Konsentratsion stolda boyitish
Download 19.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqKonsentratsion stolda boyitish
Konsentratsion stolda boyitish Konsentratsion stolda boyitish — mayda donachali mahsulotni gravitatsion usulda boyitishning eng ko‘p tarqalgan usuli. Konsentratsion stollar qalayli, volframli, kamyob metalli, oltinli va boshqa rudalarni boyitishda keng ishlatiladi. Konsentratsion stolda boyitish mineral zarralarning zichligi va o'lchamidagi farqqa qarab qiya tekislik bo‘ylab harakatlanayotgan suv oqimi yordamida ajratishga asoslangan. Konsentratsion stolda samarali boyitishning eng asosiy sharti — rudani gidravlik klassifikatorlarda teng tushuvchi zarrali sinflarga ajratishdir (29- rasm). CKM-1A markali konsentratsion stol trapetsiya shaklidagi yassi yuzadan iborat — bu yuza deka deyiladi. D eka romb yoki parallelogramm shaklida ham boiishi mumkin. Deka yog‘ochdan yoki aluminiydan tayyorlanib, ustidan linoleum, rezina, poliuretan va hokazo material bilan qoplanadi. Ular, shuningdek, stekloplastdan ham tayyorlanadi. Dekaning yuzasida ingichka va uzun plankalar o'rnatiladi. Bu plankalar yog‘och yoki rezinadan tayyorlanadi. Plankalarning uzunligi va balandligi mahsulot beriluvchi tomonga qarab kamayib boradi. Konsentratsion stol unga ko'ndalang o‘qi bo‘ylab yoki romb va parallelogrammning diagonali bo‘ylab qaytarma-ilgarilanma yo‘nalishda harakat beruvchi uzatmaga ulanadi. Deka tirsakli richagga mahkamlangan gildirakchali rolikka (konki) tayanadi. Mahsulot beriluvchi tarafda joylashgan uchta tirsakli richagni tyaga birlashtirib turadi. Maxovik orqali stol yuzasiga uning harakatlanish yo‘nalishiga perpendikular ravishda uncha katta bo‘lmagan qiyalik berilishi mumkin. Stolning uzatmasi elektrodvigatel, tasmali uzatma, richagliekssentrik mexanizmdan iborat boiib, stol dekasi bilan tyaga orqali ulanadi. Dekaning mahsulot berilish tomonga yurish vaqtida (задний ход) uning tirgak va tayanchi orasida o'rnatilgan prujina siqiladi, buning teskarisida esa (передний ход) prujina yoziladi va dekani oldinga itaradi. Prujinaning siqilish darajasi gayka bilan boshqariladi. Stol ishlayotgan paytda deka notekis harakatlanadi. Deka oldinga harakatlanganda uning tezligi asta-sekin ortadi, yurishning oxirida maksimumga yetadi, keyin esa 0 gacha keskin kamayadi. Deka orqaga harakatlanayotganda uning tezligi maksimalgacha keskin ortadi, keyin esa sekin 0 gacha kamayadi. Dastlabki mahsulot bo‘tana holida mahsulotni yuklash qutisiga beriladi. Suv esa yuqoridagi ariqchaga berilib, aylanuvchi parrakchalar orqali dekaning yuzasida tarqaladi. Mineral zarralar aralashm asining stol dekasida ajralishi quyidagicha sodir boiadi. Mahsulotni yuklash qutisidan stol yuzasiga tushuvchi mineral zarralar ikkita kuch ta’siriga uchraydi: bo‘ylama oquvchi suvning yuvuvchi kuchi va dekaning ilgarilanma-qaytma harakati natijasida sodir boiuvchi stol bo‘ylab harakat qiluvchi inersiya kuchi. Dekaning qaytariluvchi ilgarilanma-qaytma harakati natijasida ruda aralashmasi deka bo'ylab harakatlanadi. Bunda turli zarralarning harakatlanish tezligi bir xil emas; katta inersiya kuchiga ega zichligi katta zarralarning deka bo‘ylab harakatlanish tezligi kichik zichlikka ega zarralarning oldinga harakatlanish tezligiga nisbatan katta boiadi. Biroq, kichik zichlikka ega zarralarga suvning yuvuvchi oqimi kuchliroq ta’sir qiladi, chunki segregatsiya natijasida ular zichligi katta zarralaming ustida joylashgan bo‘ladi. Inersiya kuchi va suv oqimining gidravlik kuchi ta’sirida kichik zichlikka ega bo'lgan zarralar dekaning ko'ndalang yuzasi bo‘ylab zichligi katta zarralarga nisbatan tezroq harakatlanadi. Plankalarning vazifasi - stol yuzasida mineral zarralar aralashmasini ushlab qolish va ularni suv bilan tez yuvilib ketishiga qarshilik qilish, chunki suvning yuvish kuchi zarralaming yuzaga ishqalanish kuchidan kattaroq. Plankalar orasida mineral zarralar aralashmasining qavatlanishi sodir bo‘ladi: pastki qavatda mayda og‘ir zarralar,keyin yirik og'ir zarralar, mayda yengil va oxirida yirik yengil zarralar joylashadi. Buning natijasida birinchi navbatda suv bilan yirik yengil zarralar yuviladi. Undan keyin oqim bilan plankalar orasidan mayda yengil zarralar yuvilishni boshlaydi. Turli xil zichlikka ega bo‘lgan minerallaming ajralish sxemasini tuzish uchun T og‘ir mineral zarrasi,uning inersiya kuchi ta’siridagi harakatlanish tezligi Vv suvning, yuvuvchi kuchi ta’sirida stolning ko‘ndalang kesimi bo‘ylab harakatlanish tezligi V2; yengil mineral zarrasi L uchun bu tezliklar Uy va Ur Yuqorida bayon qilinganidek, yengil va og‘ir minerallar harakat tezliklaridagi nisbat: Og‘ir mineral zarrasi ТА, yengil mineral zarrasi esa Lfiyo‘nalishda harakatlanadi. Shunday qilib, og‘ir va yengil mineral zarralari stoldan turli xil nuqtalarda tushadi va bu ulami alohida mahsulotlarga ajratish imkonini beradi (30- rasm). Yonbosh tarafda og‘ir minerallar boyitmaga ajraladi, stolning ostki qismining uzatmaga yaqin qismida yengil minerallar chiqindini tashkil qiladi. Oraliq zonada esa oraliq zichlikka ega minerallar hamda ajralishga ulgurmagan minerallar oraliq mahsulotni tashkil qiladi. Boyitish uchun bir-biridan dekaning soni, shakli va yuzasi bilan, ularning o‘rnatilish usuli (osilgan yoki tayanchli), uzatmasining konstruksiyasi, dekaning tebranish chastotasi hamda amplitudasi va boshqa xususiyatlari bilan farq qiluvchi konsentratsion stollar ishlatiladi. Sanoatda СКП / stol (концентрационний подвесной) - СКП15, СКП-22, СКП-30 (sonlar dekaning umumiy yuzasi); CKO- (stol концентрационний опорный); CKO-15; CKO-22; CKO-30 va hokazo markali stollar chiqariladi. Download 19.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling