Falsafa” fanidan oraliq nazorat ishi Toshkent-2023 y. 3 -variant topshiriq. Quyidagi jadvalni to‘ldiring


Download 57.49 Kb.
bet2/4
Sana01.05.2023
Hajmi57.49 Kb.
#1418500
1   2   3   4
Bog'liq
210-guruh Jo\'rayeva Sitora Oraliq nazorat ishi

Ijtimoiy muammolar

Sabablari har xili bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy, siyosiy yoki ijtimoiy tengsizliklar odatda mamlakatda bunday vaziyatlarning asosiy sabablari hisoblanadi. Jmiyatda o‘z fuqorolari uchun imkoniyatlar nuqtayi nazaridan kamroq adolatli bo‘lsa muomolar ko‘proq. Agar jamiyatning juda keng qatlamiga masalan oziq-ovqat mahsulotlariga kirishga to‘sqinlik qilinsa, bu butun jamiyatga ta'sir qiladigan qator vaziyatlarni keltirib chiqaradi.
Eng keng tarqalgan sabablardan biri siyosiy va ijtimoiy tengsizlikdir.

Qashshshoqlik, ochlik, ishsizlik, ta’lim olish imkoniyati kamligi, jinoyatchilik, giyohvandlik va alkogolizm, oiladagi zo‘ravonlik

Garchi bu yechim ko‘pincha hukumatlar va jamiyatlarning siyosiy irodasini va ijodiy yechimlarini talab qilsada, ijtimoiy muomolarni hal qilish turli darajadagi hukumat va nodavlat ijtimoiy tashkilotlar o‘rtasida birgalikdagi va jamoaviy harakatlar orqali samarali bo‘lishi mumkin.

Siyosiy muammolar

Xalqaro terrorizm, diniy aqidaparastlik, Urush va tinchlik masalasi

Yadroviy portlashlar ta’sirida insonlarning sog‘ligiga salbiy ta’sir etadi,
qurollarning insonlarning bir biriga nisbatan vahshiyona harakatlar qilishi
mintaqaviy muomolarning kelib chiqishi.

Yadroviy urushning oldini olish.
Qurollanish poygasini tugatish.
Millatlar, davlatlar, mintaqaviy muomolarni tinch yo‘l bilan hal etish.



2-topshiriq. Quyidagi mavzu asosida glossariy tuzing. Xulosa chiqarish va uning turlari.


Xulosa chiqarish deb, bir yoki bir necha hukmlardan ma’lum qoidalar asosida yangi hukmni keltirib chiqarishga aytiladi. Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo‘ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan xolda vujudga keladi. Bunday bilimlarni xosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi.Har qanday xulosa asos, xulosa va natijadan iborat bo‘ladi. Yangi hukumni yasashga asos bo‘ladigan boshlang’ich hukumlar xulosaning asoslari deyiladi. Mantiqiy yo‘l bilan asoslardan olingan hukm xulosa deyiladi. Asoslardan xulosaga mantiqiy o‘tish natija deyiladi. Asoslar o‘rtasidagi ularning mazmuniga ko‘ra aloqa asoslar bilan xulosa o‘rtasidagi mantiqiy ergashuv munosabatlarini nazarda tutadi. Agar hukmlar bir-biri bilan mazmuniga ko‘ra bog‘lanmagan bo‘lsa, unda ulardan xulosa chiqarish mumkin emas. Asoslar o‘rtasida mazmunli aloqa mavjud bo‘lganida biz mulohaza jarayonida quyidagicha ikki shartga rioya qilgan holda yangi chin bilimni olishimiz mumkin: birinchidan, boshlang‘ich hukmlar - xulosaning asoslari chin bo‘lishi kerak; ikkinchidan, mulohaza jarayonida xulosaning mantiqiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishini nazarda tutadigan natija qoidalariga rioya qilish lozim.
Masalan, «Aristotel-mantiq fanining asoschisi» va «Platon yunon faylasufidir» degan ikki chin muloxazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Chunki bu muloxazalar o‘rtasida mantiqiy aloqadorlik yo‘q.
Xulosa asoslari va xulosa xam o‘zaro mantiqan bog‘langan bo‘lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo‘ladi. Bu qoidalar buzilsa, to‘g‘ri xulosa chiqmaydi. Masalan «Talaba Alisher – a’lochi» degan muloxazadan «Talaba Alisher– odobli», deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko‘ra, aniqrog‘i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko‘ra xamda xulosa asoslarining soniga va fikrning xarakat yo‘nalishiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi.
Хulosa chiqarishning 3 ta asosiy turi mavjud .

Download 57.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling