Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati


Download 0.88 Mb.
bet169/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

4. Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati. Missionerlik lotin tilidan “missio”, ya’ni “jo‘natish”, “topshiriq” so‘zidan olingan bo‘lib, diniy tashkilot shakllaridan biridir. Uning maqsadi hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydiganlar yoki boshqa dinlarga mansub shaxslarni muayyan dinga kiritishdir. Aslida esa missionerlar muayyan ijtimoiy guruhning siyosiy maqsadlarini amalga oshirishni o‘z oldilariga vazifa sifatida qo‘yadilar. Missionerlik faoliyati boshqa davlatlarda amalga oshirilishi bilan ta’riflanadigan “tashqi” missiya hamda dinsiz va boshqa dinga mansub shaxslar orasida davlatning o‘z hududida amalga oshirilishini nazarda tutuvchi “ichki” missiyaga bo‘linadi.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, missionerlik faoliyati turli dinlarga mansub guruh va jamoalar faoliyatida kuzatilganligini ko‘rish mumkin. Masalan, buddizmda missionerlik ko‘plab hollarda sayyor monaxlar tomonidan amalga oshirilib, miloddan avvalgi III asrdan boshlab tarqalgan. Xristian missionerligi milodiy IV asrda paydo bo‘lib, XIII-XIV asrlarda u Hindiston, Xitoy va YAponiyagacha kirib kelgan. Katoliklar cherkovining missionerligi ispan va portugal mustamlaka imperiyalar vujudga kelishidan keyin o‘z faoliyatini kuchaytirgan (XV-XVI asrlar).
AQSHda missionerlik tashkilotlari XIX asr boshida paydo bo‘lgan. Imperialistik davlatlar jahonni bo‘lib olish uchun kurash olib borgan davrni o‘z ichiga olgan XIX asrning oxirgi uchdan birida missionerlik faollashgan.
Missionerlik faoliyatining eng cho‘qqisi bu prozelitizm. Prozelitizm – bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni majburan o‘z dinidan voz kechtirish va o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilishdan iborat.
Prozelitizm illatining ba’zi bir noxush natijalarini keltirish mumkin: Misol uchun, bir qancha vaqt islom dinida yurib, keyinchalik boshqa dinni qabul qilgan kishilar vafot etganda, jasadlarini musulmon qabrlariga qo‘yish muammo tug‘diradi. Sababi, mayitning musulmon ota-onalari o‘z farzandlarini noislomiy din vakillarining mozoriga dafn etishni xohlamaydilar. Musulmonlar esa, noislomiy din vakilining jasadini o‘z musulmon birodarlari yotgan joyga dafn etishni istamaydilar. Natijada kelishmovchiliklar kelib chiqadi.
Missionerlik faoliyati bir nechta maqsadni ko‘zlab amalga oshirilishi mumkin. Masalan,
- boshqa xalq vakillarini o‘z diniga kiritish. Ushbu g‘oya orqali o‘zga dinlarga e’tiqod qiluvchi shaxslarni iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan g‘arb davlatlari ta’sir doirasiga tushirib olish;
- ma’lum xalqlar o‘rtasida o‘z e’tiqodiga nisbatan shubha paydo qilish va asta-sekin ishonch – e’tiqodidan voz kechishga olib kelish va shu orqali o‘zlarining saflarini yanada kengaytirib borish va boshq.
Ushbu maqsadlariga erishish uchun missionerlar barcha uslub va metodlarni qo‘llashga tayyor bo‘ladilar. Jumladan, ular ataylab ayrim jismoniy xastalik (nogironlik) oqibatida og‘ir ruhiy holatga tushib qolgan va hayotda biroz moddiy qiyinchiliklarga uchrab turgan shaxslarni topib olib, ularga turli shakldagi moddiy yordamlar ko‘rsatadilar. Ularning ko‘nglini har tomonlama olishga urinadilar. Bunday “sa’y-harakat”lari bilan ular mahalliy aholi o‘rtasida o‘zlari haqida ijobiy fikr uyg‘otadilar.
SHuningdek, mahalliy xalq o‘rtasida ularning ona tilida chop etilgan ancha chiroyli, rangli-bezakli muqovadagi kitob va jurnallarni bepul tarqatib, ularda bosilgan maqola – materiallarda tub aholiga mutlaqo yot bo‘lgan o‘zga dinlar g‘oyalarini targ‘ib qiladilar. Missonerlar boshqa dinlarga kirishga chaqiruvchi lavhalar aks etgan video-audio kassetalarni aholiga bepul tarqatadilar.
Bundan tashqari, ular turli san’at asarlari ko‘rgazmalarini, sport o‘yinlari musobaqalarini tashkil etish va ushbu tadbirlar ishtirokchilariga qimmatbaho sovg‘alar ulashish, ayrim tibbiyot va ta’lim-tarbiya muassasalariga malakali mutaxassis kadrlarni “ish”ga yuborish, yakka-yolg‘iz va o‘zgalar yordamiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ko‘ngilochar maktublar yo‘llash, yoshlar tashkilotlari bilan o‘zaro “hamkorlik” o‘rnatish, kompyuter yoki chet tillarini o‘rgatish klublarini tashkil etish, o‘z saflariga qo‘shilganlarni tez-tez moddiy rag‘batlantirib turish va xorijiy mamlakatlarga o‘qish yoki malaka oshirish safariga yuborish hamda ishga joylashishga ko‘maklashadilar. Biroq, ularning bunday harakatlari milliy ma’naviy barqarorlikka tahdid soladi. Bordi-yu missionerlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlariga erishadigan bo‘lsalar, mamlakatda xalqning parokandalikka yuz tutishi va ma’naviy tanazzulning kelib chiqishi tayin.
CHunki, din – bu milliy ma’naviyatning tarkibiy qismi, millatni birlashtirib turuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Missionerlik aynan shunday diniy qarashlarga o‘z ta’sirini o‘tkazib xalqning barqarorligini buzadi. Aynan shuning uchun ham respublikamizda prozelitizm va boshqa missionerlik faoliyati qonun bilan ta’qiqlab qo‘yilgan. Bunday faoliyatni amalga oshirgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 240-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solinadi yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olinadi.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling