Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Birinchidan, kundalik, hayotiy masalalarni donolik va tafakkur salohiyati asosida hal qilish. Bu ma’noda donolik hamma odamlarga xos hislatdir. Ikkinchidan


Download 0.88 Mb.
bet7/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Birinchidan, kundalik, hayotiy masalalarni donolik va tafakkur salohiyati asosida hal qilish. Bu ma’noda donolik hamma odamlarga xos hislatdir. Ikkinchidan, ilmiy-nazariy donishmandlik. Bu dunyoni aql ko‘zi, tafakkur salohiyati bilan idrok etish, dunyoni tafakkur qonunlari va kategoriyalari bilan anglash, mushohada qilish demakdir. Bunday yondoshuvda falsafa ilmiy tafakkur, nazariy bilimlar darajasidagi fandir; tabiat, jamiyat va tafakkurning umumiy qonunlari, kategoriyalari haqidagi ta’limotdir.
Falsafaning paydo bo‘lishi bilan fanning vujudga kelishi va rivojlanishiga zamin yaratildi. Falsafa tafakkur qonunlari bilan ish ko‘radi. Uning qonunlari haqidagi ta’limot falsafaning muhim bir tarkibiy qismi bo‘lmish mantiq ilmidir.
Falsafaning mazmuni borliqni bir butun tarzda qamrab olishga qaratilganidir (intilishidir). Agar alohida fanlar dunyoning u yoki bu tomonini o‘rgansa, falsafa butun bir reallikni yaxlit holda qamrab oladi. Xilma-xil dunyoning bir butun, yagonaligi falsafaning mazmunini tashkil etadi. Ba’zida falsafaning predmeti bir butun dunyo deb ko‘rsatadilar. Biroq, predmet va uning ob’ekti tushunchasi alohida fanlarga taalluqli bo‘lgan atamalardir.
Falsafa uchun mazmun tushunchasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. CHunki, falsafa uchun dunyoning mohiyati nimada degan masala muhimdir. Nega dunyo mavjud; inson nimaga va qanday mavjud bo‘ladi, yashaydi; borliqning fundamental asosi nima; inson hayotining ma’nosi qanday kabi savolar falsafiy masalalardir.
Falsafa o‘zining uslubi jihatidan voqelikni (borliqni) aqliy tahlil qilib o‘rganishdan iborat.
YUqoridagi fikrlardan falsafaning muhim vazifasi, ya’ni dunyoqarash va metodologik tamoyillari kelib chiqadi. Falsafa dunyoqarash sifatida dunyoning bir butun manzarasini beradi, uning shaxs tomonidan anglanilishini taqozo qiladi.
Falsafaning o‘ziga xos tomoni (vazifasi) inson borlig‘i haqidagi eng muhim hayotiy masalalarni o‘rganish, mushohada qilish, uning salohiyatini ana shu tomonga yo‘naltirishdan iborat. Falsafaning nafaqat o‘ziga xos tomoni, balki uning mustaqil vazifasi ham bordir. Falsafiy masalalar hammabop, hammaga tegishlidir.
Falsafaning mustaqil vazifasi nimadan iborat?
Biz shu vaqtgacha falsafiy masalalarni bir butun tarzda qarab chiqdik, uning ilmiy salohiyatiga e’tibor berdik. (Falsafaning) axloqiy - tarbiyaviy va diniy - e’tiqodiy vazifasi ham bor.
Hozirgi davr falsafasida axloq nafaqat an’ana va inson xarakteri (Aristotel) yoki insoniy burch masalasini (I.Kant) qamrab oladi, balki qadriyatlar muammosiga alohida ahamiyat beradi. Bizning diyorimizdagi falsafada qadriyatlar masalasiga hamma vaqt urg‘u berib kelingan.
Qadriyatlar falsafasi inson yashashining mazmuni va ma’nosi haqidagi ta’limot ekan, eng bosh qadriyat ezgulik, haqiqat va xudoga bo‘lgan e’tiqoddir. SHunga ko‘ra, falsafa nafaqat fan, balki u axloqiy qadriyat hamdir.
Donishmandlik bilishgina emas, u dastavval hayot faoliyati tarzidan iborat. Haqiqiy faylasuf amaliy, hayotiy donishmandlikning ustozidir.Kant.
Haqiqiy faylasuf butun donishmandlik haqidagi ta’limotga ega bo‘lish bilan birga bu bilimlarni insonlarga yaxshilik qilishga qaratadi. Ana shundagina inson o‘zining bu dunyoda tutgan o‘rnini anglab olishi mumkin.
Falsafiy masalalar ichida inson muammosi birinchi o‘rinda ekan, uning ichki dunyosi, ma’naviy borlig‘ini onglab etish uchun tushunchalar vositasi etarli emas. Ba’zi mutafakkirlar Nitsshe, A.SHopengauer, Kerkegor, SHelling, Xaydegger, Fuko, YAspers uni estetik, axloqiy tomonlar bilan, diniy e’tiqod orqali anglab etish, intuitsiya yo‘li bilan hal qilish mumkin, deb ko‘rsatmoqdalar.
Falsafa ilmiylik bilan milliylikni uyg‘unlashtiradi. Falsafaning milliyligi xalqning qalbi, urf-odati, an’anasi, axloqini ifoda etishda, uning dunyoqarashini, maqsadlarini o‘zida aks ettirishda namoyon bo‘ladi. SHunga ko‘ra, hatto dunyo dinlariga ham, fanga ham milliy so‘zini qo‘shib bo‘lmaydi. Falsafaga esa, milliy so‘zi qo‘shilib, uning sifat belgisini tashkil etadi. Masalan, nemis falsafasi, yunon yoki fransuz falsafasi kabi.
Alohida ta’kidlash lozimki, falsafa fan sifatida milliylikni umuminsoniylikka ko‘taradi. CHunki, falsafa fanning qadriyatlar darajasida insonga xizmat qilishining ma’naviy asosini beradi.
Fan dalillarga va ularning eksperimentlardagi tekshiruvlariga asoslanadi. Falsafa esa kundalik voqelikdan ajralib, intelligibel mohiyatga eltadi. Intelligibilis–hissiy bilishga tegishli bo‘lmagan, faqat aql bilan egallanishi mumkin bo‘lgan ob’ektlarning mavjudligini ifodalaydi. Go‘zallik, haqiqat, yaxshilik, adolat kabi savollar empirik umumlashtirish doirasidan chiqadi. Go‘zallik, nafis ko‘za, gul, olmos yoki eng latofatli qiz emas, go‘zallikni falsafiy tushunish hodisani eng umumiylik nuqtai nazaridan egallashga qaratilgan. U empiriklik darajasidan chiqadi va mohiyatni oqilona anglashga yo‘naltiriladi.
Fanda inson olami ikkinchi darajali, bilish shaxssiz ob’ektiv xarakterga ega. Olim shaxsi, uning his-tuyg‘ulari va faoliyat sohasi fanni odatda, mutlaqo qiziqtirmaydi. Ijodkor o‘z navbatida, kashfiyotlari oqibati uchun mas’uliyat sezmaydi. Falsafada esa nazariy bilim bilan bir qatorda qadriyatlar tizimi alohida ahamiyat kasb etadi.
Olim, ijodkor shaxsi tadqiqot jarayonida befarq qoldirilmaydi. Falsafiy ijodda doimo insonning o‘z-o‘zida murakkablashuvi ro‘y beradi. Olim o‘zining olamdagi o‘rnini yanada aniq va to‘liq topishga harakat qiladi. Bu olamni anglashning yanada yangi qirralarini ochib beradi. SHuning uchun falsafada har bir tizim mualliflashgan va falsafiy bilimlar egallanilganida shaxsning roli alohida ahamiyat kasb etadi. Falsafa shunday intellektual faoliyat turiki, unda muntazam o‘tmishdagi buyuk olimlar Aristotel, al-Forobiy, Beruniy, I.Kant, Gegel, Avloniy, Fitrat va zamondoshlarimiz bilan doimiy muloqot talab qilinadi.
Falsafada yorqin ifodalangan milliylik muhim ahamiyatga ega. Darhaqiqat, yunon falsafasi, qadimgi Hindiston falsafasi, nemis, ingliz, fransuz va o‘zbek falsafasi bor-u, lekin rus ximiyasi, matematikasi, fizikasi kabilar esa yo‘q.
Falsafa qat’iyan «fanlarning fani» roliga da’vogarlikdan voz kechishi kerak. Ilmiy dunyoqarash boshqa fanlardan ustuvor bo‘ladigan qandaydir falsafaga ehtiyoj sezmaydi. Har qanday fanda narsalarning umumiy aloqadorligi va ular haqidagi bilimlarning o‘rnini aniqlashga talab qo‘yilishi bilan umumiy aloqadorlik haqidagi qandaydir boshqa fan ortiqcha bo‘lib qoladi. SHunda ilgarigi falsafadan tafakkur haqidagi va uning qonunlari formal mantiq va dialektika ta’limotlari mavjudlikni saqlab qoladi. Boshqa barcha ta’limotlar tabiat va tarix haqidagi ijobiy fan deb ataladi.
Biroq falsafaning fan ekanligi haqidagi tasavvurlarning qanchalar to‘g‘riligi masalasini bilish uchun (uning alohida, ob’ektiv reallikning qandaydir bir bo‘lagini o‘rganuvchi emas, balki umuman olam bilan qiziquvchi umumiy fan ekanligi e’tirof qilinsa-da), uning ilmiyligi mezonlarini aniqlash lozim. Ular qatoriga: kuzatishdagi takrorlanish; bilimning intersub’ektivligi (uning eng umumiyligi va olamdan mustaqilligi); tajribaning yaratuvchanligi kiradi. Keltirilgan barcha tasniflar, avtoritetlashgan konsepsiyalar va eng umumiylikka da’vogarligidan qat’i nazar falsafa uchun qo‘llanilishi amrimahol. Fanda esa, turli olimlar bir xil metod vositasida bir xil muammoni o‘rganib, bir xil natijaga erishgandagina bu taraqqiyot ilmiy deb hisoblanadi va ilmiy jamoada tan olinadi. Fan olamni qonuniyat nuqtai nazaridan tushuncha shaklida aks ettirishga da’vo qilar ekan, haqiqatni egallashda har qanday bid’at-taassufdan erkin holda inson bilimining eng yuqori bosqichi hisoblanadi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling