Falsafa fanidan mustaqil ishsi ilmiy rahbar : A. G
Tabiatshunoslikning metodologik asoslari
Download 47.71 Kb.
|
OLIMOVA UMIDA falsafa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq Kindiy
- Fanlarni tasnif qilish muammolari.
Tabiatshunoslikning metodologik asoslari
Tabiatshunoslikda ilmiy tadqiqot natijalarini nazariya, qonunlar, modellar, gipotezalar, empirik umumlashtirishlar va tamoyillarini o‘rganish, ilmiy bilish rivojlanishi tarixida fanlar tasnifi masalasi bilan barcha tabiat fanlari, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy fanlar bilan o‘zaro munosabati orasida doimo uzviy bog‘liqlik bo‘lgan. M a’lumki, qadimgi vaqtda barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar asoslarini o‘z ichiga olgan yagona -— falsafa ilmi mavjud bo‘lgan va tabiiyki, hech qanday ilmlar tasnifi haqida gap boMmagan. Eramizdan oldingi III asrdan boshlab, ya’ni ellinizm davrida ba’zi bir fanlar, aw alo riyoziyot va tib alohida fan bo‘lib ajralib chiqdi. Shu bilan bir vaqtda qadimgi yunon falsafasi nafaqat falsafiy, balki riyoziyot, tabiiy va ijtimoiy fanlar masalalarini qamrab olgan naturfilosofiya sifatida rivojlandi. Ilmlaming borgan sari rivojlanishi ilmlar tasnifini taqozo qildi. Bu esa ilmiy bilish masalalarini har tomonlama o‘rganish uchun katta zamin yaratdi. Antik davrda ilmlar tasnifi aniq shakllandi va bu sohaning birinchi ta’limotlari Demokrit, Aflotun va ayniqsa, Arastu kabi qadimgi yunon mutafakkirlari asarlarida ishlab chiqildi. Ularning ta’limoti negizida ilmlar oddiydan murakkabga, alohidadan umumiyga, tabiatan mazmun-mohiyati jihatidan o ‘tish tartibiga to‘g‘ri keldi. Aflotun - Platonning sharq xalqlari o‘rtasidagi nomi. Aflotun. Aflotun (eramizdan oldin 427-347-yillar) ilmlar tasnifi masalasini hal etishda dialektika, ya’ni fikr yuritish san’atini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Dialektika esa o‘z ichiga, birinchidan, fizika - hissiy qabul etish va ikkinchidan, etika - xohish va irodani qamrab oladi. Ilmlar tasnifi masalasiga yondashishda ikki xil yo‘nalish paydo bo‘ldi. Bu ham bo‘lsa, materialistik “Demokrit yo‘li”, 13 ya’ni materiya ruhga nisbatan birlamchi ekanligi va idealistik “Aflotun yo‘li”, ya’ni ruh materiyaga nisbatan birlamchiligi. Arastu fikricha, har bir fan o‘zining maxsus mantiqiy ko‘rinishi — “borliqqa” ega. “Borliq”, o‘z navbatida, umumiy predmet va analogiya (qiyoslash) asosi bo‘lib, yagona borliqning turli ko‘rinishlarini birlashtirgani sababli ilmlaming birini ikkinchisi bilan bog‘lash mumkin. Demak, ilmlami tasnif qilish ham mumkin. Ular uch qismga bo‘linadi. Ular birinchi qismni boshlanish va sababni o‘ziga asos qilib olgan nazariy ilmlarga ajratadi. Arastu. Ilmlar tasnifi va umuman falsafa ilmining materialistik yo‘nalishiga katta hissa qo‘shgan Arastu (eramizdan oldingi 384-322-yillar) ilmlar tasnifi masalasini “Metafizika”, “Topika”, “Nikomah etikasi” kabi asarlarida ko‘rib chiqdi va rivojlantirdi. Arastu o‘zining birinchi falsafa deb atagan falsafiy tizimini uch qismga bo‘lgan. Birinchi qismi - nazariy ilmlar analitika (mantiq), tabiiyot, riyoziyot va metafizikadan iborat boiib, har biri borliqni obyekt sifatida o‘rganadi. Ikkinchi qismi, amaliy ilmlar — etika (axloq), iqtisod va siyosatni o‘z ichiga oladi. Amaliy ilmlar, o‘z navbatida, ijod shart-sharoitlarini belgilaydi. Ana shu ijodiy yoki tasviriy ilmlar poetika, ritorika va san’atdan iborat bo‘lib, uchinchi qismni tashkil etadi. Zenon. Zenon (eramizdan oldingi 336-264-yillar) asos solgan stoiklar maktabi namoyandalari ham ushbu masalani ko‘rib chiqishda yagona falsafa ilmini tabiiyot, mantiq ва etikaga ajratishdi. Falsafani xuddi shunday bo‘lishni Epikurda (eramizdan oldingi 342-270-yillar) ham uchratamiz. Sharqda yunon mutafakkirlari ta’limoti va ayniqsa, Arastu asarlarining keng tarqalishi tufayli o‘rta asrlar olimlari ilmlar tasnifi haqidagi qarashlar bilan ham tanishdilar. Arastu merosi va uning ilmlar tasnifi falsafaning keyingi davrlarlagi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 14 0 ‘rta asrlar arab-musulmon sharqida ilmiy bilish o‘z davrining ijtimoiy-iqtisodiy talablariga javob tariqasida yangi tarixiy-madaniy asosda rivojlandi. Yangi ilmlar paydo bo‘ lishi ilmlar tasnifini va har bir ilmga kirgan ko‘pgina masalalar chegarasini aniqlashni taqozo qildi. Ilmlaming rivojlanishi natijasida IX asrdan boshlab o‘sha davrda bo‘lgan barcha ilmlami tartibga solishga va ilmlar tasnifini ishlab chiqishga birinchi urinishlar bo‘ldi. Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq Kindiy. Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq Kindiy (801-866-yy.) - arab faylasufi. Sharq aristotelizmi asoschilaridan. Mo‘shaziliylar bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Xalifa Mutavakkil (847-86l)ning ratsionalistlar bilan kurashi vaqtida quvg’inga uchragan. Yunon mutafakkirlarining risolalarini arab tiliga tarjima qilgan, Aristotelning “Kategoriyalar”, “Ikkinchi analitika”, Evklidning “Unsurlar” va Ptolemeyning “Almagest” asarlariga sharhlar yozgan. Abu Kindiy fikricha, olamning yaratuvchisi Alloh, u abadiy mavjud, yagona. Tabiatdagi narsalar o‘zaro sababiy bog‘langan, ular 4 unsur - olov, suv, havo va tuproqdan iborat. Abu Kindiy 5 ta substansiya fazo, vaqt, materiya, shakl va harakatning mavjudligi haqida, dunyoni bilish mumkinligi haqida fikr yuritdi. Abu-Kindiy asarlarining aksariyati bizgacha yetib kelmagan, faqat 29 ta risolasi topilgan, ularning ko‘pchiligi riyoziyot, mantiq, falsafa va boshqa fanlarga bag‘ishlangan. Abu Kindiyning falsafiy qarashlari keyingi davrlarda Sharq mutafakkirlari dunyoqarashiga, o‘rta asr Yevropa falsafasi rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. Muhim asarlari: “Aql haqida”, “Jon haqida mulohaza”, “Ashyolarning ta’rifi va bayoni”, ‘Beshta substansiya haqida kitob” va boshqalar. Sharqda birinchi bo‘lib ilmlar tasnifi masalasiga yondashgan va uni hal qilishga harakat qilgan olim - Yoqub ibn Ishoq al-Kindiydir. Bir vaqtning o‘zida ilmlaming falsafa, tib, riyoziyot, ilmu nujum, musiqa kabi ko‘pgina jabhalarida katta muvaffaqiyatlarga erishgan al-Kindiy o‘zidan keyingi mutafakkirlar foydalangan arab tilidagi falsafiy atamalami tuzishga va ilmiy tasnifni kiritishga asos soldi. Al Kindiy ilmlar tasnifi sohasiga oid “Insoniy bilimlar tasnifi”, “limning 15 tub mohiyati va uning tasnifi”, “Arastu kitoblarining soni va falsafani o ‘zlashtirish uchun nima lozim” kabi bir necha asarlami yozdi. Ammo, taassufki, oxirgi qayd qilingan asaridan boshqalari bizgacha yetib kelmagan. 0 ‘zining tasnifida al-Kindiy falsafaga katta ahamiyat beradi va uni “Hamma narsa haqidagi bilim” deb ataydi. U falsafani bilim va faoliyat, nazariy va amaliy donishmandlikka ajratadi. Al Kindiy fikricha nazariy bilim (yoki donishmandlik), riyoziyot, tabiiyot va ilohiyotni, amaliy bilim esa - axloq, uy ishlari va fuqarolik siyosatini o‘zida mujassamlashtiradi. U ilmiy bilish haqidagi ta’limotini uch pog‘onadan iborat qilib tuzadi. Birinchi pog‘ona mantiq va riyoziyotdan, ikkinchi pog‘ona tabiiyotdan, uchinchi pog‘ona esa metafizikadan iborat. Falsafa vazifalarini aniqlashda Al-Kindiy tutgan o‘rin Arastu tutgan o‘ringa juda yaqin va o‘xshashdir. Al-Kindiy fikricha, moddiy olam predmetlari, ya’ni “birinchi substansiyalar”ni ularning asosiy xususiyatlari - miqdori va sifatini o‘rganish asosidagina bilish mumkin. Demak, har bir ilm asosini riyoziyot tashkil etadi. Arifmetika miqdorga taalluqli bo‘lsa, handasa va ilmu nujum — sifatga taalluqlidir. Riyoziyotdan so‘ng esa mantiq, tabiiyot, psixologiya, metafizika, axloq, siyosat keladi. Shunday qilib, Al-Kindiy falsafiy fanlami o‘rganishda riyoziyotga alohida ahamiyat beradi. Uning fikricha, falsafa ilm sifatida riyoziyotga asoslangandir. Al-Kindiyning fan oldidagi eng muhim xizmati shundaki, u yunon, fors va hind olimlari yaratgan boy g‘oyaviy meroslami o‘rganib, ularning ilg‘or an’analarini rivojlantirish orqali Yaqin va 0 ‘rta Sharqda ilg‘or, tabiiy-ilmiy va falsafiy fikrlami rivojlantirishga asos soldi. Amalda u o‘rta asrlar sharqidagi ilmlar tasnifining ilg‘or ta’limoti asoschisidir. Obyektiv narsalaming xususiyati, tashqi olam predmetlari va ularning xususiyatlarini ajratishga asoslangan al-Kindiy tasnifi ilmlarning predmeti va vazifalarini keyinchalik o‘rganish va aniqlashda katta rol o‘ynadi. Al-Kindiyning ratsional fikri arab tilida ijod qilgan Ar-Roziy, alForobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi ilm namoyandalarining dunyoqarashi shakllanishiga asos bo‘ldi. Fanlarni tasnif qilish muammolari. O‘rta asr arab-musulmomadaniyatida farming o‘ynagan yetakchilik roli safiy jihatdan umumlashtirilib beriladi, muayyan tizimga solinadi, qomusiy tarzda bayon etiladi. Ibn Sino qadimgi yunon olimi Aristotel yo‘lidan borib, falsafiy ilmlami ikki sohaga bo`ldi. Bu tasnif bilish predmetining inson tomonidan amalga oshiradigan faoliyati tamoyillariga asoslanadi. Nazariy fanlarning maqsadi haqiqatni ifodalaydi, narsalaming mavjudligini inson faoliyatiga bog‘lamasdan turib o‘rganadi; amaliy bilimlaming maqsadi farovonlikka erishishni ko‘zda tutib, shu faoliyatning o‘zini tekshiradi. Download 47.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling