Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.88 Mb.
bet11/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Qadimgi Hindiston hamda Xitoy davlatlarida dastlabki sodda materilistik ta’limotlarning yuzaga kela boshlagan.

  1. Qadimgi Hindistonda diniy-mifologik ideologiyasi. “Vedalar” braxmanizm ideologiyasining asosiy manbai.

  2. Qadimgi Hindistonda tabiiy-ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Sinfiy kurashning keskinlashuvchi va asosiy falsafiy maktablarning yuzaga kelishi.

  3. Qadimgi Hindistonda idealistik ta’limotlarning rivojlanishda din va mifologiyaning ta’siri.

Birinchidan, Qadimgi Hindistonda jamiyat a’zolari tabaqalarga (kastalarga) bo‘lingan edi. Braxmanlar (ruhoniylar davlatni idora qiliuvchilar). 2. Kshtariylar (xarbiy aristokratiya). 3. Vayshialar (erkin jamoa a’zolari, ya’ni noz-ne’mat bunyodkorlari.) 4. SHudralar ( past guruhlar bo‘lib, ular jamiyat a’zolariga kirmas adilar). Jamiyatning oliy tabaqasi braxmanizm diniy ideologiyasini yartdi va rivojlantirgan. Bu oqim o‘z mohiyatiga ko‘ra reaksion edi. Vedalar esa braxmanizm ideologiyaining asosiy manbai hisoblangan. U to‘rt qismdan iborat edi. 1. Rigveda. 2. Samaveda, 3. YAdjurveda, 4. Atxarvaveda.
Ikkinchidan, “Vedalar” garchand diniy mifologik ruhdagi asar bo‘lishiga qarmay, unda olam qanday paydo bo‘lgan uningboshi va oxiri bormi. Xudolarning vazifalari nimadan iborat deyilgan olam haqidagi dastlabki sodda qarashlarni qarashlarni uchratish mumkin. Vedalarning yakuni hisoblangan Upanishadlar (Mahfiy ta’limot) da falsafiy fikrlar bayon etilgan. Eramizdan oldingi VII asrdan –II asrgacha Qadimgi Hindistonda bir qator falsafiy maktablar, jumladan CHorvaka-Lokayata, Sankxiya, Vedanta, Vaysheshika, Yoga, Nyaya, Mimansa kabi maktablarning ta’limotlari asosiy o‘rin egallagan. Bu maktablarda borliq, xarakat, olmani bilish masalalari o‘ziga xos ravishda talqin qilingan.
Hindiston bilan bir qatorda qadimgi Xitoyda ham ilm-fan diniy mifologik va falsafiy fikrlar juda erta shakllanib borgan.
Qadimgi Xitoyda falsafiy ta’limotlarning yuzaga kelishi. Bu mavzuni quyidagi reja asosida o‘rgansa bo‘ladi.

  1. Qadimgi Xitoyda quldorlik jamiyatning yuzaga kelishi hamda hamda “Osiyocha ishlab chiqarish usuli” ning o‘ziga xos xususiyatlari.

  2. Qadimgi Xitoy diniy-mifologik ideologiya haqida.

  3. Qadimgi Xitoy falsafiy maktablari haqida (Konfutsiy, Lao szi YAn CHju falsafiy maktablari).

Qadimgi Xitoyda sinfiy qarama-qarshiliklar tobora keskinlashuvi tufayli hukmron sinf o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun jonlariga oro kiradigan g‘oyaviy qurol – dinga suyana boshladilar. Din va iohiy kuchlar to‘g‘risidagi mistik tasavvurlar qadimgi Xitoyda eramizdan taxminan XX—XV asr ilgari paydo bhlgan. Qadimgi Xitoy yozma manba’lari hisoblangan (“Go—YUy”), (“Qadimgi davr haqida so‘z”), “SHitsain” (“Qo‘shiqlar kitobi”), “Iqzin” (“O‘zgarishlar to‘g‘risidagi asar”) va “In’fitszin” (“Zulmatning garmoniyasi to‘g‘risidagi asar”) nomli kitoblardir.
Eramizdan oldingi VII-VI asrlarda Xitoyda ham turli falsafiy maktablar yuzaga kela boshladi. Qadimgi Xitoy falsafiy maktablarni analiz qilishda Konfutsiy (551-479 yillar) asos solgan falsafiy maktabning axloqiy siyosiy ta’limotiga e’tibor berish kerak.
Konfutsiy etikasining asosiy prinsplari insonparvarlik, adolat, rasm-rusumlarga rioya qilishlik, sadoqat, donishmandlik to‘g‘risida yuritmoq lozim. Bu ta’limotning keyingi falsafiy ta’limotlarning yuzaga kelishidagi ta’siri haqida ham gapirmoq lozim.
Qadimgi Xitoy falsafiy maktablaridan Lao Szi maktabi ham alohida o‘rin tutadi. Bu falsafiy maktabning asoschisi Li Tan eramizdan avvalgi VI asrda yashab ijod etgan. Uning “Dao” va “De” ta’limoti haqida gapirish kerak. “Dao” dunyoning tabiiy qonuni bo‘lsa, “De” jismlarning sifatidir. SHuningdek, bu falsafiy ta’limotdagi stixiyali dialektikaga, bilish nazariyasidagi ratsionalizmga e’tiborni jalb etmoq lozim. SHuningdek, unda ifodalangan, YAn-yorug‘lik va In — qorong‘u kuchlari haqida ham gap yuritish kerak bo‘ladi.
Ma’lumki, dastlabki ilmiy fikrlarning shakllanishida Misr va Bobilda aniq fanlar astrologiya va matematika, tibbiyotlarning rivoji va ularning xalq xayoti hamda ishlab chiqarishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ilmiy fikrlar Misr va Bobilda o‘ziga xos yo‘nalishda amaliy xarakterda, xukmron mifologik tasavvurlarga an’analarga bog‘liq holda rivojlangan. Xukmron dunyoqarash mifologik xarakterda bo‘lgan.
Qadimgi Misr va Bobilda ilmiy ratsionalistik fikrlarning yuzaga kelishi tufayli diniy mifologik qarashlar ildiziga bolta urilib, olamning paydo bo‘lishi va uning tuzilishi haqidagi dastlabki sodda materialistik tasavvurlarning yuzaga kelishi.
Qadimgi Hindistonda diniy – mifologik ideologiya. Vedalar braxmanizm ideologiyasining asosiy man’bai. Qadimgi Hindistondagi mumtoz falsafiy maktablarning, falsafiy ta’limotlarning o‘ziga xos xususiyatlari va bu maktablar ta’limotlarining ilk o‘rta asr davrida Hindistonda yuzaga kelgan falsafiy ta’limotlarga ta’siri.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling