Falsafa fanidan mustaqil ishsi ilmiy rahbar : A. G


Download 47.71 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi47.71 Kb.
#1563208
  1   2   3   4
Bog'liq
OLIMOVA UMIDA falsafa


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI

MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI
MATEMATIKA YO’NALISHI
21-01 GURUH TALABASI
OLIMOVA UMIDA ZAYLOBIDDIN qizi
FALSAFA FANIDAN
MUSTAQIL ISHSI

ILMIY RAHBAR : A. G`ULOMOV

Farg`ona 2023
Mavzu: Tabiatshunoslikning falsafiy konsepsiyalari
Reja:
1. Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi haqida
2. Tabiiatshunoslikning ilmiy asoslari
3. Tabiatshunoslikning metodologik asoslari





KIRISH
«Tabiatshunoslik asoslari» oliy ta’lim tizimidagi ijtimoiy-gumanitar ta’lim yo‘nalishlari bo'yicha bakalavrlar tayyorlash o ‘quv jarayoni rejalariga Davlat ta’lim standartlari asosida kiritilgan yangi fandir. Fanni bayon qilishdan oldin: insonning aql-zakovati, bilimdonligi qanday bo‘lishi kerak? U bizni o‘rab turgan Olam to‘g‘risida qanday tasawurlarga ega bo‘lishi lozim kabi savollarga javob berishi darkor. Hozirgi davrda tabiiy fanlarga qiziqishi boimagan kishini keng dunyoqarashga ega deb boimaydi. Negaki, birinchidan, madaniyatli boiish uchun shaxsda nisbiylik nazariyasi, biologiya, sinergetika, ekologiya va boshqa fanlar to‘g‘risida tushunchalar bo’lishi darkor. Ikkinchidan, bu eng muhimi, hozirgi hayotimizda ko‘p narsalar ilmiy metodologiya asosida qurilmoqda. Uchinchidan, har qanday mutaxassisga kerak bo'lgan bilimlar u yoki bu darajada ilmiy dalillarga asoslangan. Fanning alohida bo‘limlari: tabiiy, texnik, ijtimoiy va gumanitar sohalari bir-biridan ajralgan holda alohida-alohida bo‘lib, tabiat, jamiyat va insonning to‘liq manzarasini bera olmaydi. Falsafa tabiiy fanlarga murojaat qilmasdan bu vazifani bajarolmaydi. Dunyoqarashning falsafiy mushohadasi tabiat to‘g‘risidagi ilm-fanning o ‘ziga xos yutuqlari bilan bir butunga birlashgan, Olamning tabiiy-ilmiy manzarasi orqali aniq-ravshan bo'lishi kerak. Tabiatni bilish insonni va jamiyatni bilish bilan chambarchas bogiiq. Shuni aytish joizki, tabiatni ilmiy bilishning metodologik va ilmiy falsafiy dunyoqarash muammolari tarkibida «Tabiatshunoslik asoslari» fani talabalarda ilmiy dunyoqarashni, nazariy fikrlashni shakllantiradi, tabiiy ilmiy bilimlarni jamiyatshunos, huquqshunos, iqtisodchi, menejer, filolog, tarixchi va boshqa ijtimoiy-gumanitar mutaxassislarning kasbiy faoliyatida qo'llash metodologiyasini o ’rganadi.


«Tabiatshunoslik asoslari» to’rt bo’limdan iborat:
1. Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Fan va madaniyat tizimida tabiatshunoslikning o ‘mi. Hozirgi zamon tabiatshunosligining umumiy panoramasi. Tabiat va inson.
2. Zamonamizning global-umumbashariy masalalari. Hozirgi zamon 3 tabiatshunosligi. Mikrodunyo, makrodunyo va megadunyolar. Ilmiy texnika taraqqiyotining global taraqqiyotning asosiy an’analariga ta’siri.
3. Tabiatshunoslikning fizikaviy asoslari. Olamning tabiiy-ilmiy manzarasi. Fizikaning asosiy qonunlari. Tabiatdagi jarayonlar rivojlanishining ilmiy asoslari.
4. Hozirgi zamon texnologiyasi va energetikasining ilmiy asoslari. Zamonaviy texnologiya va ekologik halokatlarni bartaraf qilish yo‘llari. Ilm-fan shiddat bilan taraqqiy etmoqda, ilmiy kashfiyotlar ko‘z oldimizda sodir bo‘lmokda.
Albatta, ma’lum bir vaqt o ‘tgach, yangiyangi nazariyalar, farazlar paydo bo‘ladi, yangi qonuniyatlar ochiladi, shu bilan birga yechilishi lozim bo‘lgan yangi-yangi muammolar vujudga keladi. Shuning uchun «Tabiatshunoslik asoslari» kursi Olamning hozirgi zamon tabiiy-ilmiy manzarasini o'zida mujassamlashtirgan fan va texnikaning yangi-yangi yutuqlari asosida, doimiy ravishda toidirilib va kengaytirib boradi.


Download 47.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling