Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.88 Mb.
bet92/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Genetik ta’rifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalagan predmetning kelib chiqishini ko‘rsatish orqa-li ochib beriladi. Masalan, «Oksid metallarning kislorod bilan reaksiyaga kirishishi natijasida hosil bo‘lgan kimyoviy birikmadir», degan ta’rif genetik ta’rifga misoldir. Bu ta’rifning mantiqiy tarkibi yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflash bilan bir xildir.
Ta’riflash ma’lum qoidalarga rioya qilishni talab etadi. Ular quyidagilardan iborat:
a) ta’rif teng hajmli bo‘lishi kerak, ya’ni aniqlanuvchi tushuncha hajmi bilan aniqlovchi tushunchalar hajmlari yig‘indisi teng bo‘lishi kerak. b) ta’rif aniq bo‘lishi kerak. Buning uchun obrazli iboralar, mazmuni noaniq so‘zlar ishlatilmasligi lozim.
v) ta’rif aylana shaklida bo‘lib qolmasligi kerak. Ta’rif berishda aniqlovchi tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o‘ziga murojaat etilsa, ta’rifda aylana hosil bo‘ladi.
Tavtologiya ham shu qoidaning buzilishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunda aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan bo‘ladi.
g) Ta’rif iloji boricha inkor shaklida bo‘lmasligi kerak.
Bilish jarayonida ta’riflashga o‘xshash usullar ham ishlatiladi. Ulardan tushunchani ta’riflashning yuqorida biz ko‘rib chiqqan turlarini qo‘llash mumkin bo‘lmay qolganda yoki unga zaruriyat bo‘lmaganda foydalaniladi:
a) ta’riflashga o‘xshash usullardan biri tushunchani unga qarama-qarshi bo‘lgan tushuncha orqali ta’riflashdir. Bu usul bilan odatda kategoriyalar mazmuni ochib beriladi. Masalan, «Ong materiyaning miyamizdagi in’ikosidir»;
v) tasvirlashda tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning ba’zi tashqi belgilarini ko‘rsatish orqali aniqlanadi. Badiiy asarlarda tabiat manzaralarini, personajlarning portretlarini chizish, sodir bo‘lgan birorta voqeaning bayon etilishi tasvirlashga misol bo‘ladi;
s) tavsiflash yordamida predmetning ba’zi bir munosabatdagi muhim tur belgilari ko‘rsatiladi. Bunga misol qilib birorta shaxsga berilgan tavsifnomani ko‘rsatish mumkin.
Tafovutlash, ostensiv ta’riflash kabi usullar ham mavjuddir.
Ta’riflash – bilishda katta ahamiyatga egadir. U qisqa holda predmet haqida yaxlit fikr, tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Lekin predmet haqida fikr yuritganda u bilan cheklanib qolish mumkin emas. U, albatta, bilish jarayonida boshqa bilimlar yordamida konkretlashtirilishi, chuqurlashtirilishi zarur. Ana shundagina tushuncha ifoda etuvchi predmet haqidagi tasavvur aniq, to‘laroq bo‘ladi.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling