Falsafa fanidan mustaqil ish
Download 93.04 Kb.
|
Jamiyat va tarix falsafasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZAIRLIGI FALSAFA FANIDAN MUSTAQIL ISH O’qituvchi: Axmedov A Tayyorladi: Ortiqov D. Iqtisodiyot yo’nalishi 22-7 guruh talabasi TOSHKENT – 2023 Jamiyat va tarix falsafasi Reja: 1. Jamiyat va tarixning o’zgaruvchanligining falsafiy jihatlari. 2. Tarix falsafasining tuzilishi va funksiyalari.Demokratik davlat va fuqarolik jamiyatida nodavlat tashkilotlarning tutgan o’rni. 3. Sivilizasiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi. 4. Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati.Qadrlilik va qadrsizlanish, ularning ijtimoiy xarakteri . Inson va insoniyat borlig’i o’ziga xos betakrordir. Bu borliqning hamma odamlarga xos tomonlari bor. Inson borliq sifatida tabiat bilan uzviy bog’liq. Chunki inson kosmosning (koinotning) faol qismi sifatida u bilan bog’liq holda yashaydi, mavjud bo’ladi. Inson tabiat evolyusiyasining ajralmas qismi sifatida o’ziga xos ijtimoiy evolyusiyani tashkil etadi. Insonlar esa o’zaro birlikda jamiyatni tashkil etadi. Ijtimoiy falsafa jamiyatning mohiyati va uning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi. Biz falsafa tarixiga nazar solsak jamiyat sirlarini ochish uchun harakat qilmagan falsafiy yo’nalishni ko’rmaymiz. Platon o’zining «Davlat» nomli asarida jamiyat to’g’risidagi ta’limotni g’oyalar dunyosining sir-asrori bilan bog’liq holda o’rgandgan. Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shaxri» asarida insonlar o’rtasidagi munosabat, birgalikda yashash, tinch-totuv bo’lish to’g’risida «hamkorlik, moddiy va ma’naviy totuvlik jamiyatning asosini tashkil etadi»,- deb ta’kidlaydi. O’rta asr g’arb falsafasida jamiyat to’g’risidagi qarashlarda teosentrik nazariya ustuvor bo’lgan. Yangi zamon falsafaning vakillari, Gobbs va Lokklar davlatning shartnoma konsepsiyasini va shu asosda ijtimoiy shartnoma konsepsiyasini ishlab chiqdilar. Falsafa kursida ijtimoiy shartnoma bo’lishi va uning huquqiy, dunyoqarash ahamiyati bayon etila bordi. Gegel jamiyat, madaniyat sohalarning ilmiy-falsafiy asoslarini maydonga tashladi. Ijtimoiy hayot ham tabiat singari obyektiv qonunlarga ega. Bu qonunlar inson irodasiga, xohishiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud deb ko’rsatdi. Marks jamiyatni ijtimoiy munosabatlar yig’indisidan iborat deb aytdi. Biroq Gegel ham, Marks ham jamiyatdagi qonunlarni mavhum, konkret shaxs faoliyatidan ajralgan holda o’rgandi. Pozitivizm (Kont, Spenser) tabiat fanlaridan maxsus ijtimoiy fanlarni ajratdi va jamiyat uning o’ziga xos xususiyatlari o’rganuvchi – sosiologiyaga asos soldi. Hayot falsafasi va fenomologiya (Gusserl, Shyus) kundalik hayot ijtimoiyogiyasini o’rgandi. Hozirgi zamon ijtimoiy falsafasining o’ziga xos tomoni nimada? Bunda gap ijtimoiy jarayonlarga falsafiy yondoshish xaqida ketadi. Afsuski, uzoq vaqt davomida-sho’rolar hukmron bo’lgan davrda jamiyat to’g’risidagi ta’limotda markscha – lenincha qarashlar hukmron edi. Bugungi kunda ham bu qarash ijtimoiy hayotni yangicha tahlil qilishga halaqit bermoqda. Zamonaviy ijtimoiy falsafada jamiyat ma’naviy birlik, inson faoliyati, inson mahsuldorligi hamda mantiqiylik nuqtai nazarda tahlil qilinmoqda. Insonning «Tabiatdan jamiyatga» konsepsiyasi falsafada jamiyatni naturalistik tushunish deb ataladi. Bu konsepsiyada jamiyatning rivojlanishida geografik va demografik omillarning o’rni qaraladi asosiy deb. Odamning paydo bo’lishi Darvin ta’limoti asosida tushuntiriladi. ijtimoiy borliqqa biolog – tabiatshunos ko’zi bilan qaraladi. Psixologizm konsepsiyasi. Bunda ijtimoiy hodisani insonning murakkab ruhiyati bilan bog’laydilar. Ularning fikricha, ijtimoiy hayot ruhiy – fiziologik holat bilan belgilanadi. Biroq madaniyat, inson amaliy faoliyatini ruhiy – fiziologik nuqtai nazardan to’la – butkul izohlab bo’lmaydi. Hozirgi kunda ijtimoiy hayotni tekshirishda ruhiy tahlil nazariyasi o’stivorlik qilmoqda. Ruhiy tahlil asoschisi Freyd jamiyatni inson ruhiy dunyosidagi instinkt bilan izohlaydi. Uning fikricha, ikki instinkt inson hayotida eng muhim ahamiyatga ega. Gap hayot instinkti eros va o’lish instinkti tanatos haqida boradi. Insonning jinsiy moyilligi negizidagi ikki instinkt kurashi ijtimoiy borliqning asosida turadi. (1) Freyd. Din, axloq, ijtimoiy hissiyotlar tajovuzkorlik instinktini bo’shashtiradi. Ijtimoiy va axloqiy qoidalar insonning ongsiz faoliyatiga zid kelganligi uchun muayyan sivilizasiya taqiqlagan, ongdan ustun turgan normalarni inson ba’zan buzadi. Ruhiy tahlil falsafasining vakili Fromm insonning ma’naviy hayotini ijtimoiy munosabatlar va inson xarakteri nuqtai nazaridan izohlaydi. Inson xarakteri ijod qiluvchi, yaratuvchilikka qaratilgan bo’lib, inson o’z borlig’ini, insoniyligini namoyon qilib yashaydi. Inson ana shunday faoliyatini namoyon qilishi uchun ijtimoiy sharoit bo’lishi kerak. (2) Fromm. XX asr falsafasidagi ijtimoiy psixologik oqim o’z qarashlarini ijtimoiy amaliy ta’sir konsepsiyasida (M. Veber, G. Parsons) davom ettirdi. Ular harakatdagi shaxsning boshqa odamlarga, boshqa obyektga ta’siri haqida fikr yuritadilar. Har bir individ (yakka shaxs) ijtimoiy normalarni o’zicha «dasturlantiradi» va ijtimoiy hayotni o’zining ana shu mustaqil nuqtai nazaridan baholaydi, masalalarni hal qilish bo’yicha qaror qabul qiladi va shu asosda faoliyatda bo’lib, u yoki bu vazifalarni bajaradi. Butun jamiat ijtimoiy amaliy ta’sir tizimi sifatida namoyon bo’ladi. Bu konsepsiya ko’pincha ijtimoiy aloqa tizimida shaxsni mutlaqlashtirishni qoralaydi. Bunga javoban simvolik interaksionizm o’zaro talab javobini beradi (J. Mid). Midning fikricha, o’zaro ta’sir (interaksiya) simvolik ta’sir bo’lishi mumkin. Ta’sir etuvchi shaxs, albatta, boshqa odam ta’siriga javob beradi. Faoliyatda bo’lgan har bir obyekt o’zi bajarayotgan jarayon uchun simvolik bo’lib xizmat qiladi. Har bir odam o’z rolini o’ynaydi; shifokor, olim, talaba va hokazo kim bo’lmasin, baribir hammalarining o’z roli bor. ... dunyo – teatr, Bunda ayollar, erkaklarning har biri artistdir, Ularning sahnaga chiqishi, ketishi bor, Har biri o’z rolini boshqacha o’ynaydi. U.Shekspir «Men» – ijtimoiy tajriba belgilagan rolni o’ynayman. Individ ijtimoiy munosabatlar asosida shakllanib boradi. Uning ijtimoiylashishi ana shu tarzda namoyon bo’ladi. Inson predmet ta’sirida emas, balki ijtimoiy omillar ta’sir shakllanib boradi, deb ta’kidlaydi Marks. XX asrdagi ijtimoiy konsepsiyalardan biri «Lingvistik tub o’zgarish» deb ataladi. Ularning fikricha, til insonning eng muhim belgisi, shu bois u jamiyatning qiyofasini belgilaydi. Yu. Xabermas odamlar orasidagi munozara ma’lum qoidalarga asoslanadiki, shu asosda munosabatlar shakllanadi, birgalikda faoliyatda bo’lish tamoyillari ishlab chiqiladi, deb yozadi. Jamiyat kommunikativ – diskurtiv (birgalikda dunyoni tushunish) bir butunlik asosida tashkil topadi. Bunda oshkoralik, demoqratiya, tanqidiylik hukmron bo’ladi. Biz yuqorida ijtimoiy falsafaning turli konsepsiyalarini ko’rib chiqdik. Ayrim shaxs faoliyati asosida butun bir xalq, millat haqida hulosa chiqarish mumkinmi? Bu savolga ijtimoiy falsafa hozircha «yo’q» deb javob bermoqda. Jamiyat shunday tashkil qilingan tizimki, unda alohida shaxsdan tashqari ma’naviy hayot, inson simvolik (ramziy) dunyosi va shu faoliyatning natijasi ham mavjuddir. Demak, jamiyat insonlarning tizimli tashkil qilingan birgalikdagi hayotiy faoliyatidan iborat. ijtimoiylik – jamiyatga tizimli tavsif berish demakdir. ijtimoiylik (ijtimoiyllik) deganda insonlarning birgalikda mavjud bo’lishini xarakterlaydigan hamma hodisalar tushuniladi, bu tabiiy – fiziologik – biologik jihatdan farq qiladigan tomonidir. ijtimoiy yoki ijtimoiylik odamlar o’rtasidagi bevosita yoki bilvosita munosabatlarning o’zaro ta’siri natijasida jamiyatning turli qatlamlarga bo’linishidir. Insonlar munosabatisiz ijtimoiylik mavjud bo’lmaydi. Uning tashuvchisi inson va mahsulotlar yaratishdagi insonning faoliyatidir. Ijtimoiylik (ijtimoiylik) har qanday shaxsga xos xususiyat. Insonning ijtimoiylashuv jarayonini o’rganish alohida shaxs ongining ijtimoiy tomonini o’rganishdan boshlanadi. Alohida odam ijtimoiylikdan tashqarida qaraladigan bo’lsa, faqat uning ongi ruhiy, neyrofiziologik jihatdan qatnashganligi o’rganiladi, xolos. Ijtimoiylik boshqa odamning ta’siri, unga bo’lgan munosabatda paydo bo’ladi. Natijada insonning ruhiy dunyosi yangi ijtimoiy darajaga ko’tariladi. Jamiyat o’ziga xos eng ko’zga ko’rinmas munosabatlar asosida yakka shaxslar o’rtasidagi o’zaro munosabatning natijasi sifatida namoyon bo’ladi. Demak, ular o’rtasida ma’lum aloqalar mavjud bo’ladi. Jamiyat makrostrukturasi jihatdan odamlar, mutaxassislik, demografik, iqtisodiy - siyosiy dunyoqarash mazmuniga ko’ra, o’zaro turli xil aloqada bo’ladilar. Bu aloqalar kichik guruhlardan tortib xalq, millatqacha bo’lgan munosabatlarni o’z ichiga oladi. ijtimoiy tuzilishni o’rganganda jamiyatning makrostrukturasini aniqlash juda murakkab masala. Ularda umumiy o’zak, umumiy jismoniy birlik yo’q. Lekin ma’naviy birlik, fikrlash birligi, umumiy ong – ijtimoiy ong mavjud. Jamiyatning makrotuzilishi tizimli (sistemali) xarakterga ega. Uning sistemaliligi bir butun jamiyatni tashkil etadi. Jamiyatning bir butun tizimliligi bir makonda bo’laklarning birgalikda faoliyatda bo’lishini, jamiyatning birgalikda ishlashini ta’minlaydi. Alohida shaxslar ruhiyati – ongi asosida ijtimoiy ong vujudga keladi. Jamiyatning makrotuzilishga ega bo’lgan ijtimoiy hayoti bir butun ong va ruhiyatni tashkil qilishining sababi uning bir butun tizimli tuzilishga ega bo’lishidadir. Til, madaniyat, amaliyot, san’at, fan, axloqlarning ma’lum tizimga tushganligini hamma biladi. Biz tizim nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak, shaxsning ichki o’zgarish jarayonining ham bir butun sistemadan iborat ekaniligini ko’ramiz. Uning ongi, hissiyoti, tili va madaniyati, dunyoqarashi kabilar bir butun tizimga ega ekaniligini ko’rsatadi. Tizim oz sonli odamlardan, millat va xalqlardan ularning his tuyg’ulari, fikrlari, dunyoqarashining o’zaro birligi asosida tashkil topishi mumkin. Tizimda tartibsizlik (xaos) tartibga aylanib boradi. Ana shu tartib asosida madaniyat, san’at, axloq, til normalari vujudga keladi. Xalq, millatning ko’pchiligi unga amal qiladi. Ma’lum tizimdagi odamlarning juda ko’p umumiy tomonlari bor (urf – odat, an’ana, fikrlash stili va boshqalar). Biroq ularning o’ziga xos tomoni ham bor. Demak, ijtimoiylik tizimlilik ta’siri asosida umumiylik va o’ziga xoslikni o’z ichiga oladi. Jamiyat taraqqiyotida rasionallikning ahamiyati Falsafa fanni tahlil qilar ekan, uning asosiy xususiyatlari, bir butun umumiy yo’nalishlariga ahamiyat beradi. Ijtimoiy taraqqiyotning umumiy yo’nalishini harakatga keltiruvchi kuch nima? Falsafa bu savolga javob beradi. Ijtimoiy hayotni ilmiy tahlil qiladigan falsafa bormi? Ba’zi faylasuflar bu savolga salbiy javob beradilar. Chunki tabiatda zaruriyat, qonuniyat hukmron bo’lsa, jamiyatda erkinlik mavjud, shuning uchun inson irodasi, erkin tafakkurni qonunlashtirib bo’lmaydi, deydilar ular. Gegel va Markslar ijtimoiy hayotning o’z qonunlari bor va bu qonunlar inson ongidan tashqarida, uning ongiga, irodasiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud, deb aytdilar. Marks ijtimoiy - iqtisodiy formasiya haqida o’z ta’limotini yaratdi. Bu konsepsiyaga ko’ra, jamiyat boshlang’ich jamoa tuzumidan qulchilikka, qulchilikdan feodalizmga, feodalizmdan kapitalizmga va undan kommunizmga muqarrar o’tadi. Bu Marks ta’limoti chiziqli, bir yoqlama tafakkurga asoslanganligidan dalolat beradi. Ikkinchidan, Gegel ham, Marks ham ijtimsoiy qonunlarni shaxs faoliyatidan ajratib qo’yganlar. Ular individning jamiyatdagi betakror o’rni va rolini inobatga olmaganlar. Strukturalistlar esa jamiyatning insondan tashqarida inson irodasiga bog’liq bo’lmagan tuzilishi haqida fikr yuritadilar. Ular jamiyat ma’lum qonuniyatlar asosida rivojlanadi, deb ko’rsatadilar va inson faoliyatiga e’tibor berish masalasida kamchilikka yo’l qo’yadilar. XX asrning ikkinchi yarmida falsafada "lingvistik" tub o’zgarish yuz berdi. Mantiqiy pozitivizm, analitik falsafa tarafdorlari, keyinchalik Vitgenshteyn kabi olimlar falsafada burilish yasadilar. Ular jamiyat to’g’risidagi fanni ma’lum fikrlarni ifoda etish bilan bog’ladilar. 1942 yilda Gempel ijtimoiy fan soha vakillariga mulohaza orqali deduktiv xulosa chiqarish modeliga o’tishni taklif qiladi. Biroq bu maktabning ayrim vakillari, jumladan, Vitgenshteyn Gempel mantig’i tor doirada ekanligini, tilning imkoniyati keng ekanligini, bitta sxema doirasida ish ko’rish mumkin emasligini ta’kidladilar. Bir necha bor munozaradan so’ng ijtimoiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qilishini tan olishdi. Biroq munozara hamon davom etmoqda. Tajribalar, eksperimentlar ijtimoiy hodisalarga ham tatbiq etildi. Natijada jamiyat o’rganish bo’yicha empirik sosiologiya kabi fanlar paydo bo’ldi. Neopozitivizm va postpozitivizmning fan dasturi ijtimoiy hayotga ham tatbiq etildi. Ijtimoiy sohalar matematik model bilan o’rganilib, ma’lum muvaffaqiyatlarga erishildi. Nima uchun matematik formulalar, o’zining aniqligi bilan ajralib tursa-da, ijtimoiy sohada fizik formulalardan ustun tura olmadi? Matematik modelning iqtisodiyot sohasida qo’llanilishi juda katta natija bergan bo’lsa-da, tabiatdagi (oniy) lahza-tezlik, iqtisoddagi qiymat ko’rinishi fizikaviy model bilan hal qilindi. Zarrachalarning holati xuddi insonlar faoliyatidagidek erkin, oldindan bilib bo’lmas darajada ekan. Fizik-tadqiqotchi katta miqdordagi zarrachalarning holatini aniqlash uchun statistik qonunlarni ishlatadi. Alohida, yakka zarrachaning holati uchun esa ehtimollik nazariyasini qo’llaydi. Shunga o’xshash ijtimoiy hodisalarda ham alohida olingan odam faoliyatini ehtimollik nazariyasi asosida qayd qilinsa, ko’pchilikning faoliyati esa statistik qonun asosida yoziladi. Demak, jamiyat qonunlari o’ziga xos xarakterga ega bo’lish bilan birga tabiat qonunlari bilan o’xshashligi ham bor. Germenevtik metod esa ijtimoiy hodisalarning o’ziga xos tomonini talqin qiladi. (M.Veber, G.Parsons). Tabiat bizga begona... jamiyat esa-bizning dunyo (3) V.Diltey Biroq tabiat haqidagi ta’limot ham inson faoliyatining shaklidir. Ularni tushunish, anglash eng muhim masalalardan biridir. Jamiyat to’g’risidagi fan bormi? Albatta bor. Ma’lum faktlar, tajribalar asosida jamiyatni ilmiy o’rganishga kirishiladi. Inson o’zining bilimlari asosida jamiyatning rivojlanish yo’llarini, umumiy tendensiyalarini topadi. Bu esa fan yo’lidir. Jamiyatning inson o’rganmagan biror sohasi yo’q. Insonning qalbi kabi hodisalar borki, ular ham ilmiy tahlil qilinadi. Fan hamma vaqt haqiqatni ochishga intiladi. Fan uchun aqllilik eng asosiy o’rinni egallaydi. Demak, ijtimoiy hayot aqliy metod orqali, jamiyatning rivojlanishi esa uning normalari, usullari orqali esa o’rganiladi. Fan inson hayotining ichki, murakkab tomonlarini o’rganadi. Buni kundalik ong bilan hal qilib bo’lmaydi. Ilmiy tahlil, oldindan bilish ijtimoiy hayotga ham tegishli. Bu ilmiy-rasional metod orqali amalga oshadi. Bu yuksak tipdagi (rasionalllikdir) aqllilikdir. Rasionallik insonning ongli, maqsadga qaratilgan faoliyati sifatida qaraladi. Veber insonda to’rtta ijtimoiy ta’sir mavjudligini aytadi ko’rsatadi. Ular qattiq hayajon, an’anaviylik, rasional qadriyatlar uva rasionallikdir. Uning fikricha, eng asosiysi qattiq hayajondir. Bunda inson o’z xohishini qondirishga intiladi. Individ ana shu ustunlik asosida ish tutadi. qattiq hayajon hamma vaqt ham natija beravermaydi. Chunki u hamma vaqt ham o’ylangan, atroflicha fikrlangan bo’lmaydi. Bunda an’anaviy ta’sir, qoida va qonunlar ish beradi. O’tmishga tahlid qilish an’ana va odatlarga asoslangan bo’ladi. Bular qat’iy xulosalar bo’lib, odatda tanqid qilinmaydi. Rasional qadriyatlar ma’lum mustaqil harakatga ma’lum dastur asosida faoliyatda bo’ladi. Nihoyat maqsadli-rasional faoliyat. Bunda subyekt aniq dastur asosida maqsadga qaratilgan bo’ladi. Bu ijtimoiy hayotni o’rganishdagi rasional (aqliy) momentning o’sib borishidir. Faoliyatni o’rganishning rasional modeli maqsadli aqllilikni tashkil etadi. Jamiyat haqidagi fan avvalo maqsadli rasional-aqliy faoliyat bo’lib, bunda pragmatik metod ustun turadi. Tabiat fanlari esa pragmatik metodga emas, balki gipotetik-deduktiv metodga asoslanadi. Gipotetik-deduktiv metod fanda ish qanday holatda bo’ladi, degan savolga javob bersa, pragmatik metod o’ylangan maqsadga erishish uchun nima qilish kerak, degan savolga javob beradi. Ijtimoiy falsafa Falsafa tarixida Jamiyat nima? Jamiyatning mohiyati, xususiyati Qadimgi falsafada U yoki bu darajada muvaffaqiyatli, birligidan iborat. Jamiyatda adolatning adolatsizlik ustidan g’alabasi (Avesto) O’rta asrlarda Dunyoviy haqiqatdan ilohiy haqiqatga intilish. Foniy dunyodan boqiy dunyoga tayyorgarlik. Yashashdan murod cezgulik (Ibn Sino). Jamiyat – insonlikdir. Insonlik mohiyati haqiqiy baxt saodatga erishuv ekan, inson bu maqsadni o’zining oliy g’oyasi va istagiga aylantirib, bu yo’lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u baxt–saodatga erishadi (Forobiy) Yangi zamonda Insonlik tuzilgan ijtimoiy shartnoma asosida birgalikda yashashdir. (Lokk, Russo) Insonlarning birgalikda mehnat qilishi jarayonidagi o’zaro munosabat. XX asrda Insonlarning ijtimoiy ta’siri tizimi bo’lib, u qadriyatlarni yaratish bilan belgilanadi (Veber, Parsons, Sorokin va boshqalar) Insonlarning yaxshi tashkil qilingan munozara normalari asosi yangi kommunikasiya aloqalaridir (Xabermas va boshqalar) Jamiyat taraqqiyotining asosi uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch-ma’rifatdir (I. Karimov) Tarix yunoncha historia so’zidan olingan bo’lib, o’tmish voqyealar haqida hikoya, bo’lgan hodisalar degan ma’noni anglatadi. qadimgi dunyodayoq tarixga universal bilish sifatida qarab kelingan. O’tmishning bugun va kelajak bilan aloqadaligini tarix ko’rsatadi. O’tmishni qanday bilish mumkin? O’tmish bugungi kun bilan, kelajak bilan qanday aloqada bo’ladi? U yoki bu xalq tarixining bir butun universal ma’nosi bormi? Bu va shu kabi savolllarga tarix faldsafasi javob beradi. Demak, tarix falsafasini yaratish uchun bir butun inson evolyusiyasini, uning ma’no va mazmunini tahlil qilish kerak. Tarix falsafasi tarixni anglash, uning orqaga qaytmas jarayonini tushunib olishdir. Tarixning dramatik jarayonlarida insonning ishtiroki qanday? Bu savol ham bugungi kunda eng muhim masala bo’lib qoldi. Chunki har bir shaxs o’z o’tmishini va undagi ishtirok etgan avlodlarni bilishga qiziqadi, tarixiy jarayonda o’zining o’rnini belgilab olishga harakat qiladi. Demak, inson o’zining shu jarayondagi o’rnini, o’z ishtirokini, o’zining qadr - qiymatini bilishni istaydi. Inson tarixiy mavjudot sifatida vaqtning davomiyligini his qilib, unda o’z zimmasiga nimalar yuklanishini tushunib yashashga intiladi. Inson hayotning ma’nosini anglar ekan, u nafaqat bugungi kun tashvishi bilan yashaydi, balki o’tmish va kelajak haqida fikr yuritib, o’ylab, iztiroob chekib, quyinib, mamnun bo’lib yashaydi. Bu esa tarixni keng ma’noda tushunish demakdir. Yunonlar tarixga dunyoni estetik anglash, kosmosning garmoniyasi va undagi davriylikning yakuni sifatida qaraganlar. Kosmosda ham, inson hayotida ham uzluksiz almashish, aylanish yuz berishini qayd etdilar. Tabiatda issiqning - sovuq, yozning – kuz, qishning - bahor almashinuvi, ijtimoiy hayotda esa yaxshining - yomon, yovuzlikning - ezgulik bilan almashinuvi aylanma shaklda borayotganini ko’rdilar. Bu doira shakli abadiylik va o’tkinchilikning geometrik ramzini anglatadi, (doira boshlanishi ham, oxiri ham yo’q) degan fikrga keldilar. Bobokalon allomalarimiz dunyoni charxpalak shaklida ifodalashgan. Inson o’z tarixini o’zi yaratadi, undagi muammolarni keltirib chiqaruvchi ham, hal qiluvchisi ham insonning o’zidir. qadimgi falsafa tarixi, A.F.Losevning fikricha, abadiy tashkil topuvchi, abadiy qaytish, davriy bo’ladigan dunyo ongini (Geraklit) ruhning davomiyligi va ruhiyatning namoyon bo’lishi (Platon) shaklida ifodalagan. Yunonlar tarixning davomiyligini bilib, fojiali hollarni ham ko’rsatishgan. Tarixning fojiasi universal xarakterga ega emas. Tarixning oxiri yo’q. Biroq, qadimgi yahudiylar ta’limotiga ko’ra, tarix tugaydi, uning oxiri bor deyilgan. Tarixning oxiri borligi to’g’risidagi ta’limot esxologiya deb ataladi. Barcha dinlarda inson olloh tomondan yaratilgani va insoniyat tarixi ilohiy ifodaning sistematik reallashuvi ekanligi aytiladi (Avgustin). Esxologiya konsepsiyasi providensial (taqdir, ilohiy reja demakdir) ta’limot bilan uyg’unlashtiriladi. Bu konsepsiyaga Gegelning tarix falsafasi ham mos keladi. Gegel, yuqorida aytilganidek, tarixni tasodifiy, tartibsiz hodisa emas, balki ichki qonuniyat asosida rivojlanuvchi jarayon, deb qaradi. Biroq u tarixni bir chiziqda, bir yo’nalishda olg’a qarab ketuvchi jarayon, deb tushundi. Uningcha, tarixiy taraqqiyot o’zining olg’a qarab taraqqiy etishini ta’minlaydi. Natijada o’zining oxirgi maqsadiga erishadi. Fojialar, tarixiy iztiroblar, o’lish va adoyilikdagi azoblar, urushlar va shu kabi dramatik, tragedik hodisalar, Gegel fikriga ko’ra, tarixiy taqdirning reallashuv taraqqiyoti bo’lib, uning umumiy yo’nalishini, kelajagini o’zgartirmaydi. Download 93.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling