadriyaviy-normativ komponentga qadriyatlar, ideallar, axloqiy normalar, e’tiqod, ishonch kiradi. Bu komponentning muhim jihati shundaki, u insonga o‘z xaddi-harakatlarida nafaqat bilimlariga, balki ijtimoiy ideallar, axloqiy normalar, qadriyatlarga tayanishga imkon beradi. Qadriyat inson va jamiyat manfaatlari bilan bog‘liq, ular uchun foydali ahamiyat kasb etgan narsa va hodisalar, ularning xususiyatlaridir.Aynan falsafa nazariy nuqtai nazardan qadriyat tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib beradi. Qadriyatlar tizimining eng yuqori cho‘qqisini mutlaq qadriyat tashkil etadi. Diniy dunyoqarashda bu - xudo.Dunyoviy falsafada esa - komil insondir. Axloq inson dunyoqarashini uning amaliy faoliyati bilan bog‘lab turuvchi muhim vositadir. Jamiyatda shakllangan norma va qadriyatlar, ideallar inson xaddi-harakatlarida aks etishi uchun, ular albatta shaxsning e’tiqodiga aylangan bo‘lishi kerak. Inson dunyoqarashi ijtimoiy muhit, tarbiya va ta’lim ta’sirida shakllanadi. SHaxs dunyoqarashi etukligining mezoni esa uning amaliy faoliyati, ishlaridir. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling