Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.88 Mb.
bet170/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Adabiyotlar:
A-1,2, 12. Q-13,15,35. E-39-43.



  1. Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz sifatida. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy, g’oyaviy asoslari.

Reja:

  1. Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va shakllanish tarixi. Dunѐ bo‘yicha korrupsiya holatining tasnifi.

  2. Korrupsiya shakllanishining sabablari, shakllari va turlari. O‘zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi.

  3. Dunѐ va O‘zbekistonda korrupsiyani bartaraf etish mexanizmlari.

Korrupsiya va unga karshi kurash tushunchasi. Korrupsiyaga karshi kurash borasida Xalqaro huquqiy xujjatlar. Birlashgan Millatlar Tashkiloti xomiyligida qabul qilingan EKOSOS (BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi)ning Korrupsiyaga karshi kurash rezolyusiyasi (1995 yil), Davlat mansabdor shaxslarining Xalqaro axlok kodeksi (1996 yil). Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka karshi kurash konvensiyasi (2000 yil). 2008 yil iyul oyida O‘zbekiston Respublikasini BMTning “Korrupsiyaga karshi kurash konvensiyasi”ga kushilishi. O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga karshi kurashish tugrisida”gi qonuni (2017 yil). Korrupsiyaga karshi kurash ishlarida fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish mexanizmlari.
Fuqarolik jamiyatini qurishga to‘sqinlik qiladigan eng katta su’niy omil bu korrupsiya tushunchasidir. SHunga ko‘ra ilmiy adabiyotlarda korrupsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi.
Korrupsiya – mamlakat iqtisodiy resurslariga, davlat mulkini taqsimlash jarayonlarida uning bir qismiga ega bo‘lish maqsadida uyushgan jinoiy guruhning shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarining manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yuvchi davlat xizmati amaldorlarini o‘z domiga ilintirib, ulardan foydalanishi va ular bilan birikib, qo‘shilib ketishidir.
Korrupsiya” lotincha so‘z bo‘lib “aynish”, “poraga sotilish”degan ma’nolarni anglatadi va kenroq ma’noda mansabdor shaxsning o‘z mansabi bo‘yicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiste’mol qilishidan iborat jinoyat hisoblanadi.Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi.
Korrupsiya masalasi bilan Birlashgan Millatlar Toshkiloti ham alohida shug‘ullanib, maxsus qarorlar qabul qilgan hamda bu tushunchaga quyidagicha ta’riflar berilgan:
1) mansabdor shaxslar tomonidan davlat mulkini o‘g‘irlash, talon-taroj qilish va o‘zlashtirish;
2) noqonuniy foyda olish uchun o‘z xizmat lavozimini suiste’mol qilish;
3) ijtimoiy burch va shaxsiy ta’magirlik, manfaatlar o‘rtasidagi ziddiyat.
Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga xavf soluvchi tahdid hisoblanadi va mamlakatda ijtimoiy larzalarning, iqtisodiy tanglikning vujudga kelishiga, aholi ma’naviy kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. SHu boisdan O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, korrupsiyaga qarshi kurashga faol kirishib, tegishli chora-tadbirlar ko‘rmoqda. Respublikamiz Prezidenti Farmoniga binoan, ichki ishlar va prokuratura organlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limlari tuzilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashning eng muhim yo‘llaridan biri davlat boshqaruvi organlari rahbar xodimlari ma’naviyatini oshirish, ularni vatanparvarlik, ma’suliyatlilik ruhida tarbiyalash ishlarini kuchaytirish hisoblanadi. SHuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashda jahon hamjamiyati bilan birgalikda harakat qilish lozim bo‘ladi. SHu boisdan ham 2008 yil iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining “Korrupsiyaga qarshi kurash” Konvensiyasiga qo‘shilgan.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi qonuniy asosda kurash olib borilmoqda. SHu maqsadda, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonning sakkizinchi bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, fuqarolar va tadbirkorlarning, eng avvalo, davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga, Respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, shuningdek, korrupsiya tusidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ishlab chiqildi. U O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda ma’qullangan hamda O‘zbekiston Prezidentitomonidan 2017 yil 3 yanvar kuni imzolangan.“Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun 6 bob 34 moddadan iborat bo‘lib, unda “Korrupsiya”, “Korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan. Qonunda shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari ham belgilab berilgan.
Fuqarolik jamiyati mavjud bo‘lmagan sharoitda bunday bozor davlatning qattiq nazorati bilangina tartibga solinishi mumkin. Davlat organlarining korrupsiyaga aralashib ketishi ehtimoli yuksakligini hisobga oladigan bo‘lsak, erkin bozorning shakllanishi sharoitida ko‘pgina mansabdorlarning jinoiy to‘dalar ta’siri ostida tom ma’nodagi erkin bozorni shakllantirishga to‘sqinlik qilishini kuzatish mumkin.
Ko‘rinib turganidek, fuqarolik jamiyati mavjud bo‘lmagan holatda bozorda beshafqat qonunlar hukm surishi kuzatiladi. Korrupsiya domiga tortilgan davlat mansabdorlari ko‘pgina hollarda qonunbuzarliklarga qarshi kurashga bardosh bera olmay qoladi. Davlat bunday boshboshdoqlikka qarshi kurashga intilar ekan, odatda fuqarolik institutlaridan foydalanmaydi va qaytadan avtoritar usul hamda qog‘ozbozlikka duchor bo‘ladi. Bu esa bozor munosabatlarining ko‘psonli ishtirokchilarining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
“...Qadimgi dunyoning buyuk donishmandlari “Nimaiki qonuniy bo‘lsa, u - adolatlidir”, deb ta’kidlaganlari bejiz emas. Ular shu tariqa aynan qonun adolat manbai va mezoni ekanini uqtirganlar, desak, har tomonlama o‘rinli bo‘ladi. Va aksincha, agar qonun bajarilmasa, qonunda bir narsa yozilib, hayotda hammasi boshqacha bo‘lsa, odamlarning Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda muhrlab qo‘yilgan adolat va demokratiya normalariga nisbatan har qanday ishonchi yo‘qoladi. Bunday holat barchamizga ayon. Qonun va qonun ustuvorligi bo‘lmagan joyda avvalo uning o‘rnini korrupsiya degan balo egallaydi”, - deb ta’kidlaydi27.
Siyosatshunos N. Gardele bu haqida shunday yozadi: «Ehtimol butun er yuzida Singapurchalik tartiblilik, yuqori texnologiyalar, boy o‘rtacha sinf, madaniyat va tolerantlik bilan XXI asrga qadam qo‘yishga tayyor shahar-davlat bo‘lmasa kerak. Hali 1965 yilda ham Singapur iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan CHili, Argentina va Meksika bilan bir darajada turgan edi, endilikda esa bu mamlakatda ishlab chiqarishi aholi jon boshiga yuqoridagi mamlakatlardan 5 barobar ko‘p. Ichki yalpi mahsuloti — 136 milyard dolllarni tashkil etadi. Daromadi bo‘yicha aholi jon boshiga 45 ming dollardan ziyodni tashkil qilayotgan bu mamlakat jahonda etakchilik qilmoqda. Xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida Singapurda korrupsiya va jinoyatchilik ko‘rsatkichi jahonda eng quyi darajada ekanligi aniqdangan. Singapur respublikasi - qirq yillik milliy suverenitetidan keyin rivojlanayotgan emas, “rivojlangan mamlakat” maqomini olgan Janubiy - SHarqiy Osiyodagi yagona mamlakatlardan biri hisoblanadi28.
Hozirgi davrda Singapur - yuqori farovonlikdagi hayot tarziga ega yirik ishlab chiqarish markazidir. Bu erda siyosiy jarayon uch ketma-ket bosqich bo‘yicha rivojlanib borgan. Birinchi bosqichda avtoritar rejim joriy etilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda esa iqtisodiy rivojlanishga urg‘u berilgan, shuningdek jiddiy siyosiy masalalar ayni shu bosqichda hal etilgan. Uchinchi bosqichda 14 - ishlab chiqarish modernizatsiyasi amalga oshirilgan va siyosiy tizim yanada takomillashtirilgan.
Siyosiy jarayoning asosiy ishtirokchisi sifatida davlat, fuqarolik jamiyati, siyosiy partiya va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligi bu davlatda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Singapur davlatida ijro hokimiyati qonun chiqaruvchi hokimiyat ustidan nazorat o‘rnatgan. CHunki aynan davlat vazirliklar orqali muhim strategik qarorlarni qabul qilish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalar ustidan nazoratni amalga oshirish va monopoliya huquqlaridan foydalanadi. Hukumat va jamiyat bilan vositachi sifatida aynan siyosiy partiyalar faoliyat olib boradi. Singapurda Evropa namunasi asosida ko‘p partiyaviylik va xalq harakati ustunlik qiladi. Singapurda barcha partiyalar konstitutsion-huquqiy rasmiylashtirilgan va qonuniy maqomga ega bo‘lib siyosiy jarayon va demokratiyaning ajralmas atributi hisoblanadi29.
Singapur davlatining keyingi rivoji jamiyatni demokratlashtirish bilan bog‘liq. Oxirgi yillarda bu erda demokratiyani takomillashtirish davlat strategiyasi aniqlab olindi. Bular quyidagi islohotlarni amalga oshirishda o‘ziga xos o‘rinni egallaydi:

    • jamiyatning ijtimoiy yaxlitligini mustahkamlash;

    • yagona singapur millatini shakllantirish;

    • iqtisodiy taraqqiyot, ta’lim tizimini modernizatsiyalash;

    • korrupsiya bilan kurash.

Globallashuv so‘zi “g1oba1” so‘zidan olingan bo‘lib, er shari ma’nosini bildiradi. Global o‘zgarishlar, ob’ektiv jarayoni, u ijtimoiy hayotning barcha sohalariga o‘zining ta’sirini o‘tkazmoqda.
U ijobiy va salbiy jihatlariga ega. Ma’lumki, uinsonlar ma’naviy hayot sharoiti, imkoniyatlarini yanada oshirish bilan birga, ayni paytda ma’naviyatga tahdid soluvchi ayrim salbiy oqibatlarga ham olib kelmoqda. Bu global yutuqlardan qanday maqsadda va kim tomonidan qanday maqsadda foydalanishi bilan bevosita bog‘liq.Daxldorlik hissi fuqarolikni anglash, fuqarolik mas’uliyati, insonlarni inson sifatida qadrlash, uning hayotiga, sha’ni, qadr-qimmatini, daxlsizligini hurmat qilish tuyg‘ulari bilan mujassam holda amalda namoyon bo‘lishini hisobga olsak, daxldorlik xissiga salbiy ta’sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilarni qo‘shish mumkin:
O‘zbo‘larchilik; ommaviy madaniyat; beparvolik; loqaydlik; sotqinlik; xudbinlik; mahalliychilik; urug‘-aymog‘chilik; korrupsiya; qonunni hurmat qilmaslik; vatansizlik.
Ana shunday globallashuv fenomeni haqida gapirganda, bu atama bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’noni anglatishini ta’kidlash lozim

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling