Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Falsafaning umumlashtiruvchi funksiyasi


Download 0.88 Mb.
bet9/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Falsafaning umumlashtiruvchi funksiyasi fanga ma’lum tushunchalar asosida ta’riflanuvchi eng umumiy tamoyillarni beradi. Mazkur tamoyillar fanda umumiy qoidalar, universal normalar, talablar shaklida real faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur umumiy qoidalar, universal norma va talablarni bilish sub’ekti o‘z tadqiqotida amalga oshirishi lozim (metodologik jihat). Falsafa borliq va bilishning eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganib, ilmiy tadqiqotning eng umumiy metodi bo‘lib xizmat qiladi. Ammo mazkur metod xususiy fanlarning maxsus metodlari o‘rnini bosa olmaydi. Zotan, u dunyoning barcha sir-asrorlarini ochib beruvchi universal kalit emas, u xususiy fanlarning muayyan natijalarini ham, ularning o‘ziga xos metodlarini ham belgilamaydi.
Falsafaning aksiologik funksiyasi olim ma’lum qarashlar, ko‘rsatmalar, hayot mazmuniga oid mo‘ljallar oladi. Ular ilmiy tadqiqot jarayoniga va uning pirovard natijalariga–ba’zan ancha jiddiy (ayniqsa, gumanitar fanlarda) ta’sir ko‘rsatadi (aksiologik jihat).
Falsafiy tafakkur faqat intellektual (oqilona) jihatlarni emas, balki har doim madaniyatlarning muayyan tarixiy tiplariga mansub bo‘lgan va shu bilan birga, butun insoniyat mulki (umuminsoniy qadriyatlar) hisoblanadigan ma’naviy-emotsional, estetik va boshqa universalliklarni ham aniqlaydi. Falsafa dunyoni tushunish tajribasini tanqidiy «seleksiya» qilish, uni jamlash va keyingi avlodlarga berish vazifalarini bajaradi. Falsafaning taxmin va prognoz qilish funksiyasi Falsafa doirasida (aniqrog‘i, uning muayyan shaklida) ma’lum g‘oyalar, tamoyil va qarashlar ishlab chiqiladi. Ularning fan uchun ahamiyati bilish evolyusiyasining kelgusi bosqichlarida aniqlanadi. Bu jihatdan, ayniqsa, naturfalsafa juda boy bo‘lgan. Jumladan, antik atomistika g‘oyalari faqat XVII-XVIII asrga kelib tabiatshunoslikdan mustahkam o‘rin oldi. Leybnits o‘z falsafasida rivojlantirgan o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tizimlarning ayrim umumiy xususiyatlarini ifodalovchi tushunchalar apparati ha qida ham, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi murakkab tizimlarning mohiyatini, shu jumladan, sinergetika g‘oyalarini, kvant mexanikasi tamoyillarini (to‘ldiruvchanlik, sub’ektning faolligi) ilgari suruvchi Gegelning dialektika apparati haqida ham shunday deyish mumkin.
SHu bilan birga, tarixiy taraqqiyot dinamikasini aks etgan xolda nazariy bilish usullari yordamida kelajakni bashorat qilishi, “imkoniyatdagi jamiyat” modellarini, “imkoniyatdagi olam” ko‘rinishlarini yaratishi mumkin.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling