Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.88 Mb.
bet119/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Estetik ehtiyoj. Estetik anglash va shu asosdagi faoliyat jarayonining ibtidosi estetik ehtiyojga borib taqaladi. Estetik ehtiyoj inson hayotida ro‘y beradigan barcha estetik hodisalarning asosi sifatida ham tabiiy-biologik, ham ijtimoiy-ma’naviy mohiyatga ega; «go‘zal nafs», nafosatga tashnalik, insonda estetik hissiyotni qo‘zg‘atish xususiyatini saqlab qolgan holda, keyinchalik uning butun umri mobaynida takomillashib boradi estetik muhokama, estetik baho, estetik did va estetik idealning shakllanishiga xizmat qiladi. Har bir shaxsdagi madaniyatlilik darajasi, ma’naviy salohiyati uning estetik ehtiyoji doirasi bilan o‘lchanadi. U «go‘zal nafs» sifatida boshqa ehtiyojdan talab etilayotgan ob’ektdan moddiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa manfaatlar kutmasligi, beg‘arazligi bilan ajralib turadi. Estetik ehtiyoj estetik hissiyot bilan uzviy, dialektik bog‘liq; estetik ehtiyoj ko‘pincha estetik hissiyotni uyg‘otsa, ba’zan estetik hissiyot estetik ehtiyojni vujudga keltiradi. Masalan, siz «Mirzo Ulug‘bek» spektaklini ko‘rish hohishi-estetik ehtiyoj tufayli teatrga bordingiz; spektakl mobaynida sizda estetik hissiyot-hayratlanish, zavqlanish, quvonish v.b. tuyg‘ular qo‘zg‘aldi. Spektakldan keyin esa u haqda mulohaza yuritishga, undagi ijobiy va salbiy qiyofalarni baholashga, qolaversa, yaqin kishilarga spektakl mazmunini o‘z estetik nuqtai nazaringizdan so‘zlab berishga yoki Mirzo Ulug‘bek suratini chizishga, unga atab she’r yozishga yoki u haqda insho yozishga ehtiyoj sezasiz. Demak, estetik ehtiyoj hissiyotni uyg‘otsa, hissiyot yana estetik ehtiyojni, muayyan estetik hodisani o‘zgacha badiiy-estetik talqin qilish, unga ijodiy yondashish ehtiyojini tug‘diradi. Zero, J.Lokk aytganidek, «nimaniki tushunchada bor ekan, u bundan avval hissiyotda mavjud edi; agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi uzatilmas ekan, u holda tafakkur uchun hech qanday material berilmagan bo‘ladi». Demak, estetik anglash avvalo estetik hissiyot bo‘lishini taqazo etadi.
Estetik hissiyot. Ko‘pincha adabiyotlarda estetik hissiyot «estetik tuyg‘u» so‘zida, birlik shaklida beriladi. Goh estetik kechinmaning, goh estetik hayajonning sinonimi tarzida talqin qilinadi. Bizningcha, bu unchalik to‘g‘ri emas. CHunki hayajon ham, kechinma ham bitta tuyg‘udan emas, tuyg‘ular silsilasidan iborat bo‘ladi, shu sababdan uni ko‘plikda-hislar yoki hissiyot shaklida qo‘llash maqsadga muvofiq.
Endi estetik hissiyotni tashkil etadigan hislarning ba’zilarini qisqacha ko‘rib o‘taylik.
Estetik hissiyotning ibtidosidagi tuyg‘u estetik qiziqish. Ma’lumki, qiziqish hissi, sog‘inch va qo‘msashdan farqi o‘laroq o‘tmishda ro‘y bergan hodisani emas, balki ko‘p hollarda kelajakda, tez muddat ichida ro‘y berishi lozim bo‘lgan voqelikni nazarda tutadi, unga intiladi; intilish jarayoni esa-«uchrashuv»ga tayyorgarlik degani. Estetik qiziqish sub’ektning ob’ekt haqida, hali u bilan yuzma-yuz kelmasdan turib, muayyan bir umumiy tushunchaga ega bo‘lishini, uni idrok etishga o‘zini hozirlashini taqozo etadi.
Estetik hissiyotda tasavvur xuddi estetik faoliyatdagidek katta ahamiyatga ega, uni yuqorida keltirganimizdek, dastlabki estetik tasavvur deb atash maqsadga muvofiq. Dastlabki estetik tasavvur sub’ekt ob’ekt bilan bevosita estetik munosabatga kirishmasdan avval ro‘y beradi. U orqali siz estetik munosabatga kirishadigan ob’ektini o‘zingizcha ko‘z oldingizga keltirasiz, ko‘proq umumiy manzara bilan cheklanasiz, qolaversa xayolan o‘zingiz yaratgan, aslida ob’ektda yo‘q xususiyatlarni ham tasavvurda bor deb hisoblaysiz.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling